Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»


Download 147.12 Kb.
bet4/26
Sana21.02.2023
Hajmi147.12 Kb.
#1218882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Mavzu Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja Fanning p

Ijtimoiy kompetensiyalar bu - har bir insonning kundalik hayotda duch keladigan yoshiga mos vazifalari bilan shu vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan malakalarining tengligidir (V.Slot, X.Spaniyard).
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi maqsadli, uzluksiz ma’naviy tarbiya taraqqiyotning insoniy kapitali bo’lib xizmat qilishini ko’rsatmoqda. Ya’ni tarbiyaviy qadriyatlardagi umumiylik xalq ma’naviyatini harakatlantiruvchi kuchga aylantirib, yagona maqsad yo’lida xizmat qilishga tayyorlaydi.
Fuqarolarda zamon talablariga mos fazilatlarni qaror toptirishda AQShda fuqaro tarbiyasida shaxs nimagaki erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat o’z aqli va iste’dodi bilangina yetishadi, kimgadir va nimagadir orqa qilish emas, balki o’z kuchiga tayanish, “Amerika orzusi”ga ishonch kabi fazilatlar yetakchilik qilganini ko’ramiz.
Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash - “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi vazifasini o’taydi.
Maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Muhimi, boladan umumiy ishda o’z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas’uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya ko’rgan fuqaro jamoa muammolarini o’zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi.
“Ideal yaponning fazilatlari” deb nomlangan hujjatda yapon yoshlarida 16 fazilat 4 ta guruhga bo’lib tarbiyalanadi. Bular: 1) shaxsiy sifatlar: erkinlik, o’ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo’lish, o’z hohishlarini idora qila olish, piyetet tuyg’usiga egalik; 2) oila boshlig’iga xos sifatlar: o’z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish; 3) ijtimoiy sifatlar: o’z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo’shish, ijodkorlik, milliy (ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish; 4) fuqarolik sifatlari: Vatanga sodiq bo’lish, davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo’lishni o’rgatadi.
Xitoyda Konfusiylik axloqining besh asosiy ustuni etib yaxshilik, to’g’rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlar belgilab olinadi va amal qilinadi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo’lish” g’oyasi asosida tashkil etildi. Yoshlar shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg’un tutishga o’rgatib borildi.
AQShda milliy g’oya vazifasini “amerika orzusi” (american dream) bajarmoqda. U amerika davlatining oliy qadriyatlari yig’indisi, millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi.
Ja nubiy Koreyada milliy g’oya asosida yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. Yoshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda o’rtacha koreys oilasida umumiy byudjetning 56 foizi inson kapitali uchun sarflanmoqda.
UMT konsepsiyasi o’zida dunyo pedagogik tajribasi va yutuqlaridan samarali foydalanadi.
UMT Konsepsiyasi shu paytgacha jamiyatda shakllangan qarashlarni o’zgartirishni ko’zda tutadi. Jumladan, ijtimoiy ongda «bola tarbiyasining mevasi keyin, maktabni bitirib, katta bo’lganida ko’rinadi», degan qarash bor. Bu fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki hayotda bola necha yoshda bo’lsa, shu yoshga mos implisit xulq kutiladi. Kutish oqlansa, maqtov, oqlanmasa, tanqid aytiladi.
Demak, yigit-qizlarning ma’naviyati, xulqi birdaniga yaxshi yo yomon bo’lib qolmaydi. Har bir yoshdagi bolaning xulqida fazilat yoki illatning o’sha yoshdagi darajasi namoyon bo’ladi. Har kuni bola bilib-bilmay ota-onasi yoki o’qituvchini yo xursand qiladi, yo ranjitadi. Shunday bo’lmaganida kattalar bolalarga «xushmuomala bola», «qilig’ingni to’g’rila», «mehribon qizaloq», «bezori bola», «ishyoqmas bola», «qo’rqmas bola», degan baholarni berishmas edi. Bu esa bolaning tarbiyalanganlik darajasi keyin emas, on line munosabatlarida, xulqida har kuni namoyon bo’lishini isbotlaydi.
Buni yana quyidagilarda ko’rish mumkin. Ijtimoiy rollar nazariyasiga ko’ra ijtimoiy rol bu - odamning statusi bilan belgilanib, jamiyat tomonidan kutiladigan, (ma’qullanadigan) xulq namunasidir. Shu nuqtai nazardan bolalar hayotda har kuni turli ijtimoiy rollarni bajarishadi. Avtobusda maktabga kelayotganda - yo’lovchi, uyda - o’g’il yo qiz. Aka yoki uka. Marketda non olishga borganida - xaridor. Oshxonada -xo’randa. Qarindoshlarnikida - mehmon. Mehmon kelganida - mezbon. Maktabda - o’quvchi rollarini bajaraishdi. Ana shu rollarini qay darajada bajarishi uning ijtimoiy kompetensiyalariga bog’liq. Bu esa ana shu kompetensiyalarning qanday o’rgatilganiga bog’liqdir.
Demak, maktab bolalarga faqat o’qish-yozish, sanash, fan asoslarini o’qitib qolmasdan, ularga yoshiga mos xulq kompetensiya-normalarini o’rgatib borishi kerak. Bu normalar obyektiv asosga - bolalarning yoshiga mos va dinamik - oddiydan murakkabga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Masalan, 3-sinf o’quvchisining vatanparva rligi. 8 sinf o’quvchisining mas’uliyatliligi. 11 sinf o’quvchisining mehribonligi va h.k. ana shunda bu fazilat-kompetensiyalar bolaga qo’shilib balog’atga yetadi. Bolalar fazilatidan - kattalar fazilatiga aylanadi.
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” (bundan keyin - Konsepsiya) insonparvarlik, aksiologik, praksiologik, tizimli, ifferensial, kompetentli, madaniyat va faoliyatga asoslangan yondoshuvlarga asoslanadi. Shuningdek, tarbiya jarayonida tizimlilik, uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda O’zbekiston Respublikasida go’daklar, bolalar, o’quvchi yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari-ni belgilab beradi.

Download 147.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling