Mavzu: taqsimot


Download 1.17 Mb.
bet1/7
Sana23.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1289814
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9. TAQSIMOT



MAVZU: TAQSIMOT


REJA:

1. Taqsimot logistikasining obyekti, predmeti va funksiyalari.


2. Taqsimot logistikasining sohalarda qo’lanilishi va o‘zaro hamkorligi.
3. Logistik tizimda mahsulotlar taqsimotining asosiy kanallari va vositalari.
4. Taqsimotni boshqarish tizimlari va strategiyasi.

Taqsimot logistikasining obyekti, predmeli va funksiyalari
Taqsimot logistikasi tushunchasi. Taqsimot logistikasi — bu turli ulguiji xaridorlar o‘rtasida materiallar oqimini taqsimlash jarayonida, ya’ni tovarlarni ulgurji sotish jarayonida amalga oshiriladigan bir-biri bilan bogiiq faoliyatlar majmuasidir. Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kam xarajatlar bilan kcrakli tovarlarni kerakli vaqtda kerakli joyga yetkazilishini ta’minlash. Talablarni aniqlash va ularga qiziqtiradigan omil topish bilan shug'ullanadigan marketingdan farqli ravishda taqsimlovchi logistika kam xarajatlar bilan marketing tomonidan shakllangan talabni qondirishga xizmat qiladi. Bunda iste’molchining asosiy mahsulotga bo’lgan ehtiyojini qondirishda quyidagi vazifalardan kelib chiqish lozim:

  • tovarni o‘z vaqtida yetkazib berish

  • buyurtmachining favqulotda talablarini qondirishga qodirlik

  • tovar ortish-tushirish ishlarida ehtiyotkorlik ko'rsatish

  • ishlab chiqaruvchining nuqsonli mahsulotlarni tez almashtirib berishga hamda tovar-moddiy zaxirani ma’lum darajada ushlab turishga tayyor turishi.

Demak, taqsimot deganda mahsulotni o‘rash, ekspeditsiya qilish, sotuvni boshqarish, mol yetkazib bemvchining omborida tayyor mahsulotni saqlash, tayyor mahsulot uchun ombor xo'jaligini, ombordan tayyor mahsulotni jo‘natish uchun transport xo‘jaligi tushuniladi. Taqsimot sohasida logistika strategik, tashkiliy, moliyaviy va boshqa o'zaro bog'langan moddiy, axborot, moliyaviy noishlab chiqarish davridagi oqimlaming egiluvchan boshqaruv tizimidan iborat. Taqsimot logistikasining o‘iganish obyekti deb yetkazib beruvchidan iste’molchigacha moddiy oqim harakatining bosqichlariga aytiladi. Tovarning iste’molchiga jismoniy yetib borish jarayoni taqsimlash logistikasining o‘rganish predmetidir. Taqsimot logistikasining asosiy funksiyalari quyidagilardir:

  • Xaridorlar talabini aniqlab, unga javob berish (qondirish)ni tashkil etish.

  • Tovar yetkazib berish, iste’molchilarga xizmat ko'rsatish bo‘yicha xo‘jalik aloqalarini o'matish.

  • Taqsimot kanallarining tashkiliy tizimini qurish.

  • Tayyor mahsulot zaxiralarini to‘plash (yig‘ish), saralash va joylash.

  • Tayyor mahsulot, bo'sh idislilar, chiqindilami transportirovka qilish.

  • Zaxiralarni boshqarish, tovarlami konsolidatsiya (birlashuvi) qilish va tarqatish.

  • Tovar o‘tishi (harakati)ning muqobil shakllarini tanlash va savdoni taslikil etish.

  • Tayyor mahsulot va logistik servis sifat standartini qo‘llash.

  • Taqsimotni monitoring qilish va axborot bilan ta’minlash.

Taqsimot logistikasi vazifalarining tarkibi ikki darajaga: ichki va tashqi vazifalarga bo'linadi.
Ichki taqsimot logistikasi korxona darajasida quyidagi masalalami hal etadi:

  • Buyurtma qabul qilib, uni bajaradi.

  • Sotuv jarayonini rejalashtiradi.

  • O’ram turini tanlaydi, komplektlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, shuningdek, jo'natishdan awal bajarilishi zarur bo‘lgan operatsiyalami tashkil etadi.

  • Mahsulotni jo‘natishni tashkil etadi.

  • Yetkazib berish va transport orqali jo'natish nazoratini tashkil qiladi.

  • Sotilgandan keyingi xizmat ko'rsatishni tashkil etish.

Tashqi taqsimot logistikasi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Taqsimot kanali arxitekturasini (me’morchiligini) tanlash.

  • Taqsimot kanali ishtirokchilari bilan ishni tashkil qilish (savdo vositachilari).

  • Tayyor mahsulotning taqsimot strategiyasini tanlash.

  • Baho belgilash strategiyasini tanlash.

  • Mahsulotni bozorga olib kirish bo‘yicha tadbirlami tashkil etish.

  • Korxona malisulotining bozordagi holatini nazorat qilish va maqsadli segmentlardagi mahsulol pozitsiyasining tahlili.

  • Mijozlar bilan ishlash va sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatishni tashkil qilish.

Sotuv faoliyati bo'yicha nazariy va amaliy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, sotuvni logistik modellashtirish ma’lum bir tamoyillarga amal qilinsa yetarli darajadagi samaradorlikni oshirishga olib keladi. Bn tamoyillar logistik modellashtirish deb ataladi.
Logistik modellashtirish tamoyillarini quyidagilarga bo'lish mumkin: tizimli; yaxlitlik; iyerarxiyaga oid; funksionallik; maqsadga yo'naltirilganlik; boshqaruvchanlik; adekvallik; kuzatiluvchanlik; alternativlik; komplekslilik.
Iqtisodiy xususiyatlari murakkab bo‘lgan sotuv jarayonini modellashtira oladigan eng muhim prinsip bu tizimlilik prinsipidir. Sotuv tizimi bu elementlarning erkin yig‘indisi emas, balki birbiri bilan bog‘langan, muvofiqlashgan bir yaxlitlikning qismlaridir. Bu prinsip asosida logistik model barcha umumiy maqsadga yo‘nalgan elementlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Yaxlitlilik prinsipi hcch bir tizimni tashkil etuvchi qismlarda yo‘q xususiyatlarga tizimning ega bo’lishidir. Masalan, ombor voki transport sexi yoki o‘rash sexi alohida olganda tugallangan sotish (xaridoming to‘lovga layoqatlilik talabini firma daromadini maksimallashtirib qoniqtiradigan) jarayonini amalga oshira olmaydi.
Iyerarxiyalik prinsipi alohida elementlar orasida vakolatlar taqsimlanishi bo‘yicha qarama-qarshiliklarsiz ko‘p pog'onali sotuv tizimini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu prinsipni ketmaketlikda amalga oshirish jarayonida tizimning har bir alohida bo'limlari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun usul va vositalar tanlashda mustaqillikka egadirlar.
Funksionallik prinsipi sotuv tizimining va uning har bir elementining o‘z vazifasi borligini ta’minlaydi. Aynan funksiyalar taqsimoti asosida sotuv xizmatining tashkiliy tuzilmasi kelib chiqadi, teskarisi emas. Boshqacha qilib aytganda, sotuvni logistik modellashtirishda hamma tuzilma bo‘linmalari funksiyalari aniqlanadi, keyin ma’lum bir funksiyalar yig‘indisiga moslab tuzilmaviy bo‘linmalar yaratishadi.
Maqsadga yo‘naltirilganlik prinsipi modellashtirish va sotuvning logistik modellarining ishlash jarayoni ma’Ium maqsadlarga bo‘ysunishini nazarda tutadi. Agar prinsiplami ahamiyatiga qarab joylashtirsak, bu prinsipni birinchi o'ringa qo'yish kerak bo‘lardi. Sotuv maqsadlari hech bo‘lmasa to‘rtta o‘lchamga ega bo'lishi kerak:

    • iqtisodiy maqsadlar — firma maqsadlari bilan bir xil bo‘lib, foydani aksimallashtirishga yo‘nalgan;

    • miqdoriy maqsadlar — sotuv hajmlarini osliirish, bozoming ma’Ium bir segmentida firma ulushini oshirish, mablag‘ aylanishini tezlashtirish va hokazolar;

    • sifatiy maqsadlar — xizmat ko‘rsatishning sifati, mijozlar bilan ishonchli qayta aloqa, iste’molchilaming talablarini aniq bilish va ular asosida firmaning maqsadini belgilash;

    • rivojlanish maqsadlariga tizim ichidagi xizmat maqsadlari deb qaraladi. Rivojlanmayotgan sotuv — bu qolib ketishga mahkum bo'lgan sotuv.

Ustivorlik bo‘yicha sotuv maqsadlarini quyidagilarga bo‘lish mumkin. Strategik:

    • firma imkoniyatlarini bozoming barcha segmentlarida ishlatish;

    • bozor talablarini va sotuv imkoniyatlarini hisobga oigan holda optimal sotuv; tuzilmasini ta’ininlab, doimo sotuv hajmini oshirib borish;

    • firmaning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida tovar va pul aylanish vaqtini qisqartirish;

    • to‘lovga layoqatlilik talablami toiaroq qondirish uchun kanallar tuzilmasini ratsionalizatsiya qilish (oqilona tashkil etish).

Joriy maqsadlar har bir firma uchun o‘ziga xosdir. Ular o‘z ichiga nafliroq tovar sotishni tezlashtirish, tayyor mahsulotning ortiqcha zaxiralaridan forig' bo‘lish, mavsumiy mahsulotlar savdosini muntazamlikka o‘tkazish, tovar sotuvini jonlantirish va hokazolarni oladi. Bir martalik maqsadlar kutilmaganda paydo bo‘lib, qoladigan sotuv hajmini oshirish imkoniyatiga firmaning rcaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bir martalik imkoniyatlami vaqtida ko'rib qolib, sotuv xizmatlari oldiga bir martalik maqsadlarni qo‘ya bilish kerak. Boshqaruvchanlik prinsipi deganda boshqaruv tizimining murakkabligini sotuv jarayoni boshqaruvi murakkabligiga muvofiqligi tushuniladi.
Adekvaílik prinsipi amalda o‘tayotgan sotuv jarayonlarining logistik modelida maksimal darajada aksini topishiga aytiladi.
Kuzatuvchanlik prinsipi sotuvni logistika modellashtirish o‘z ichiga rasmiy matematikdan to mavjud bo'lgan ekspert modellar ko'lamini oladi.
Alternativlik prinsipi o‘zgarib turgan sotuv kanallari va bozor konyunkturasi sharoitida alternativ sotuv tizimi mavjudligi tushuniladi.
Komplekslilik prinsipi logistika modellarda barcha elementlar o‘zi va tashqi muhit bilan o'zaro aloqasini, bir-biriga o‘tkazadigan ta’sirini muqarrar ravishda ko'rsatib turishida aks etadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling