Mavzu: Ta’limga oid Microsoft xizmatlari reja


Download 26.08 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1333486
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’limga oid Microsoft xizmatlari

2. Kontentingiz.
Ko'pgina xizmatlarimiz sizga kontentingizni saqlash yoki almashish hamda boshqalardan materiallarni qabul qilish imkonini beradi. Biz kontentlaringizga egalikni da’vo qilmaymiz. Kontentingiz faqat sizning kontentingiz bo'lib qoladi va uning uchun siz mas'ul bo'lasiz.
a. Kontentingizni boshqalar bilan ulashganingizda, kontentingizga Xizmatlarda kirishga ruxsat bergan maqsadlaringizda, sizga badal toʻlovlarisiz ular xalqaro doirada kontentingizdan foydalanish, saqlash, yozish, qayta chiqarish, translatsiya qilish, ko‘chirish, ulashish va aks ettirish imkoniga ega boʻlishlarini tushungan hisoblanasiz. Agarda boshqalarni ana shu imkoniyatlarga ega bo'lishini xohlamasangiz, kontentingizni almashish uchun Xizmatlardan foydalanmang. Ushbu Shartlar amal qilish davomida siz xizmatlarda yuklayotgan yoki almashayotgan kontentlarga barcha kerakli huquqlaringiz borligini (va bo‘lishligiga) tasdiqlaysiz va ushbu paragrafdagi aytilayotgan kontentdan foydalanish har qanday huquqni buzmasligiga kafolat berasiz. Microsoft kontentingizga egalik qilmaydi, boshqarmaydi, tasdiqlamaydi, uning uchun to'lamaydi, qo'llamaydi yoki aks yo'l bilan uning uchun hech qanday majburiyatni olmaydi va xizmatlardan foydalanib yuklagan, saqlagan yoki almashgan kontentingiz uchun javobgar bo'lmaydi.
b. Xizmatlarni sizga taqdim qilish doirasida, sizni va xizmatlarimizni himoya qilish uchun va Microsoft mahsulotlari hamda xizmatlarini yaxshilash uchun siz Microsoftga dunyo bo'ylab va bepul Kontentingizdan foydalanish huquqini bergan hisoblanasiz, xususan, Xizmatlar orqali nusxasini olish, ushlab qolish, uzatish, qayta shakllantirish, aks ettirish va tarqatish. Agar siz kontentingizni cheklovsiz Xizmatning onlayn sohalarida nashr qilsangiz, u Xizmatni targʻib etuvchi namoyishlarda yoki materiallarda paydo bo'lishi mumkin. Ayrim xizmatlar reklama bilan qo'llab-quvvatlanadi. Microsoft qanday qilib reklamalarni shaxsiylashtirishi bo'yicha boshqaruvlar haqida https://choice.live.com saytda ko'rishingiz mumkin. Biz sizga maqsadli reklama qilishimiz uchun elektron pochta, chat, video qo'ng'iroqlarda aytgan narsangiz yoki ovozli pochta, hujjatlar, rasmlar yoki boshqa shaxsiy fayllardan foydalanmaymiz. Reklamaga oid siyosatlarimiz Maxfiylik bayonnomasida batafsil keltirilgan.
Microsoft korporatsiyasi (Microsoft Corporation, Microsoft) — har xil turdagi hisoblash uskunalari: shaxsiy kompyuterlar, oʻyin pristavkalari, PDAʼlar, mobil telefonlar va boshqalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi eng yirik transmilliy kompaniyalardan biridir. Ayni paytda dunyoda eng keng tarqalgan dasturiy platforma — Windows operatsion tizimlar oilasi ham shu korporatsiyaga tegishlidir.
Korporatsiyaning shoʻbalarida Xbox oʻyin pristavkalari, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar (klaviatura, sichqon va boshqalar) ham ishlab chiqaradi[2]. 2012-yildan beri oʻzining planshet kompyuteri — Surfaceʼni ishlab chiqarmoqda. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlar 45 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi.
Korporatsiya shtab-kvartirasi AQShning Vashington shtati Redmond shahrida joylashgan.Korporatsiyada 2020-yil 30-iyun holatiga koʻra, 163 mingdan ziyod kishi ishlamoqda. 2018-yilda u Forbes jurnali boʻyicha dunyoning 500 ta eng yaxshi ish beruvchilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Microsoft Rossiyada 1992-yil noyabr oyidan (2004-yil iyulidan “Майкрософт Рус” MCHJ deb qayta tashkil etildi) faoliyat yuritadi.
Microsoft 2002-yilgi kelishuv natijasida AQSh sudi nazorati ostida[4].

Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling