Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»
Download 147.12 Kb.
|
Mavzu Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja Fanning p
Fanning predmeti- o’quvchilari bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar tizimi.
Fanni o’qitish maqsadi: Bo’lajak o’qituvchilarni mustaqil Respublikamizning yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kollej yoshidagi bolalarni xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan muvaffaqiyatli tarbiyalashga tayyorlash. Fanning vazifalari: 1) kollej o’quvchilariga tarbiyaviy ishlar metodikasining pedagogik va psixologik asoslarni ochib borish; 2) ularga tarbiya jarayonida foydalaniladigan uslub va vosita, shakl va bolalarning uyushmalari ishlarini tashkil etishning eng samaralilarini yo’llarini o’rgatish; 3) o’quvchilarga hamkorlik pedagogikasi asoslari va uni tarbiya jarayonida amalda qo’llash metodikasini o’rgatish. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, o’quvchilarni barkamol avlod etib tarbiyalash quyidagi muhim manbalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ular: - qadimdan tarbiya vositasi bo’lib kelgan xalq pedagogikasi. Uning tarkibiy qismlari xalq og’zaki ijodi, xalq hunarmandchiligi, xalq tasviriy va amaliy san’ati, xalq musiqasi, teatri mazmunida xalqning tarbiyaga oid g’oyalari, tasavvurlari, orzu-istaklari, an’analari milliy qadriyatlarning boshlang’ich negizi tarzida o’z ifodasini topadi; - xalqning qadimiy turmush tarzi, axloq normalari, kelajak orzulari haqida ma’lumot beruvchi dastlabki manbalar (bitiklar); - diniy manbalar («Avesto», «Qur’on»», «Hadis»); - Sharq xalqlari milliy qadriyatlari haqida asosli bilim beruvchi Sharq mutafakkirlari madaniy merosi; - yozma badiiy ijodiyot shakllari (pandnoma, klassik va hozirgi zamon badiiy ijod namunalari); - turli xarakterdagi san’at asarlari, xalq hunarmandchiligi, badiiy-estetik an’analar, urf-odatlar, bayramlar va boshqalar. O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatiga e’tibor kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa xalqlarnikiga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar bilan tavsiflanadi. Milliy qadriyatlar- millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shakllari. Dunyoda o’ziga xos qadriyatlari bo’lmagan millat yo’q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’na-viyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl va mazmunda mavjud bo’ladi. Mahalliy qadriyatlarning yetuklari va milliy manfaatlarga moslari asta-sekin saralanib, umum milliy darajaga ko’tariladi. Milliy muhit qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini voyaga yetkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning G’arbda «Aksiologiya» fani o’rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasida o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E. Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to’g’risidagi fan yoki to’g’ridan-to’g’ri «qadriyatshunoslik» deb atash ham mumkin. Har bir fanga o’z nomini bergan asosiy tushunchalar bo’lgani kabi «qadriyat» tushunchasi ham «qadriyatshunoslik» atamasi uchun shunday asos bo’la oladi. G’arbda bu atama yunoncha «axio» (qadriyat) va «logos» (fan, ta’limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o’zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o’zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo’ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi. Qadriyat o’z tabiatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o’zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat to’g’risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar. Hozirgi zamonda ilg’or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog’li yuksaklikka ko’tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o’zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog’lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchaning mohiyatida voqelikdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ifodasi yotadi. Demak, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalar (shuningdek tabiat, ijtimoiy hodisalar, inson xatti-harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida munosabat, o’zaro ta’sir atrof-muhit bilan, insonlar bilan natijasida vujudga keladigan holatdir. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Umuminsoniy ilg’or ma’naviy g’oya va bilimdan har bir millat o’zining milliy xususiyatidan kelib chiqqan holda foydalanadi va amaliyotga tatbiq etadi. Umuminsoniy qadriyatlar negizida ma’lum millat tomonidan olg’a surilgan insonparvarlik, adolat, demokratiya, hamkorlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo’lib, ular barcha millatlar uchun hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Milliy qadriyatlar milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning paydo bo’lishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi. An’analarning kelib chiqishi tarixiga nazar solinsa, ular din hukmronlik qilgan bir davrda paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak diniy an’analar shu davr talab va ehtiyojlariga mos holda maydonga kelgan hamda asrlar davomida o’zining ba’zi bir axloqiy talablari bilan xalq uchun ma’qul bo’lib kelmoqda. Shuning uchun diniy qadriyatlarning ham aksariyatining mazmuni mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, adolat, insonparvarlik kabi g’oyalar bilan sug’orilgan bo’lib, xalqni nopoklik, oqibatsizlik, jaholat botqog’iga botish, ichkilikbozlik, zino, jabr-zulm kabilardan saqlashga xizmat qilib kelganligini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur. Uchinchidan, milliy qadriyatlar shaklan va mazmunan qanday bo’lishdan qat’iy nazar, u shu millatning madaniy mulki hisoblanadi. Ulardagi xalqning talabini, ehtiyojini qondira olmaydigan ba’zi bir belgilar o’z-o’zidan barham topa boradi. Shu boisdan milliy qadriyatlarni ilg’or yoki jaholatga boshlovchi kabi guruhlarga bo’lish mantiqqa to’g’ri emas. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar o’quvchining kundalik faoliyatida odat, an’ana tusiga kirib qolgandagina u shaxsning ma’naviy shakllanishiga bevosita ta’sir etadi. Qadriyatlarning bolalarga bo’lgan ta’siri kattalarga bo’lgan ta’siridan ancha ustun turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e’tiqodlari, odatlari qaror topgan bo’lsa, bolalarda endilikda ularning poydevori quyilayotgan bo’ladi. Bolalar, o’z tabiatiga ko’ra, ta’sirchan bo’lganliklari uchun ularga borliq va undagi voqealarning ta’siri kuchli bo’ladi. Borliqdagi voqyea-hodisalar turli-tuman bo’lganidek, qadriyatlarning shakl va mazmuni ham rang-barangdir. Mazkur qadriyatlar o’quvchi ongi va faoliyatiga o’zining umumiylik, ya’ni ularning talab va qiziqishlarini qondirish, xususiy belgilari: zaruriyligi, foydaligi, ma’qulligi bilan ta’sir etadi. Mazmunan aqliy bilish faoliyati bilan bog’liq qadriyatlar o’quvchining tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy tushunchalarini kengaytirishga dunyoqarashini shakllantirishga, bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi (ilmiy, tarixiy, lisoniy, diniy, badiiy manbalar). Bunday qadriyatlar o’quvchiga o’zbek xalqining jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasini, aqliy kamoloti dialektikasini ilmiy, badiiy asarlar orqali yetkazadi. Axloqiy qadriyatlar o’quvchining ongi va faoliyatini faollashtiradi, ish va so’z birligini ta’minlashga olib keladi. Bunday qadriyatlar jumlasiga: insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehr-muhabbat, poklik, kattalarga, ota-onaga hurmat, muhabbat, xushmuomalalik, do’stlik, saxiylik, saxovat, bolajonlik, shirin so’zlik va boshqalar kiradi. Mazkur qadriyatlar negizida jamiyatda, oilada, ta’lim muassasalarida o’quvchini yuksak insoniy fazilatlarga ongli ravishda amal qilishga undash g’oyasi yotadi. Estetik qadriyat san’at, adabiyot va xalqning badiiy-estetik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ularning mazmunini o’quvchida nafosatni, estetik hissiyotni shakllantirishni tashkil etadi. Estetik qadriyat tabiati va mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-g’oyaviy aqliy nafosat va badiiy tarzda o’quvchi ongi va faoliyatining shakllanishiga ta’sir etadi. Har qanday insoniy fazilat sub’ektning obyekt bilan hamda shaxs va jamiyatning munosabati mahsuli sifatida maydonga keladi. O’quvchi ham badiiy qadriyat bilan aloqa qilish jarayonida undan ma’naviy ozuqa oladi, hayotiy tajribasida badiiy qadriyatlarda olg’a surilgan g’oyalarga amal qiladi. Estetik qadriyatlarning mezoni olijanoblik, tashqi va ichki go’zallik, muloyimlikdan iborat. O’quvchida estetik-badiiy madaniyatni shakllantirishda badiiy, musiqa, san’at asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik, turli xarakterdagi bayramlar, an’analar, urf-odatlar, xalq o’yinlari, teatr, kino, radio, oynai jahon, matbuot asosiy vosita hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bunday vositalardan foydalanish, ularning mazmunini idrok etish, tasavvur va tafakkur qilish natijasida o’quvchining shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradi. Darsdan va guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, o’quvchilarining barkamol inson qilib shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan hisoblanadi. Sharq xalqlarining uzoq tarixga ega ta’lim-tarbiya g’oyalari, qonun-qoida va tamoyillarining mohiyatini anglab yetishda, ularning bugungi davrdagi ahamiyatini ilmiy, tarixiy asoslashda tayanch manba bo’lib xizmat qiladi. Milliy ta’lim maskanlarida tarbiya tizimini mazmunini yaratish uchun asos bo’ladi. O’quvchilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqod, qiziqish, ishonch tarbiyalanadi, ularni milliy g’urur asosida o’rganish, kelgusi avlodlarga yetkazish, sevish va asrashga ehtiyoj paydo bo’ladi. Qadimiy milliy qadriyatlarimiz tiklanadi. Chunki milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi qadriyatlarning mohiyatini har bir mavzu, har bir tarbiyaviy tadbir mazmuniga bevosita yoki bilvosita singdirilishi asosida azaldan tarbiya vositasi bo’lib kelgan qadriyatlarni mazmunan boyib, mustahkamlanib borishiga erishiladi. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 1) «TIM» «Pedagogika» fani bilan bog’liqligi juda kuchli, chunki «Pedagogika»ta’lim tarbiya jarayoning mohiyati, maqsad va vazifalari, qonuniyat va prinsiplari asosiy uslub va vosita, shakl va uyushmalari haqida tushuncha beradi. 2) «TIM» ning «Psixologiya» fani bilan aloqasi kuchlidir xususan, «Psixologiya» bolalarni tarbiyalash va o’qitish ishlarida ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, bolalarni rivojlantirish, ularning o’quv va ijtimoiy faoliyatini boshqarish asoslarini o’rganadi. 3)«TIM» ning «Falsafa», «Etika», «Estetika» «Huquq», «Iqtisodiyot» kabi ijtimoiy fanlar bilan bog’liqdir, chunki ushbu fanlar orqali o’qituvchi o’z dunyoqarashini kengaytiradi va bo’lajak o’quvchi-yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradilar.Bundan tashqari «TIM» ning yana bir necha fanlari bilan: «Tabiatshunoslik», «Tibbiy bilimlar», «Kollej gigiyenasi» va hokazo o’zaro aloqadadir. Bu tarbiya jarayonining ko’p qirraliligi, murakkablikligi, uning usul vositasining xilma xilligi tasdiqlaydi va bo’lajak o’qituvchi- tarbiyachilarga yuqori talablarni qo’yadi. Download 147.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling