Mavzu: Ta’limga oid google xizmatlari Reja: Tarmoqning asosiy xizmatlari Internet ulanish usullari


Download 237.55 Kb.
bet2/12
Sana23.04.2023
Hajmi237.55 Kb.
#1382888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14. Google va Microsoft vositalari va xizmatlaridan foydalanish (1)

Google qidruv tizim
Google – qidiruv sistemasiga oid sayt hisoblanadi. Qidiruv sistemasi bu – foydalanuvchilar o’ziga kerakli bo’lgan matn(so’z)ni kiritishadi va shu asosida qidiruv sistemalari foydalanuvchi matni uchragan saytlar ro’yhatini chiqarib beradi. Bu juda qulay tizim hisoblanib, barcha yoshdagi foydalanuvchilarga tegishli va barcha tilllarda kerakli ma’lumotlarni topishga imkon beradi, albatta bu ma’lumotlar internet tarmog’iga kiritilgan bo’lishi lozim. Qidiruv sistemalari internet tarmog’iga kiritilgan va qidiruv tizimlari ro’yhatidan o’tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Bu tizimlarga YANDEX, YAHOO, GOOGLE vahakazolarni misol qilish mumkin. Qidiruv tizimi nima ekanligini bilib oldingiz, endi GOOGLE qidiruv tizimiga oid faktlar bilan tanishib, o’zingizga qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin: Google kompaniyasini asoschilari Larry Page va Sergey Brin hisoblanadi. Larry Page va Sergey Brin PageRank tehnologiyasiga patent olgach, o’z kompaniyalarini AltaVista kompaniyasiga 1 mln dollarga sotib yubormoqchi bo’lishdi, lekin AltaVista bu taklifni qabul qilmaydi va o’ziga kuchli raqobatchi yaratib oldi. PageRank tehnologiyasi kodlarida 500 mln ga yaqin o’zgaruvchilar va 2 mlrd ga yaqin mantiqiy elementlar mavjud ekan. Dastlabki Google kompaniyasining serverlari linux operatsion tizimida ishlagan.The Grateful Dead gruppasi oshpazi hozirgi kunda Google kompaniyasining bosh oshpazi ekan. Boshqa korxonalardan farqli ravishda Google kompaniyasi iqtisodiy krizis paytida ham o’z shtatini kengaytirishga erishgan ekan(2000 yil). Google kompaniyasida 3000 ga yaqin ishchi ishlar ekan.Kompaniyaning 450000 ga yaqin serverlari mavjud bo’lib, ular butun dunyo bo’ylab tarqalgan ekan. Google saytining oddiyligi(asosan oq fon), dastlab bu korxonada yaxshi dizaynerlar yo’qligi bilan tushuntirilar ekan. Sayt yaratuvchilari bilmi sust bo’lib, hattoki “Submit” tugmasini ham qilisha olmagan ekan. Klaviaturadagi Enter tugmasi submit tugmasini o’rnini bosgan ekan. Google kompaniyasida ish shunday yo’lga qo’yilganki, ishchilar ish vaqtining 20% ni, o’zlarining shaxsiy dasturlari (proyektlari) ustida ishlashga sarflashar ekan. Shu sababli hozirgi kunda google ning kichik xizmatlari ko’payib ketmoqda(Orkut, Google news,.). Lekin bu xizmatlar foydalanuvchilarga e’lon qilinmas ekan. Kompaniyani to’g’ri nomlanishi GOOGOL edi, lekin kompaniyani tasdiqlatish davomida xatolikga yo’l qo’yilib, google nomi yozib yuborilgan. Bu xatolik to’g’irlanmasdan qolgan. O’ylangan kompaniya nomi Googol – katta o’lchamdagi raqamlar deganidir(10 darajasi 100). 2004 yilda kompaniya dastlabki aksiyalarini birjaga qo’yadi va o’z aksiyalarini donasini 85$ qilib belgilaydi. Bir yil ichida bu aksiya 317,8$ ga ko’tariladi. Hech qachon aksiya narxi dastlabki(85$) narxidan pastga tushmagan. Google kompaniyasi o’z emblemasini har bayramda, shu bayramga mos holda o’zgartirib turadi va shu tariqa eski bayramlarni yuzaga chiqarishga harakat qiladi. Google sayti 100 ga yaqin tillarni tushuna olar ekan, undan tashqari xar hil multfilmdagi qahramonlarni tilini ham(misol uchun Bugs Bunny). Dastlab bu sayt juda sodda tuzilgan bo’lib, sayt tekshiruvchilar, kerakli so’rovni kiritishib, natijasini kutib o’tiraverishgan ekan(agar natija 0 bo’lsa). Xattoki so’rov qachon tugaganini ham bilishmagan ekan.So’ng sayt kodini o’zgartirib, so’rov tugaganini bildiruvchi xabar chiqaradigan qilishgan ekan.Google kompaniyasi 20%/5% degan qoidaga amal qilishar ekan.Agar 20% foydalanuvchi yangi yaratilgan funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning asosiy interfeysida qolar ekan.Agar 5% foydalanuvchilar bu funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning “расширенныенастройки” degan qismiga joylashtirilar ekan.Google kompaniyasi ishchilarida qat’i o’rnatilgan ish soati mavjud emas ekan.Kim qachon ishlash foydali deb topsa o’sha vaqtda ishlar ekan.Asosiysi ish plani bajarilsa bo’ldi.Google kompaniyasi yangi kadr olishda quyidagicha yo’l tutar ekan.HR xizmat orqali jo’natilgan 10 ta shaxsiy varaqadan 1 tasiga telefon qilar ekan.10 ta telefon qilganlardan 1 tasini suhbatga chaqirar ekan, 10 ta suhbatga kegan odamdan 1 tasini ishga olar ekan.Demak google ga kirish konkursi 1:1000 ekan.Google kompaniyasiga ishga kirish qiyin ekanini ko’rdik, shu bilan birga ishdan haydalish ham qiyin ekan. Ishlashni hohlamagan ishchi bilan suhbat uyishtirilar ekan va boshqa ish taklif qilinar ekan, yana ishlamasa, yoniga bitta ishchi berib ishni o’rgatib nazorat qilar ekan, shunda ham ishlamasa yana bir bor jiddiy suhbat uyishtirilar ekan, va nihoyat yarim yil deganda ishdan bo’shatilar ekan. Bu albatta kamdan kam bo’ladigan holat, chunki kompaniya, ishga kirishda hodimlarni chertib-chertib ishga qabul qiladiku.Google-shaharchada ya’ni google kompaniyasi hududida 20 ta restoran hodimlar uchun xizmat qilar ekan, eng qizig’i barcha restoranlar tekin ekan. Bu restoranlarda italyan, arab, meksikan taomlari va fastfood yeguliklari mavjud ekan. Har juma kunlari google ishchilari, bizni til bilan aytganda choyhona qilishar ekan. Albatta osh yeyishmaydi, yig’ilishib pivo, vino ichib yangi rejalar tuzib, gaplashib o’tirishar ekan. Google kompaniyasi joylashgan ko’cha “Google street” deb nomlanar ekan. Kompaniyada ishchilar uchun alohida avtobuslar yo’lga qo’yilgan, undan tashqari hodim o’zi qayerda ishlashini tanlar ekan(uyda yoki ishxonada), yana bir qiziq tomoni hodimlar uchun ma’lum bir vaqtlarda har xil yulduzlar ishtrokida konsertlar uyishtirib turilar ekan(Профсоюз yaxshi ishlar ekan).
Google 
Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi bo’yicha birinchi o’rinda bormoqda (u 70% qidiruv so’rovlarini amalga oshiradi).Hozirda u kuniga 50 mln.qidiruv so’rovlarini registratsiya qiladi va ayni vaqtda 8 mlrd. dan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google 101 tadan ortiq tillarda so’rovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq komputerlardan iborat.(2004-yil avgust oyi ma’lumotlariga asosan).Qidiruv tizimi Google Inc. sifatida Mauntin Vyuda ro’yxatdan o’tgan.Google qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent - Googlebot(Qidiruv roboti) - bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri xisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud: - Googlebot-Mobile - mobil qurilmalar saytlarini indekslovchi robot; - Google Search Appliance (Google) gsa-crawler - yangi apparat-dasturiy kompleksi Search Appliance ning qidiruv roboti; - Googlebot-Image — rasmlarni indekslash uchun sahifalarni skaner qiluvchi robot; - Mediapartners-Google - sahifalar tarkibida uchrovchi AdSense bo’yicha skaner qiluvchi robot; - Adsbot-Google - AdWords bo’yicha skaner qiluvchi robot.Google interfeysi murakkab so’rovlar tilidan tarkib topgan. So’rov jarayonida alohida domenlar, tillar, fayl turlari va hokazolar bo’yicha so’rov sohasini yanada aniqroq bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, «intitle:Google site:wikipedia.org» so’rovi Vikipediada mavjud bo’lgan mavjud tillardagi barcha maqolalarda, shuningdek sarlavhalarda Google so’zi uchrovchi natijalarni ko’rsatadi. Ushbu murakkab va ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lgan so’rov tili xakerlar tomonidan veb saytlarni tadqiq qilishda foydalanishi mumkin.Google 19 avgust 2004-yilda o’z aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd.AQSh dollarilik 20 mln.aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Googlening o’zida qoldi. 2005-yil noyabr oyining ma’lumotlariga qaragandaGoogle aksiyalari narxi 400 AQSh dollaridan oshib ketdi (ular birjada dastlab 83 dollardan narxlangandi) va korporatsiyaning kapitalizatsiyasi 119 mlrd. dollarga teng bo’ldi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling