Mavzu: Tarbiya jarayoning mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiyaning umumiy metodlari
Download 16.5 Kb.
|
Mavzu Tarbiya jarayoning mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyat-azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
Mavzu: Tarbiya jarayoning mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiyaning umumiy metodlari Mavzu: Tarbiya jarayoning mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiyaning umumiy metodlari.Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidirAbdulla Avloniy Reja:Tarbiyaning maqsadi, umumiy vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya metodlari tasnifi. Ijtimoiy ongning shakillantrish metodlari. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Jamoa tushunchasi. O‘quvchilar jamoasini shakillantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari. Taqdimotchi: Ko‘palova Diyora 22.5 guruh Tarbiyaning maqsadi, umumiy vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi: 1.Tarbiya maqsadining aniqligi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy - siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsadi aniq belgilab olingan edi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita bu, shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, Huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalash kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi. 2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar bilan ma’naviy ma’daniyati eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosda tarbiyachi insonning hayotiy meyor va qadriyatlarini ishlab chiqishi o‘quvchini tarbiya jarayonida faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la – to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namunalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega. 3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi inson o‘z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalarga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. 4. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi. Mazkur g‘oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos tavsifi o‘z qadr-qimmatini anglash tuyo‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur. 5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining boyitilishiga ham xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyo‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi. 6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyo‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi. Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o‘zigina ham samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida nomlari qayd etilgan tarbiyalarning nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi masalalari qiziqarli rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida tashkil etilgan pedagogik jarayonda yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibi yoki sohibasini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Axloqqa doir bilimlar jamoada odamlar xulqini tartibga soluvchi axloqiy tushunchalar, tamoyillar, talablar qoidalardan iborat. Har bir kishining o’ziga xos, ma‘lum qonun-qoidalari bo’lganidek, bola tarbiyasining ham o’ziga xos muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta‘minlaydi. Tarbiya qoidasi-pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga amal qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog’liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o’quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi qoidasi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma‘naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko’zda tutadi. Demak, tarbiyaviy ish ma‘lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiya metodlari tasnifi. Ijtimoiy ongning shakillantrish metodlari. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. 2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi. Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim. Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak? Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir. Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir. Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita ta’sir koʻrsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlangʻich usuli boʻlib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini ragʻbatlantirishni yoki toʻxtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta’minlaydi. Talab qilish usuli oʻquvchilarning koʻpgina axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda oʻziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi. Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning jamiyatimizdagina xalqning ma’naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta’sirchan usuliga aylanishi mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, oʻz koʻrsatmalari bilan oʻquvchilarning ayrim harakatlarini ragʻbatlantiradi. Oʻquv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki ragʻbatlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va loʻnda boʻlib, sezilar-sezilmas majbur qilishga oʻxshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yoʻl-yoʻriqlar shakliga ega boʻladi. Bir xillari oʻquvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim koʻnikma va malakalarini oʻzlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari oʻquvchilarning keraksiz va notoʻgʻri harakatlarini toʻxtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz oʻquvchilarning oʻquv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib boʻlmaydi. Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi, oʻz tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq, muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz. Pedagogning talablari vositasiz talablar boʻlishi mumkin, bunda tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi. http://azkurs.org Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling