Mavzu: Tarbiyachini pedagogik kreativligi
Download 49.49 Kb.
|
Tarbiyachini pedagogik kreativligi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi
- O‘zini o‘zi ijodiy faollashtirish
- II bob Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifa va predmeti
Kasbiy-ijodiy imkoniyat –
kasbiy kompetensiya, malakaga egalik; kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o‘zlashtirganlik; ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi; kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi–ijodkorlikning jarayon va natija sifatida obyektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko‘rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi.5 Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo‘ladigan individual xususiyati. O‘zini o‘zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki mashg‘ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. Mashg‘ulotlarda “kreativlik yo‘l haritasi”ga ko‘ra quyidagi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drapeau) sanaladi: 1. ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish; mashg‘ulotlarni qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning yechimini topishga kreativ yondashish; kutiladigan natija II bob Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifa va predmeti. O‘qitish jarayoniga innovasion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fanining pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu fanning predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Jamiyatimizning hozirgi bosqichida yosh avlodni ijtimoiy faol qilib tarbiyalash muammosi olimlar va mutaxasislar e’tiborini jalb qilmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o‘rganishni va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorgarlik masalasi, asosiy muammolar tariqasida ta’lim-tarbiya jarayonining kun tartibida turibdi. Bu muammolarga bag‘ishlab faylasuflar, pedagoglar, psixologlar va jamiyatshunos mutaxassislar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Shaxs uning kamoloti hamda ma’naviy - ahloqiy qiyofasi borasida yaratilgan asarlarda ilgari surilgan qarashlar bevosita pedagog-tarbiyachi shaxsi va uning qiyofasi mohiyatini ham yoritishga xizmat qiladi. Necha yillar davomida pedagog- tarbiyachilar shaxsiga ma’naviy - ahloqiy jihatlariga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan va yuksak talablar qo‘yilgan. Ana shunday talablar ilk yozma manba sanaluvchi, xalqimiz o‘tmishining muqaddas kitobi “Avesto”, kitobida ham o‘z aksini topgan. Chunonchi, “Avesto”ning ta’limiy va tarbiyaviy qimmati shundaki, u ko‘p asrlar davomida xalq orasidan chiqgan ustoz-ziyolilar uchun asosiy qo‘llanma sifatida yoshlarga ilmu-ma’rifatni o‘rgatish, odob-axloq fazilatlarini shakllantirishda muhim vazifani bajargan. “Avesto”da pedagogning asosiy faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga olgan: diniy va axloqiy tarbiya; jismoniy va mehnat tarbiyasi; o‘qish va yozishga o‘rgatish. Bu davrda pedagogning bilimdonligi, shaxsiy fazilatlari, ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahorati va odobiga alohida e’tibor berilgan, o‘quv-tarbiya jarayonida hayotiy misollar, ko‘rsatmali qurollar, amaliy ijro, hikoya qilish va suhbat usullaridan keng foydalanilgan. Muqaddas hadislarda ham shuningdek, sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, S.Ayniy, A.Avloniy va boshqalarning asarlarida xalqimizning turmush tarzi, madaniyati, ilg‘or ta’limiy va tarbiyaviy qarashlari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda pedagogning shaxsiy va kasbiy fazilatlari, uning burchi, vazifalari va odobi, muallimning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar haqida qimmatli fikrlar bayon qilingan. G‘arbda esa M.I.Dyachenko, L.A.Kondibovichlar, B.T.Anaev, A.V.Dmitriev, I.S.Kon, Ye.A.Klimov, N.V.Kuzmina, A.K.Markova, V.A.Kruteskiylar tadqiqot ishlari olib borganlar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Yu.N.Abdullaev, M.A.Abdullajonova, G.N.Najmiddinova, M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, Z.T.Nishonova, M.Qoplonova. B.Qodirov va boshqalarning ishlarida uzluksiz ta’lim tizimida pedagog-tarbiyachilar shaxsini kasbiy shakllantirish, pedagog madaniyatini tarbiyalash kabi masalalar yoritilgan. Inson faoliyatida faollik juda keng tushuncha bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, diniy sohalardagi xatti-xarakatni ko‘zda tutadi va insonning madaniyatlilik darajasi bilan belgilanadi.6 Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida kechayotgan tub islohotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilarida kompetentlik va kreativlik masalasini yechimini qidirishni talab qilmoqda. Download 49.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling