Slaydda rasmlar joylashtirish
1. Power Point ning o‘zida bo‘lgan rasmchalar to‘plamidan biror rasmni joylashtirish «Стандартный» panelidan
«Добавить картинку» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Добавить картинку» tugmasini bosganda quyidagi oynani ko‘ramiz:
Bu oynadan kerakli rasmni tanlab «Вставить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydga joylashadi.
2. Agar o‘zimiz hosil qilgan biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmokchi bo‘lsak, menyuning «Вставка» bandidan «Рисунок» bandi va bu banddan «Из файла...» qism bandini tanlasak, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Bu yerdan kerakli faylni tanlab «Добавить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm matnga quyiladi.
Slaydga ob’ektlarni joylashtirish
Power Point da Windows qo‘llab quvvatlagan har qanday ob’ektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point menyusining «Вставка» bandidan «Объект...» qismi quyidagicha tanlanadi:
Bizga quyidagi ko‘rinishda oyna hosil bo‘ladi:
Bu oynadan slaydda joylashtiriladigan ob’ekt turi tanlanadi va OK tugmasini bossak kursor turgan joyda ob’ekt joylashadi va uni o‘zgartirish uchun shu ob’ektning muharriri ochiladi.
Agar biz matnda oldindan tay¸rlangan ob’ektni joylashtirmoqchi bo‘lsak, shu oynadan «Создание из файла» bandini yuklatib, ob’ekt saqlangan faylni ko‘rsatishimiz kerak va OK tugmasi orqali ushbu ob’ekt matnimizga qo‘yiladi.
Animatsiya yaratish
Animatsiya - slaydga qo‘yilgan ob’ektlarning ma’lum tartibda hosil bo‘lishi.
Slayd uchun animatsiyani o‘rnatish uchun menyuning «Показ слайдов» bandidan «Настройка анимации...» qismi tanlanadi, unda quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:
«Время» bo‘limining «Объект без анимации» qismidan animatsiya o‘rnatilmagan ob’ekt tanlanib uni «Анимации» qismidan faollashtiriladi. Bu yerda qachon faollashishi sichqoncha tugmasi bosilganda ¸ki bir necha daqiqadan keyin faollashishi ko‘rsatiladi.
«Эффекты» bo‘limini tanlasak, quyidagi oyna paydo bo‘ladi:
Bu yerdan belgilangan ob’ekt uchun effektni tanlaymiz, shu effekt shaklida tanlagan ob’ektimiz hosil bo‘ladi. Shu effekt bajarilayotgan paytda biror ovoz chiqarilishi kerak bo‘lsa uni ham tanlaymiz. Animatsiya tugagandan keyin bo‘ladigan holatni ham tanlasa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |