Mavzu: Tarbiya Reja


Download 1.02 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1134349
Bog'liq
Mavzu Tarbiya-WPS Office

Mavzu: Tarbiya

Reja:

  • Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
  • Tarbiya metodlarining tasnifi.
  • Tarbiyaning tarkibiy qismlari.

Maqsudova Rushana
  • Tarbiya tamoyillari

Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirishdir
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Inson paydo
bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Tibbiyot
pedagogikasida tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga
muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya
jarayonida bo‘lajak shifokorda his-tuyg‘ulari va turli qobiliyatlari
rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi,
tabiatga, jamiyatga nisbatan ilmiy qarashlar tizimi va tibbiyot
sohasidagi bilimlari tarkib topadi. Tibbiy tarbiya jarayonida yoshlarda
jamiyatning shifokor shaxsiga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi.
Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – har tomonlama
ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shifokor shaxsini
shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi
va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum
maqsadga qaratilganligi bo‘lajak shifokorlarning axloqiy, ma’naviy
tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi.
Tarbiya jarayonida asosiy vazifa ta’lim – tarbiya berish, yoshlarda
bilim, ko‘nikma, malakalarni muttasil oshirib borish, ularda tafakkur,
ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan
iboratdir.
Tarbiya metodlarining tasnifi.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga
erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq Shart-Sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida
umumiy metodikani boyitadi.
Tarbiyaning tarkibiy qismlari.
Tarbiya — o ’qituvchi va o ’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o 'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tarbiyalanuvchini malum bir maqsadga muvofiq takomiHashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni bar tomonlama shakllantirish, lining xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo’naltirilgan qizg’in faoliyat jarayonidir.
Tarbiyaning tarkibiy qismlari:
  • Aqliy tarbiya
  • Axlqiy tarbiya
  • Mehnat tarbiyasi
  • Jismniy tarbiya
  • Estetik tarbiya
  • Huquqiy tarbiya
  • Ekologik tarbiya
  • Iqtisodiy tarbiya

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling