Mavzu: Tarbiyachini pedagogik kreativligi
Pedagogning kreativligi bolalar ijodiy rivojlanishining zarur sharti
Download 49.49 Kb.
|
Tarbiyachini pedagogik kreativligi.
2.2 Pedagogning kreativligi bolalar ijodiy rivojlanishining zarur shartiMaktabgacha ta'lim tashkiloti, kreativlik, innovasiya, interfaol, pedagogik mahorat, profeesional ta'lim-tarbiya, novator Bugungi kunda ta'lim sohasini nrivojlantirish, ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida respublikamizda bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, sohani rivojlantirish malakali kadrlar bilan ta'minlash, Mttlarni yangi zamonaviy talablar asosida qayta qurish,rekonstruksiyalash kelajagimiz bo‘lgan bolalarni mukammal ta'lim olishlari uchun sohada bir qator o‘zgarishlar, yangiliklar qilindiki, bu sohada aynan ushbu davr tub islohotlar davri bo‘ldi desak, soha davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi desak adashmagan bo‘lamiz. Maktabgacha davr bu bolada motivatsiya, o‘z o‘zini namoyon etish, o‘z-o‘zini tatbiq eta olish, nimanidir bajarish xohish istagi intilishlari rivojlanadigan ajoyib davrdir. Shuning uchun bu soha ota onalardan tortib mazkur sohaga mutasaddi bo‘lgan barchaga bolalarning ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvni talab qiladi. Kreativlik tushunchasi(lot, ing. ”kreate- yaratish, ”kreative” yaratuvchi ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilinganda “ijod” ma'nosini anglatadi. Demak, kreativlik yaratish degan ma'noni anglatar ekan, tarbiyachi pedagoglardan o‘z kasbiga ijodiy yondashish, ijodiy muhitni yarata olish, ijodkor shaxsni tarbiyalash jarayonida masalalarni nostandart usullar bilan hal qilishni bolalarga singdira olishi zarurligi nazarda tutiladi. Hozirgi zamonda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim berishda ularning ijodkorligini rivojlantirishda pedagogdan juda katta mahorat oz kasbiga nisbatan fidoiylikni ta'limga kreativ yondashishini talab etadi.Albatta, kreativlik tarbiyachi pedagogda o‘z –o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun tarbiyachi pedagog o‘z ustida tinmay ishlashi, kreativ fikrlashi, kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etishi lozim. Bundan tashqari tarbiyachi pedagog faoliyatida innovatsiyadan ma'lum bir faoliyatda shakl, metodlar muammolarni yechishdagi yangicha yondashuvlardan foydalana olishi shartdir. Yangilikni qabul qilish va uni amalga oshirishga tayyor shaxs bo‘lishi, o‘z shaxsiy amaliyotida doimiy yangilik izlaydigan novator bo‘lishi kerak. Tarbiyachi pedagogning kreativ potensialini quyidagicha belgilash mumkin: Birinchidan, maqsadli motivli yondashuv(bunda pedagogning qiziqishlari, motivlari ta'limiy faoliyatlarni tashkil etishga intilishida ko‘rinadi). Ikkinchidan, tezkor yondashuv(mantiqiy fikrlashga doir harakatlar amaliy faoliyat usullaridan foydalanishida ko‘rinadi). Uchinchidan, refleksiv baholash(bunda o‘z –o‘zini tahlil qilish o‘z o‘zini baholashda ko‘rinadi). Tarbiyachi pedagog o‘zida kreatilikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tiborini qaratmog‘i lozim: 1. O‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda nostandart usullardan foydalanish. 2. O‘zida tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish. 3. Ijodiy fikirlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga intilish yangilik yaratishga intilish. Bir qolipda fikrlamaslik. 4. Bolalarning har qanday yutuqlarini maqtashi, rag‘batlantirishi 5. Bolalarga nisbatan ijodiy yondoshish va ijodiy muhitni tashkil qilish 6. Muammoni qo‘yish yoki muammoli vaziyatni yaratish 7. Kreativ maydonni yarata olish. 8. Kreativ insonlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish. Bu kabi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirish uchun tarbiyachi pedagog o‘z ustida tinmay mehnat qilishi talab etiladi. Chunki hozirgi rivojlanish asrida eski bir qolipdagi mashg‘ulotlar zamon talablariga javob bermaydi. Zamonaviy pedagogika kreativlikni talab qiladi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tiborni qaratish zarur. 9 1) Bolalar tomonidan berilgan savollarga to‘g‘ri javob berish. Biz bilamizki, bolalarda yoshiulg‘aygan sari nazar doirasi kengayadi va ko‘rgan, eshitgan narsalari haqida ularda ko‘plab savollar tug‘iladi .Shularni hisobga olgan holda bolalarning har bir bergan savollariga e'tiborli bo‘lish va to‘liq javob berish talab qilihadi. 2) Realizm talab qilmaslik, bolaning fantaziasiga erk berish. Bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etishi uchun imkoniyat yaratish. Bola o‘zi xoxlagan tanish ertak asosida, ko‘rgan multifilmi asosida tomoshalar yaratishi mumkin. Bolalaring qiziqishlariga e'tibor qaratish. Imkon boricha ularning istaklarini qondirishga harakat qilish. Aynan tarbiyachi bolarning ijodiy rivojlanishi uchun eng yuqori imkoniyatlarni yaratgan holda materialni tanlaydi va uyshtiradi Bolalar o‘z his tuyg‘ularini ifodalashda o‘zlarini erkin sezishlari ham tarbiyachining kreativligiga va o‘z kasbiga yondashuviga bog‘liq. 3) Tarbiyachi boladagi o‘ziga xoslikni inkor qilmasligi, tashkil etilayotgan o‘yinli ta'limiy faoliyatlarga mos bolalarni muhokamaga chorlovchi fikrlashga undovchi mavzularni o‘rtaga tashlashi kerak. Ana shu jihatlarga e'tibor berilsa maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ijodkorlik yaxshi rivojlanadi. Tarbiyachi bu- faqat hamma bilan oson til topishadigan insongina emas,balki bolalarni rivojlanishi uchun eng yuqori imkoniyatlarni yaratgan holda materiallarni tanlaydigan insondir. Bolalarning kreativ, ijodiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratish, bolalar o‘z his tuyg‘ularini ifodalashda o‘zlarini erkin sezishlari tarbiyachining pedagogik mahoratiga, kreativligiga bog‘liq. Download 49.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling