Mavzu: taqdimotlar ishlab chiqishning instrumental


Download 333.58 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi333.58 Kb.
#1684146
Bog'liq
7 1


MAVZU: TAQDIMOTLAR ISHLAB CHIQISHNING INSTRUMENTAL

VOSITALARI


Ishning maqsadi. Talabalarga taqdimotlar yaratish dasturi bilan ishlashni o‘rgatish.
Masalaning qo‘yilishi. MS PowerPointda taqdimotlar tayyorlashni o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining Windows operatsion sistemasi dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, dastur prezentatsiyalar uchun qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ayrim hollarrda ma`lumotlar bazasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari bajariladi.
Davlat ta`lim standartlari asosida, yangi pedagogik texnologiya elementlaridan dars jarayonida foydalanish, masofali o‘qitishning namunasi sifatida Power Point dasturi yordamida turli dars mavzulariga oid ko‘rgazmali dars ishlanmasini tayyorlab namoyish etish mumkin. Windows OT ning multimedia imkoniyatidan foydalanib, Power Point dasturidan o‘quv jarayonida unumli foydalanilsa yuqori samaralar beradi.
Dasturning asosiy tushunchalaridan biri slayd va prezentatsiya tushunchalari hisoblanadi. Slayd-ma`lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Prezentatsiya -
yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
Masalan: Prezentatsiya1 - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, unda yaratilgan va yaratilayotgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni xoxlagan tarzda almashtirish imkoniyati mavjud.

Topshiriqlar


  1. MS PowerPoint dasturini ishga tushirish.

Asosiy menyu orqali [Пуск][Программы][Microsoft PowerPoint] buyruqlar ketma  ketligi amalga oshiriladi. Agar mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga murojaat qilish ham mumkin. Natijada MS PowerPoint dasturi hosil bo‘ladi.
  1. PowerPoint dasturida taqdimot yaratish turi va fonini belgilash.


Taqdimot yaratish turini tanlash uchun menyuning Формат bo‘limiga kirib Разметка слайда bandi tanlanadi. Bu yerda bir qancha ko‘rinishlar hosil bo‘ladi, ulardan birini tanlab olamiz(1-rasm).

1-rasm. 2-rasm.
Taqdimot yaratish turlari Taqdimot yaratish foni Taqdimot yaratish fonini hosil qilish uchun ham menyuning Формат bo‘limiga kiramiz

va Оформление слайда bandi tanlanadi, ulardan birini tanlab olamiz(2-rasm).
  1. Slayd hosil qilish.


Kerakli ko‘rinish tanlangandan so‘ng ma’lumotlar kiritiladi. Ma’lumot bilan birgalikda rasm yoki rasmli fayllarni joylashtirishimiz mumkin. Qarshi Davlat Universiteti haqida slayd hosil qilamiz(3-rasm).

3-rasm.


Qarshi Davlat Universiteti haqidagi slaydning ko‘rinishi


  1. Animatsiya hosil qilish.


Buning uchun menyuning Показ слайдов bo‘limiga kirib Настройка анимации qismini tanlab olamiz. Natijada ekranning o‘ng tomonida Настройка анимации qismi paydo bo‘ladi(4a-rasm). Animatsiyaning ko‘rinishlaridan birini tanlab olamiz(4b-rasm).

4a-rasm. 4b-rasm.


Animatsiya hosil qilish jarayonlarining umumiy korinishi


  1. Animatsiyaning turlari.


Animatsiya hosil qilishda har bir bo‘limlar yoki temalar uchun animatsiyaning turlarini tanlab olishimiz lozim. Animatsiya oddiy, o‘rta darajada hamda murakkab darajadagi turlari mavjud(5a,
5b-rasmlar).

5a-rasm 5b-rasm
Animatsiya turlarining umumiy ko‘rinishi


  1. PowerPointda slaydlarni ko‘paytirish.


PowerPointda tayyorlangan slaydlarni ko‘paytirish uchun Вставка→Дублировать слайд amallari ketma-ket bajariladi. Natijada PowerPointda bir nechta slaydlar hosil bo‘ladi. 2-slayddan boshlab kerakli o‘zgartirishlar amalga oshirishimiz mumkin(6-rasm).
6-rasm. Slaydlarni ko‘paytirish


  1. PowerPoint dasturidan chiqib ketish.


PowerPointdan chiqish uchun: 1) «Файл» menyusiga kirib, «Выход»ni tanlash; 2) sarlavha satridagi belgiga murojaat qilish; 3) masalalar panelidagi PowerPointga tegishli tugma ustida kontekst menyuni ochib, undagi Закрыть bandi ustida sichqoncha chap tugmasini bosish mumkin.





Download 333.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling