Mavzu: taqsimot kanallarini boshqarish
-rasm. Moddiy oqimlar taqsiraotining qulay variantini tanlash shakli
Download 1.17 Mb.
|
9 .TAQSIMOT KANALLARINI BOSHQARISH.
3-rasm. Moddiy oqimlar taqsiraotining qulay variantini tanlash shakli.
Iste’molchilar yetkazib beruvchilardan uzoqda yoki bir nechta hududlarda joylashgan hollarda tovarlarni omborxona, yetkazib beruvchi korxonalar markazi orqali yetkazish shakli qo‘llaniladi. Sotuvchi vakillar mahsulotni yetkazib berishga buyurtma qabul qilganda mahsulotni firmaning bironta korxonasiga qayta jo‘natishga mo‘ljallangan markaziy mol o‘tkazish idorasiga emas, balki bevosita yaqin joylashgan taqsimlash markaziga jo'natishadi. Tovarlarni iste’molchilarga yetkazishning keyingi shakli — ulguiji vositachilar xizmatidan foydalanish. Yetkazib beruvchilar ishlab chiqarish va texnik maqsadda foydalaniladigan mahsulotlami sotishda ulguiji korxonalar xizmatiga murojaat etadilar. Ayniqsa mahsulot sotiladigan bozorni kengaytirish va xarajatlami kamaytirish maqsadida bir xil tovami turli bozorlarda sotish uchun qo'shimcha vosita tashkil etishga zarurat paydo bo'lganda katta miqdorda bir xil bo‘lgan tovarlar yetkazib berilganda mazkur shakldan foydalaniladi. So‘nggi yillarda ulgurji vositachilar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi munosabatlarning yana bir shakli keng tarqalgan. Bunga ko‘ra iste’molchilarda bo'lgan asbob-uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish operatsiyalari ulgurji vositachilarga biriktirilgan. Bunday hollarda ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bunday operatsiyalami bajarishga xodimlami ishga olishga zarurat qolmaydi. Sanoat uskunalari, xomashyo materiallari va yariinfabrikatlar brokerlar va vakillar yordamida tovar biijalari orqali sotilishi mumkin. Taqsimot markazini joylashtirish. Xizmat ko‘rsatiladigan hududda material oqimi iste’molchilari bir nechta bo'lgan hollarda taqsimlash markazini joylashtirishning eng qulay variantini tanlash kerak bo‘ladi. Taqsimot markazini joylashtirish varianti tanlanganda quyidagi tartibdagi ishlar amalga oshiriladi: bozor sharoiti o‘rganiladi va logistik tizim orqali o‘tadigan materiallar oqimining taxminiy miqdori ishlab chiqiladi; iste’molchilami tovar bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqiladi; logistik tizim ichida materiallar oqimini taqsimlash chizmasi tuziladi; qilingan eng kam xarajatlar mezoni asosida taqsimlash markazini joylashtirish variantini tanlash amalga oshiriladi. Keltirilgan xarajatlar ko‘rsatkichini quyidagicha aniqlash mumkin: Bu yerda Зn = C3 + Cm + K/T, bu yerda Зn — variant bo'yicha keltirilgan xarajatlar; C3 — yillik xizmat qilish xarajatlari; Cm — yillik transport xarajatlari. K taqsimot markazining qurilishiga sarflangan kapital sarmoyalar; T — variantning o‘zini qoplash muddati. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling