Mavzu: taqsimot kanallarini boshqarish
Taqsimot logistikasining sohalarda qo‘lanilishi va o‘zaro hamkorligi
Download 1.17 Mb.
|
9 .TAQSIMOT KANALLARINI BOSHQARISH.
Taqsimot logistikasining sohalarda qo‘lanilishi va o‘zaro hamkorligi
Taqsimot logistikasi faoliyatini aniqlashda ikki yo‘l mavjud. Birinchisi, yetkazib beruvchi ombordan tayyor mahsulotni jo'natish operatsiyalar kompleksini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi, ancha keng qamrovga ega vazifalar. Taqsimot logistikasi butun moddiy mahsulot aylanishini — mahsulot o‘qim liniyasidan tushishidan boshlab iste’molchining omboriga tushgungacha bo'lgan jarayon62 lami amalga oshiradi. Bunda taqsimlash vazifalari mikro- va makrologistika darajasida hal etilishi hisobga olinishi kerak. Mikrologistika darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi: • sotish jarayonini rejalashtirish; • mahsulotni o‘rash usulini tanlash, uni butlash va konservalash; • mahsulotni yuklashni tashkil etish; • mahsulotni iste’mol etiladigan joyga tamsportda tashilishini nazorat qilish hamda mahsulotni iste’molchiga yetkazish; • sotuvdan keyingi xizmatlami tashkil etish. Taqsimot logistikasining makro darajasida hal etiladigan vazifalari quyidagilardan iborat: • moddiy oqimlami taqsimlash chizmasini tanlash; • taqsimlash vositalarini shakllantirish; • taqsimlash markazlarini joylashtirish. Logistika tizimlarining xususiyatlarini o‘rganishda bu tizimlami boshqarish va (yoki) optimallashtirish uchun modellardan foydalanishadi. Uni sun’iy model va turli vositalar yordamida (so‘z, grafika, logika bilan ta’riflab) o‘iganib, haqiqiy analog sifatida ta’riflash mumkin. Har qanday model keng qamrovli bo‘lishi mumkin emas, u aniq muammoni yechishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak, belgilangan paytga qaror qabul qilishni ta’minlashi zarur, chunki kechikib qabul qilingan qaror xato yoki umuman keraksiz bo‘lishi mumkin. Odatda, so‘z orqali ifodalangan va matematik iqtisodiy modellar ajratiladi. Matematik modellaming afzalligi aniqligi, tekshirish mumkin bo‘lganligi va hokazolarda ko'rinadi. So‘z orqali ifoda etiladigan model modelning umuman mavjud bo‘lmaganidan yoki bo'lmasa reallikni soxtalashtiruvchi matematik modeldan foydalanishdan ko‘ra afzalroqdur. Logistik model deganda o‘zining o‘rindoshi sifatida foydalaniladigan mavhum yoki moddiy bo‘lgan logistik jarayon yoki logistik tizimning har qanday shakli tushuniladi (1-rasm). Bu yerda: 1-rasm. Sotuv jarayonining tarmoqli logistik modeli. xaridor talabini o‘rganish; buyurtmalar portfclini shakllantirish; iste’molchilar bilan xo‘jalik aloqalarini o‘matish; sotuv bo‘yicha izlanishlarni moliyalashtirish; korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini assortiment bo'yicha ta’minlash; mol yctkazib berish (sotuv) bo‘yicha shartnomalarni tuzish; tovarlarga narx belgilash; 8 ) tayyor m ahsulot zaxiralarini yaratish; taqsimlash kanallarini tanlash; sotuvchi va qayta sotuvcliilarni rag‘batlantirish; mahsulot (xizmat)ni iste’molchilar (xaridorlar)ga yetkazib berishni tashkil qilish; shartnomadagi majburiyatlar bajarilishining nazorati; xaridor va vositachilar bilan hisob-kitoblar; iste’molchilarga xizmat ko'rsatish; sotuv rejalarining bajarilishini baholash; sotuv operatsiyalarini moliyalashtirish; istc’molchilarning to‘lovga layoqatli talabini qondirish va foyda olish. Taqsimot logistikasi tushunchasini logistika tushunchasining umumiy aniqlanishi asosida osongina tushunish mumkin. Moddiy vositalar oqimini bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi: — moddiy oqimni ishlab chiqarishga qadar yetkazadi; — oqimning ishlab chiqarishning ichkarisidan o‘tish jarayonlarini boshqarish; — tayyor mahsulotlami Lste’molchilarga yetkazish jarayonlarini boshqarish. Taqsimot logistikasining aniqlanishi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot logistikasi bu kompleks ravishda o'zaro bog'langan vazifalar bo‘lib, turli ulguiji xaridorlar o‘rtasida moddiy vositalar oqimini taqsimlash jarayonida amalga oshiriladi, ya’ni tovarlarning ulgurji savdosi jarayonida amalga oshadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling