Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»
Download 147.12 Kb.
|
Mavzu Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja Fanning p
O‘TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI (MAʼRUZALAR MATNI) Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni va ajdodlar ma’naviy merosining o’rni. Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Mustaqil O’zbekistonimizda islohotlar tobora keng quloch ochmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy kamoloti yosh avlodning sayi harakatlariga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. O’sib kelayotgan yosh avlodlar va ularning kelajagi Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo’ladi. Kelajak - ulg’ayib kelayotgan yoshlarnikidir. Ularning faoliyati farovon hayotimiz mezonidir. Xuddi shu ma’noda o’quvchi - yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor bermog’imiz lozim. Yoshlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchining Vatan oldidagi muqaddas burchlaridir. Lekin bu ishlarni o’qituvchi boshqara oladi, chunki o’qituvchi jamiyatimizning tayanch shaxsidir, u ota-onalarning tarbiyadagi ta’sirini yo’naltiradi va ularga ilmiy pedagogik yordam beradi. Vatanga fidokor, mustaqil fikrlovchi, masalalarni ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan yangilikka intiluvchan va istiqlol g’oyalariga sadoqatli avlodni yetkazishga qaratilgan muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etilishi, «Ta’lim to’g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» hamda «Ta’lim myassasidan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», «Ta’lim myassasi, oila, va mahalla hamkorligi konsepsiyasi»larini qabul etilishi va hayotga tadbiq etilishi ana shunday xayrli ishlardandir. Ta’lim muassasalarida xususan ta’limda tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish va ularni samarali amalga oshirish ko’p jihatdan bo’lajak mutaxassislarni maxsus tayyorgarligiga bog’liqdir. Shuning uchun hozirgi zamon mafkuraviy qarashlar asosida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiya jarayonini tashkil etishga ham nazariy, ham uslubiy ham amaliy jihatdan tayyorlashga xizmat qiladigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan kiritilgan. Download 147.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling