Mavzu. Ta‘limning tashkiliy shakllari va metodlari
Download 18.79 Kb.
|
Mavzu. Ta‘limning tashkiliy shakllari va metodlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sinf – dars shaklidagi mashg’ulotlarni tashkil etish.
O’zbek maktablari oktyabr to’ntarishidan keyin sinf-dars tizimiga o’tdi. Hozirgi davrgacha guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va shuncha vaqt maboynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta‘limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi.O’zbek maktablari oktyabr to’ntarishidan keyin sinf-dars tizimiga o’tdi. Hozirgi davrgacha guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va shuncha vaqt maboynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta‘limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi. Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma‘lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta‘lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozir maktablarimizda qo’llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi: Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat‘iy jadval orqali olib boriladi. 2. Sinf – dars shaklidagi mashg’ulotlarni tashkil etish.2. Sinf – dars shaklidagi mashg’ulotlarni tashkil etish. Ta‘lim maskanlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o’quvchi-talabalarga beriladigan ta‘lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko’tarishni talab qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil etishga bog’liq. Maktablarimizda darsning boshlanish davrini - darsning tashkiliy daqiqalari deb ataladi. Biroq, bu dars shaklining biror bosqichi yoki tuzilishiga kirmasligi kerak. Tashkiliy daqiqada sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish muhimdir. Tajribali va mahoratli o’qituvchilar fursatni qo’ldan bermay, o’quvchilar diqqatini chalg’itmay, darhol ish boshlab yuboradilar. Ayni paytda o’qituvchi oldida ikki vazifa – butun sinf o’quvchilari diqqatini o’ziga jalb qilish va butun sinf o’quvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta‘minlash vazifalari turadi. Dars mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib o’qtirish bilan boshlanadi. Dars yangi materialni bayon qilishga qaratilgan bo’lsa, dars mavzusi aytiladi. Darsda rejada mo’ljallangan materialni o’tib bo’lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kerak. Shuningdek, o’qituvchi darsni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi, turli xil ta‘lim metodlaridan unumli foydalanish va o’quvchilarga ko’proq muammoli vaziyatlar yaratish orqali ularga yangi materialni bayon qilishi dars sifatini oshiradi. Download 18.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling