Mavzu: Tarbiyachini pedagogik kreativligi


Download 49.49 Kb.
bet9/10
Sana13.05.2023
Hajmi49.49 Kb.
#1455675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tarbiyachini pedagogik kreativligi.

XULOSA


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mashg’ulotlarni oldindan rejalashtirish, pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakillantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g’oyalarni o’ylab topishga undash, ta’lim olishga bo’lgan munosabatni o’zgartirish ularni yutuqlarga erishishga rag’batlantirishda asosiy omil bo’ladi.
Tarbiyachining ijodkor va kreativ bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, balki mashg’ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g’oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko’rishga intilishi ularda kreativ salohiyatining boyib borishiga zamin yaratadi. Tarbiyachining kreativ fikrlash ko’nikmalari ulardagi kreativlik qobiliyatini oshirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi.
Aynan mazkur ko’nikmalar ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat uchunyo’naltira olish, muammolarga nisbatan sezgirlik, intelektual qobiliyatlar, hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlar tafakkur tarzining shakillanishiga xizmat qiladi. Shuni tavsiya etamanki, har bir tarbiyachi o’zini-o’zi rivojlantirishi, o’z ustida ko’proq ishlashi, o’zini- o’zi namoyish etishi, atrof-muhitda bo’layotgan o’zgarishlardan va yangiliklardan xabardor bo’lishi, bundan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda, avvalo rejalashtirilgan bir qolipdagi mashg’ulot turlaridan vos kechib, yangilik yaratishga intiluvchanligi uning kreativ qobiliyatining yanada boyishiga zamin yaratadi. Shuni tavsiya etamanki, pedagog-tarbiyachilar doimiy izlanishda bo’lishi kerak.
Chet elning rivojlangan davlatlari ta’lim tajribasini kuzatish, o’rganishi ular bilan bevosita muloqotda bo’lishi, tajriba almashishi, bir xillikdan qochish, yangi ta’lim texnalogiyalaridan mashg’ulotlar jarayonida foydalanishi ular pedagogik jarayonning samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazarsolish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug„atlarigaasoslanib, tarbiyachining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi,alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin.
Tarbiyachining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangansharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish layoqatidir. Har bir tarbiyachi MTTdapedagogik jarayon tashilotchisi hisoblanadi va uni yaxshi va qiziqarli tashkil etish ham tarbiyachiga bog’liq jarayondir. Pedagog tarbiyachilar mashg’ulotlarga yangicha usul bilan yondashishi, kreativ g’oyalar yaratishi, yangilikka intilishi va bu bilan tarbiyalanuvchilarni mashg’ulotlarga qiziqtira olishi, ulaning ongini yangi bilimlar bilan boyitishi, o’qishga, ta’lim olishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishi, ularning eng katta yutug’i hisoblanadi.


Download 49.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling