Mavzu: Ta’limga oid google xizmatlari Reja: Tarmoqning asosiy xizmatlari Internet ulanish usullari


Download 237.55 Kb.
bet5/12
Sana23.04.2023
Hajmi237.55 Kb.
#1382888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14. Google va Microsoft vositalari va xizmatlaridan foydalanish (1)

Google haqida qiziqarli faktlar


Ko‘pchilik uchun Google — orzudagi korporatsiya. Ushbu korporatsiya butun dunyoga nafaqat innovatsion qidiruv tizimi yaratuvchisi sifatida, balki firmaning ichki siyosatiga noodatiy yondashuvi bilan ham mashhurdir. Biz siz uchun Google haqidagi eng e’tiborga loyiq faktlarni to‘pladik. 
— Har kuni Google’ga birinchi marta beriladigan yangi so‘rovlar ulushi barcha so‘rovlarning kamida 16 foizini tashkil etadi. 
Agar Google xodimi vafot etsa, uning oilasiga xodimning o‘n yillik ish haqining yarmiga teng to‘lov bir yo‘la to‘lanadi, farzandlariga esa ular 19 yoshga to‘lgunicha har oyda ming dollardan berib turiladi. 
— Google barcha mashhur (noyob) kitoblarni 2020-yilgacha skanerlab chiqmoqchi. Bugungi kunda ularning soni 129 milliontani tashkil etadi. 
— Microsoft kompaniyasi Google’ning Chrome brauzeri o‘rniga o‘z brauzeridan foydalanganlik uchun maxsus bonus ballarini taqdim etadi. Ballar evaziga kompaniya mahsulotlari uchun chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Ammo dastur faqat AQSh aholisi uchun amal qiladi.
— Google reklamadan yiliga 20 milliard dollardan ortiq pul ishlab topadi. Bu CBS, NBC, ABC va Fox kabi eng yirik televizion kompaniyalarning praym-taym (eng yaxshi efir vaqti)dagi reklamadan olgan jami daromadlaridan ham ko‘p demakdir. 
— Yetti yil avval (2010-yil) Google xaritalaridagi xatolik tufayli, Nikaragua qo‘shinlari adashib, Kosta-Rikaga kirib borgan. 
— Google yiliga 2 trilliondan ortiq so‘rovlar ustida ishlaydi. 
— Google’dagi ba’zi stajyorlar 90 ming dollardan ortiq maosh oladi. 
— Google 1,75 milliard saytni mualliflik huquqlarini buzganlik uchun qidiruv tizimidan chiqarib tashlagan. 
— Har yili Google’ga 2 millionta rezyume jo‘natiladi. 
— Google o‘zining bosh qarorgohi atrofidagi o‘tlarni “o‘rish” uchun vaqti-vaqti bilan 200 ta echkini ijaraga olib turadi.
Ta’limda elektron resurslar
Zamonaviy o’quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi.Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham elektron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi.
O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi:
- o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra; 
- maqsadiga ko’ra; 
- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra; 
- matnning tashkil etilishiga ko’ra; 
- ifoda etilish shakliga ko’ra Elektron nashrlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra; 
- asosiy axborot tabiatiga ko’ra; 
- maqsadiga ko’ra; 
- tarqatilish texnologiyasiga ko’ra; 
- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra;
- davriyligiga ko’ra; 
- strukturasiga ko’ra
. Xozirgi vaqtda o’quv nashrlarining to’rt xil turdagi nashrlarni o’z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo’lib, bularga:

  • Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari);

  • O’quv-uslubiy (uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar);

  • O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari);

  • Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to’plamlari).

Shu bilan birga bu guruhga nazorat qiluvchi elektron o’quv nashrlari bo’lmish - test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko’ra elektron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har
bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar). 
Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.
Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv nashrlar konveksion(ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy(dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli(muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal(sanab o’tilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra elektron o’quv nashrlar beshta asosiy guruxga bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun.

Download 237.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling