Mavzu: energiya tejash tadbirlarining texnik iqtisodiy samaradorligi


Download 220.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi220.92 Kb.
#1745834
Bog'liq
14-15-mavzu



MAVZU: ENERGIYA TEJASH TADBIRLARINING TEXNIK – 
IQTISODIY SAMARADORLIGI 
Ishlab chiqarish va energiyani iste‘mol qilish samaradorligini oshirishga 
yo‗naltirilgan, yuqorida ko‗rib chiqilgan tadbirlar ko‗pchilik rivojlangan davlatlar 
tomonidan amalga oshiriladigan, energiyani tejash bo‗yicha umumiy tashkiliy 
chora-tadbirlar bilan juda yaqin bog‗liq, Bunga, birinchi navbatda, quyidagilar 
kiradi: energiyani tejash bo‗yicha qonun hujjatlarini va standartlarini ishlab 
chiqish; barcha darajalarda (shaxsiy iste‘mol qilishdan boshlab mintaqagacha, 
tarmoqgacha va umuman davlatgacha) energiya resurslaridan foydalanish bo‗yicha 
hisob-kitob qilishni va nazorat qilishni joriy etish; energiya resurslarining narxlari 
va tariflarini qayta ko‗rib chiqish; ularni iste‘mol qilish ustidan davlat nazoratini 
qo‗llanish, energiya va yoqilg‗i iste‘moli uchun dotatsiyalarni bartaraf etish; 
texnologik jarayonlarning maqbul parametrlarini aniqlash va qo‗llab-quvvatlash; 
yonish jarayonida atrof muhitga zararli moddalarni chiqarib tashlagani uchun 
jarimalar va soliqlar; energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar, texnikalar
materiallarni joriy qilgani uchun soliq va kredit imtiyozlari; energiyani tejovchi 
texnika, texnologiyalar, materiallardan; ekologik sof energoqurilmalar va 
moslamalardan foydalanuvchi aholiga va korxonalarga dotatsiyalar [3,12–16]. 
Ilg‗or mamlakatlarning tajribasi ko‗rsatishicha, bu tadbilar 3–4 yil davomida 
jiddiy moliyaviy xarajatlarsiz YOER ni dastlabki iste‘molidan 12–18% 
kamaytirishga, keyingi 10 yil mobaynida esa yana 15–20% kamaytirishga imkon 
beradi. Biroq energiyani tejash muammosi faqat tashkiliy tadbirlar bilan hal bo‗lib 
qolmaydi. Katta kapital mablag‗lar ajratish, energotexnik texnologiyalarni 
takomillashtirish zarur. 
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakka. 1kVt energiyani tejash bilan bog‗liq 
solishtirma kapital xarajatlarga ketadigan sarflar belgilangan 1kVt quvvatni ishlab 
chiqarishdan 3–4 marta kamdir. Energetikani zamonaviylashtirishga nisbatan 
energiyani tejashning rivojlantirilishi ustuvorligi shu bilan belgilanadi. Energiyani 
tejashning asosiy imkoniyati iqtisodiyot tarmoqlarida to‗plangan, u yerda – 
energetikada, metallurgiyada, kimyoviy va neftekimyoviy sanoatda, qurilish 
materiallarini ishlab chiqarishda, mashinasozlikda energoresurslar eng ko‗p 
iste‘mol qilinadi. Binobarin, energiya tejash bo‗yicha asosiy tadbirlarni birinchi 
navbatda ana shu tarmoqlarda amalga oshirish kerak. 
Quyidagilar eng muhim va birinchi navbatdagi ishlar hisoblanadi: 
— 
po‗latni marten pechlarida eritishnnig bir qismini kislorodli – konvertorli 
usulini ko‗paytirish yo‗li bilan qisqartirish hisobiga po‗lat eritish sanoati 
tuzilmasini takomillashtirish (yoqilg‗idan foydali foydalanish koeffitsientining 
o‗sishi 2,5–3 marta); 
— 
qora metallar metallolomini regeneratsiyalash va cho‗yan hamda po‗lat 
eritish jarayonlarini zamonaviylashtirish va maqbullashtirish; 
— 
rivojlagan mamlakatlar darajasida suyuq po‗latning plitalar shaklida uzluksiz 
quyilishini joriy qilish (80–100%); 
— 
vakuumlash jarayonlarini keng joriy qilish hisobiga po‗latnnig sifatini 
oshirish; 


— 
birlamchi 
va 
ikkilamchi 
qotishmalarni 
eritishda 
metalloshixtani, 
shunningdek metallolomni ham iste‘mol qilishni maqbullashtirish (bir tonna 
qotishmada tejamkorlik – 300 kg koks va 100 kg metall); 
— 
mustahkamligi yuqori cho‗yan va plastmassa detallarni ishlab chiqarish va 
foydalanish ulushini oshirish; 
— 
mashinasozlikda 
konstruksion 
va 
funksional 
materiallardan 
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish va funksional-qiymatli tahlil talablarini 
qo‗llangan holda foydalanishni maqbullashtirish (qurilmaning energo- va 
metallosig‗imini kamaytirish); 
— 
ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini maqbullashtirish, avtomatik 
nazorat va ularning parametrlarini tartibga solish tizimlarini joriy qilish; 
— 
po‗lat prokatining korrozion qoplamasini, shuningdek elektrotexnik 
buyumlar uchun amorf metall qoplamalar va qotishmalarni keng qo‗llanish (elektro 
energiya xarajatlarini 1,5–2 marta qisqartirish); 
— 
zamonaviy tejamkor lyuminessent lampalarni ishlab chiqarish (elektr 
energiyani iste‘mol qilishni 5 marta qisqartirish, foydalanish muddatini 8 marta 
oshirish); 
— 
mashinasozlikda yeyilmagan detallardan takroran foydalanish uchun rag‗bat 
yaratish (quyish va prokatni iste‘mol qilishni 1/3 marta qisqartirish mumkin); 
— 
elektr energiyasidan tejab foydalanish uchun elektrdvigatellarni uzatkich 
o‗zgartkichlar bilan jixozlash (elektroenergiya tejalishi – 20–30%); 
— 
shaharlarning issiqlik ta‘minotini va suv ta‘minotini maqbullashtirish, shu 
jumladan, ikkilamchi energoresurslardan (sanoat energetikada chiqarib tashlangan 
issiqlik) va tabiiy muhitda (ko‗l, daryo, dengiz suvlari; tuproq; havo) issiqlik 
energiyasini tortib olish uchun issiqlik pompalaridan foydalanish hisobiga. 
Taqdim etilgan bu chora-tadbirlardan har biri YOER dan yiliga 20–90 milliard 
kVt·soat ga ekvivalent hajmda tejashni ta‘minlash mumkin. Barqaror energetika 
sohasida tejashda alohida to‗xtalib o‗tish lozim. Energetikaning hozirgi tuzilmasi, 
xususan, O‗zbekistonniki optimal darajada emas. Ko‗pchilik kondensatsion elektr 
stansiyalarning o‗rtacha FIK- bruttosi 34–38% ni tashkil etadi. Shaxsiy ehtiyojlar 
uchun elektro energiya xarajatlarini hisobga olgan holda (nasoslarning ishlashi, 
ko‗mirni maydalash va boshq), FIK- nettoni 30–34% darajada baholash mumkin. 
Agar elektr energiyani transformatsiyalash (o‗zgartirish) va uzatishdagi 
yo‗qtishlarni ham hisobga olinsa (6 dan 16 % gacha), u holda ayrim uzoqda 
joylashgan iste‘molchilar uchun KES lar 22–26% FIK bilan ishlaydi. Birlamchi 
energiya eltuvchilarnnig qolgan barcha energiyasi atrof-muhitga tarqalib ketadi. 
Elektr va issiqlik energiyalarini aralash ishlab chiqarishda – kogeneratsiyada esa 
ishlar butunlay boshqacha kechadi. Bu holda FIK- brutto – 75–85% ni tashkil 
etadi. Bunday energoob‘ektlar (birinchi navbatda IEM), odatda, o‗zlari ishlab 
chiqargan elektr energiyani uzoq masofalarga uzatmaganlari uchun ularnnig FIK- 
nettosi 74–80% darajasida, ya‘ni katta kondensatsion KES va GRES uchun 3–3,5 
marta yuqori bo‗ladi. GRES larnnig IES ga nisbatan afzalligi ularnnig ancha 
quvvatliroq ekanidadir. Ishlab chiqarish bir joyda to‗planganligi tufayli 
ekspluatatsion xarajatlar va pirovardida, elektro energiyaga tariflar pastroqdir. 
Biroq, yoqilg‗i narxlarining oshishi bilan mazkur vaziyat IES tomoniga qarab 


o‗zgara boshlaydi. G‗arbiy Yevropa energetiklari IES lar ishlab chiqargan elektro 
energiyaning umumiy balansdagi ulushi taxminan 50% ni tashkil etishi kerak, 
degan fikrdalar. Finlyandiyada 1997 yildayoq bu ko‗rsatkich umumiy belgilangan 
quvvatning 34% ini tashkil etar edi. Finlyandiyaning munitsipal energetikasida 
energiyani aralashtirib chiqarish nisbati jahonda deyarli eng yuqoridir – 76%. 
Ko‗ramizki, O‗zbekiston YOEK tizimi umuman, energetika bozorida qaror 
topgan sharoit va jahon tajribasini hisobga olgan holda o‗zgartirishga muhtojdir. 
Katta quvvatli elektrostansiyalarni qurishni to‗xtatish, IES lar sonini ko‗paytirish, 
yangilanadigan va enerigyaning boshqa noan‘anaviy manbalaridan foydalanib, 
markazlashmagan 
elektr 
ta‘minotini 
rivojlantirish 
zarurligi 
ravshan. 
Energomajmuaning tarkibiy qayta qurishning bu yo‗nalishini amalga oshirish 
uchun mumkin bo‗lgan joylarda, shuningdek, turli xil ishlab chiqarishlarning, 
xususan, metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarishda, kichik energetikada uncha katta bo‗lmagan IES va IES ning, 
zamonaviylashtirish ( qayta qurish) talab etiladi. 
Kommunal va nomarkazlashgan energetikaning afzalliklari yana shundan 
iboratki, energoob‘ektlarni qurishga kamroq kapital mablag‗lar talab etiladi. Shuni 
ham 
hisobga 
olish 
kerakki, 
energoob‘ektlarning 
joriy 
texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarini mufassal tahlil qilish asosida markazlashgan va nomarkazlashgan 
energetikaning maqbul nisbati vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradi. 
Kommunal-maishiy va turar joy sektori hissasiga energiya iste‘molining 
taxminan 30% to‗g‗ri kelib, u energiya tejashda katta ikoniyatlarga ega. Shuning 
uchun kommunal va nomarkazlashgan energetika ob‘ektlarini joylashtirish 
masalasi alohida diqqat-e‘tiborga sazovordir. Shuni ham hisobga olish kerakki, 
ishlab chiqarilgan elektro energiyani eng ko‗p yo‗qotishlar IES va AES lardan 
ancha uzoq masofada joylashgan mintaqalarga to‗g‗ri keladi. Bunga uncha yuqori 
kuchlanishga ega bo‗lmagan (6kV, 10 kV) EUL tortilgan (o‗tkazilgan) 
O‗zbekstonning qishloqlari ham kiradi. AQSH mutaxasslarining hisob-kitoblari 
ko‗rsatishicha, 10 kV kuchlanishli elektroenergiyani 5 km dan ortiq masofaga 
uzatish, amadagi tariflardan kelib chiqib, energiyaning yuqori solishtirma va 
mutlaq yo‗qotishlari tufayli zarar keltiradi. Shuning uchun qishloq energiya 
ob‘ektlarini barpo etish uchun yoqilg‗innig mahaliy turlari (biomassa, biogaz, 
generator gazi va boshq.) dan foydalangan holda kichik (mini- va mikro-) GES, 
shamol elektr qurilmalari, gazoturbina va dizel elektrostansiyalari negizida kichik 
IES (IEM) ni tavsiya etish mumkin. 
Umuman, energiyani tejash deganda uni ishlab chiqarish va o‗zgartirishning 
har bir bosqichida energiyadan samarali foydalanishni tushunish lozim. Avvalgi 
bo‗limlarda mazkur masalalar ohirgi energiya samaradorligi va atrofdagi tabiiy 
muhitga ta‘sir bilan yaqin o‗zaro aloqada qarab chiqilgan edi. Ilmiy texnik va 
ijtimoiy jihatdan murakkab bo‗lgan mazkur masala, turli xildagi energiyalarning 
o‗zaro o‗rnini bosishi bilan samaradorligi va shakl almashtirish jarayonlarining 
katta miqdori bilan, ularning tabiiy amalga oshirilishi va matematik model­ 
lashtirilishining murakkabligi bilan va, nixoyat, energetika va energiya ta‘minoti 
vujudga keltiradigan ekologik muammolarning globallashgani bilan bog‗liq. 


Energiyani samarali shakl almashtirish sohasidagi tadqiqotlar muammolarning 
keng doirasini, ehtimol, ―energetika‖ fanining o‗zidan ham yanada kengroq 
muammolar doirasini qamrab oladi. Tayanch issiqlik energetik jarayonlar ishchi 
jismining energetik imkoniyatining asta-sekin kamayishi bilan tavsiflanadi. Masala 
bu imkoniyatni ishga aylantirilgan energiya miqdorini ko‗paytirish yo‗li bilangina 
oshirishdan iborat bo‗lmay, balki energiyani minimal issiqlik yo‗qotib 
almashtirishdan, past imkoniyatli issiqlik energiyasini boshqa jarayonlarda yanada 
foydali ravishda ishlatish imkoniyatini yaratishdan va nihoyat, energetikaning atrof 
muhitga salbiy ta‘sirini maksimal darajada bartaraf etishdan iborat. 
Ekologik inqirozni yoqilg‗i-energetika resurslari, birinchi navbatda, gaz, mazut 
va yadro yoqilg‗isining taqchilligini hisobga olgan holda, istagan mamlakatning, 
shu jumladan, O‗zbekistonning ham, mustaqil, xavfsiz va ishonchli yoqilg‗i-
energetika majmuini yaratishning strategik yo‗nalishlaridan biri ekologik sof 
energetikani texkor rivojlantirish hisoblanadi, Iqtisodiyotning holatini, geografik, 
geologik, iqlimshunoslik va boshqa ma‘lumotlarni tahlil qilish ko‗pchilik 
mamlakatlarda u yoki bu noan‘anaviy va yangilanadigan energiya manbalaridan, 
shu jumladan ikkilamchi energoresurslardan keng foydalanish mumkinligidan 
dalolat beradi. 
Zaruriy shart bo‗lib energiya eltuvchilariga narx siyosatining mumkin 
bo‗ladigan o‗zgarishlarini hisobga olish va iqtisodiyotning eng istiqbolli 
tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlarini ajratish, energetika iste‘mol 
qiladigan YOER ini diversifikatsiyalash hisoblanadi. Va bu yerda energiya 
tejashning hozircha asosiy va kerakli darajada talab etilmagan energetika resursi 
sifatidagi o‗rnini baholamaslik qiyin. Yuqorida YOER ning energetik 
imkoniyatlaridan energetikada va umuman mamlakat iqtisodiyotida foydalanish 
samaradorligini oshirishning asosiy tashkiliy-texnik tadbirlari ifodalangan edi. 
Faoliyatning bu muhim sohadagi ―energiyani tejash‖ tushunchasi bilan 
birlashtiriladigan asosiy yo‗nalishlaridan biri energetik audit bo‗lishi kerakligi 
e‘tirof etilib, u uning imkoniyatini baholashning axborot asosi, barcha ierarxik 
darajalarda 
(ayrim 
ishlab 
chiqarishdan 
tortib 
davlat 
darajasigacha) 
energomenejmentini joriy qilishning dastlabki holati, investitsion tahlil asosi, 
biznes-rejalarni ishlab chiqish, energiya ta‘minoti dasturlarini tuzish asosi sifatida 
ishtirok etadi. Shu bilan bir vaqtda energetik audit har bir korxona uchun ko‗ngilli 
tadbir hisoblanadi va rahbariyatning qiziqishi uni o‗tkazishga asos bo‗ladi. 
Nazorat savollari 
1. 
Energiyani tejash energiyani iste‘mol qilishning qo‗shimcha manbai sifatida. 
2. 
Energiyani tejash eenrgetikaning iqtisodiy samaradorligini oshirishning 
xarakatdagi richagi sifatida. 
3. 
Energetik menejmentni korxonalarga joriy qilish bosqichlari. 
4. 
Energiyaning tannarxi va tariflari nimadan iborat? 

Download 220.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling