Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari
Ruxsat etiladigan me’yoriy chegara (RMCh) deyilganda vaqt birligida manba tomonidan chiqariladigan ifloslantiruvchi modda massasi tushuniladi
Download 1.38 Mb.
|
2 5426852119510518403
Ruxsat etiladigan me’yoriy chegara (RMCh) deyilganda vaqt birligida manba tomonidan chiqariladigan ifloslantiruvchi modda massasi tushuniladi. Ifloslantiruvchi modda RMCh miqdoridan ortib ketsa, atrof-muhitda nomaqbul oqibatlar keltirib chiqaradi va u inson salomatligi uchun xavf-xatarli bo‘lishi mumkin.
Ruxsat etiladigan konsentratsiya (me’yoriy) chegarasi (RKCh) deyilganda atrof - muhitdagi zararli moddaning shunday miqdori tushuniladiki, u muhit bilan inson doimiy yoki vaqtinchalik aloqada bo‘lganida ham uning salomatligi yoki avlodlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.Hozirgi vaqtda RKCh sini aniqlashda ifloslantiruvchi larning nafaqat inson salomatligiga ta’siri darajasini, balki ularning, hayvonlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar, shuningdek, tabiiy turkumlarga ko‘rsatadigan ta’siri ham hisobga olinadi. Atrof-muhit monitoring maxsus xizmati zararli moddalarning RMCh va RKChsining belgilangan normativlariga qay darajada amal qilinayotganligi ustidan nazorat olib boradi. Bunday xizmat Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan. Ayniqsa, yirik shaharlarda, kimyo zavodlari yaqinida, Sariosiyo tumani, Orol bo‘yi mintaqalarida ularning ahamiyati juda kattadir .Monitoring xizmati katta huquqga ega bo‘lishi kerak. U qonunda nazarda tutilgan huquqdan foydalanib, atrof-muhitiga zarar keltirayotgan, atrof-muhit me’yorlarini buzayotgan korxonalarni, har qanday boshqa ishlarni to‘xtatib qo‘yish lozim. Yonilg‘iga, metallarga, mineral xom ashyo va ularni qazib olishga bo‘lgan ehtiyojning jadal sur’atlar bilan ortishi bu resurslarning kamayishiga olib keladi. Chegaralashning ekologik prinsipi shundan iboratki, resurslar chekli va shuning uchun ular behuda sarflanmasligi kerak; yangi resurslarni to‘xtovsiz ochavermaslik lozim. Ularning kelguvsi avlodlar uchun ham asrash va avaylash zarur. Yer biosferasi o‘z-o‘zini tiklashga, muvofiqlashtirishga qodir. U insonning tabiatga nooqilona aralashuviga bardosh beradi va uning salbiy oqibatlarini to‘g‘rilay oladi. Ammo hamma narsaning ham o‘z chegarasi bor. Insoniyat ham xuddi ana shu chegaraga yetib keldi. U ekologik halokat yoqasida turibdi. Bugungi kunda, ravshanki, atmosferaning fizik xossalari yoki kimyoviy tarkibiga ta’sir qiluvchi insonning har qanday faoliyati muhitning ekologik vaziyatini jiddiy ravishda ishdan chiqarishi, xususan, sayyoradagi iqlimning global o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar insoniyat atmosfera ifloslanishining oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli chora tadbirlar belgilamasa, u holda uni halokatli oqibatlar kutadi.
Atrof muhitni ekologik ifloslanishi nimadan iborat? Atrof muhitni nechta ifloslanish turlarini bilasiz? Atrof muhitga chiqadigan moddalarni ruhsat etiladigan me’yoriy chegarasi qanday aniqlanadi? Ruhsat etiladigan me’yoriy konsentratsiya nimani belgilaydi? Atrof-muhit monitoringni asosiy vazifalari. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling