Mavzu: Ta’limga oid Microsoft xizmatlari reja


Download 26.08 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1333486
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’limga oid Microsoft xizmatlari

Faoliyati
Microsoft korporatsiyasi dasturiy va texnik vositalarning keng assortimentini ishlab chiqaruvchisi boʻlib, u birinchi navbatda Windows oilasining operatsion tizimlari, shuningdek hujjatlari bilan ishlash dasturi — Microsoft Office bilan butun dunyoga mashhur boʻldi[14]. Bugungi kunga kelib korporatsiya turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi: server dasturlari toʻplamlari, oʻyinlar, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish vositalari va Xbox oʻyin konsollari shular jumlasidandir.
Microsoft muntazam ravishda boshqa dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilarni sotib olish bilan shugʻullanib kelmoqda[15]. Xususan, Navision, Solomonruen, Great Plainsruen kompaniyalarini sotib olish natijasida Microsoft assortimentida Microsoft Dynamicsʼning yangi yirik yoʻnalishi (ilgari Microsoft Business Solutions deb ataladi) paydo boʻldi.
Microsoft kompaniyasi Groove musiqa xizmatini eʼlon qildi. U mavjud Xbox Music xizmatining oʻrnini bosadi va shunga oʻxshash imkoniyatlarga ega boʻladi: Windows doʻkoni (Microsoft Store)dan qoʻshiq va albomlarni yuklab olish, treklarni, shu jumladan OneDriveʼga yuklanganlarni oqimlash va tanlangan treklar, albomlar yoki ijrochilar asosida radioni avtomatik ijro etish imkoniyati mavjud.2021-yil aprel oyida Microsoft AQSh Mudofaa vazirligidan armiya uchun koʻzga taqiladigan qurilmalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma olgani ma’lum boʻldi. Shartnoma summasi 21,9 milliard dollarni tashkil etadi. Oʻn yil ichida Microsoft AQSh armiyasiga HoloLens qoʻshimcha reallik koʻzoynaklari asosidagi 120 mingta qurilma yetkazib berishni oʻz zimmasiga oldi[16].
Korporatsiya turli xil bosim usullaridan foydalangan holda, oʻz monopoliyasini saqlab qolishga harakat qiladigan haqiqiy va potentsial raqobatchilarni (birinchi navbatda Linux operatsion tizimini) kuzatib boradi.
TahrirlashMicrosoft oʻz mahsulotlarining koʻpchiligini ishlab chiqishda shaffoflik yoʻqligi uchun tanqid qilindi, bu esa bir necha sud jarayonlariga sabab boʻldi. Google kompaniyasining Microsoftʼga qarshi daʼvosi mashhur boʻldi, uning maqsadi Googleʼdan Windows Vista qidiruv tizimi va Windows Vista uchun Google Desktopʼni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni olish edi]. Microsoft, shuningdek, Office Open XML (OOXML) matn hujjati formatini ISO standarti sifatida targʻib qilgani uchun tanqid qilinadi, chunki bir tomondan, standart allaqachon OpenDocument (ODF, ISO/IEC 26300 standarti), boshqa tomondan, OOXML hujjatidir. Microsoft Office 2007 tomonidan ishlatiladigan format Microsoftʼning OOXML standartiga mos kelmaydiOchilish marosimida so'zga chiqqanlar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati haqida to'xtalib o'tishdi.Shundan so'ng, raqamli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha tadqiqot olib borayotgan kafedra ilmiy izlanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot va innovatsion loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi. Laboratoriyada professor-o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar bevosita “Microsoft” kompaniyasi dasturlaridan foydalanish imkoniga ega bo'ladi. Shuning bilan birga, su'niy intelekt sohasida nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar sifati va mazmunini oshirishga erishadilar.
Bugungi kunda universitetning 31 ta kafedrasi huzurida jami 18 ta ilmiy-tadqiqot markazi va loboratoriya faoliyati yo'lga qo'yildi. Ularda fundamental ta'limotlarni yaratish va takomillashtirish, ilmiy-tadqiqotlar va ulardan olingan yangiliklarni patentlash hamda amaliyotga tatbiq qilish, startap loyihalari hamda dasturlar ishlab chiqish, biznes treninglar, mahorat darslarini tashkil etish orqali iqtisodchi kadrlar nafaqat nazariy, balki amaliy ko'nikmalarga ham ega bo'lmoqda.Ma'lumki, zamonaviy sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritm va dasturiy tizimlardan iborat bo'lib, inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarni axborot bazasiga kiritilgan ma'lumotlar asosida amalga oshiradi. Shuningdek, sun'iy intellekt murakkab tahlillar va katta ma'lumotlar bilan ishlovchi dasturlarni o'z ichiga olib, mantiqli izchil mulohaza qilish hamda tavsiya berish qobiliyatiga ega “aqlli” texnologiya hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan sun'iy intellektga to'rtinchi sanoat inqilobining asosi sifatida qaralmoqda.
Tadbirning ikkinchi qismida “Microsoft” (Daniya) kompaniyasining “Sun'iy intellekt arxitekturasi” departamenti boshlig'i Umid Ahmedov tomonidan ushbu mavzu bo'yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Microsoft” kompaniyasi bilan “Sun'iy intellekt” va “Big Data” bo'yicha talabalar uchun doimiy onlayn kurslarni tashkil etish bo'yicha kelishuv amalga oshirilayapti. Shuningdek, sun'iy intellekt va uni qo'llash texnologiyalari asosida o'qitish bo'yicha kiritilayotgan o'quv fanlari o'rganilib, xorijiy ekspert sifatida “Microsoft” kompaniyasining “Sun'iy intellekt arxitekturasi” departamenti boshlig'i Umid Axmedov jalb etildi.

Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling