Mavzu: Tarbiyada ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar va ularning ahamiyati Reja Kirish I bob tarbiyada ijtimoiy ong shakllari


Download 170 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi170 Kb.
#1634927
1   2   3   4   5   6   7   8
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.
O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, o‘z ustida ongli, tartibli ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar jamoalari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirishda samarali kechadi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish, o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etish, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasi bo‘lib, ular o‘quvchilarni tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini baholash shaxsning mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish orqali o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli. O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga еtarlicha tayyorlash mumkin. O‘z-o‘zini baholash o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv baho berish, o‘zidan qoniqishiga yordam beradi.
Izohlash tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganligidir. O‘quvchilar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltiradi: 1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash; 2) tarbiyalanuvchilarda sodir etilgan muayyan hodisa (m: sinf o‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga ongli munosabatni tarbiyalash.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, u siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi.
Munozaraning asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. Munozara uchun 5-6 ta savol tayyorlanadi. Savollar bilan ishtirokchilar oldindan tanishtiriladi. Chiqishlar jonli, erkin va qisqa bo‘lishi zarur. Pedagog ishtirokchilarga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.
4. Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining hatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usullari sanaladi. O‘qituvchi faoliyatida rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanish o‘quvchida ijobiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim amaliyotida quyidagi rag‘batlantirish turlari qo‘llaniladi.
Rag‘batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi, ketma-ket bo‘lmasligi zarur. Shuningdek, o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Jazolash shaxsning hatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydalanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Zero, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.
Ta’lim amaliyotida quyidagi jazo choralarini qo‘llash mumkin.
Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.
Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, unga hayfsan e’lon qilish mumkin.
Uyaltirish – o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va b.) oldida baho berish usuli. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim. Biroq, hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi.
Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi kerak, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo‘llashga asoslanishi, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi zarur. Jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasligi, jazo berish chog‘ida o‘quvchilar o‘z ayblarini sezmshm shart. O‘quvchilarga jamoada muhokama qilish, jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Jazo tarbiyalanuvchini jismoniy va ruhiy azoblamasligi, tahqirlamasligi, sha’nini еrga urmasligi kerak.
Tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda metodlar bilan birga tarbiyaviy ta’sirga ega usullardan ham foydalaniladi.
Ijobiy vaziyatni yanada mustahkamlovchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi (ota-ona, o‘qituvchi, mas’ul shaxs)lar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishini ta’minlaydi. Bu turdagi tarbiya usullari sifatida tarbiyalanuvchi bilan birgalikda ma’lum faoliyatni tashkil etish (o‘yinchoqlarni birga yig‘ishtirish, bolaga uning uchun murakkab sanalgan ishni bajarishda ko‘maklashish, bolani o‘ylantirayotgan muammolar bilan qiziqish, unga katta ishonch bildirib, muayyan topshiriq berish kabilarni aytish mumkin. Bu jarayonda bolaning ko‘nglini ko‘taradigan, unda o‘ziga nisbatan ishonchni hosil qildiradigan jumlalar (“Balli!”, “Barakalla!”, “Yasha!”, “Juda zo‘r! Menga senga ishongandim!”, “Bilaman, sen buni uddalaysan!”, “O‘ylaymanki, bu sen uchun qiyin emas!”, “Bu ishni birgalikda bajarishimizga nima deysan!” kabilar)ni ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Bola tomonidan biror bir ishning muvaffaqiyatli bajarilgani uchun uni rag‘batlantirish, m: kichik yoshdagi bolalar uchun shirinliklar va o‘yinchoqlar, o‘rta maktab yoshidagi bolalar uchun o‘quv qurollari yoki o‘yinchoqlar, katta yoshdagi bolalar uchun qimmatbaho bo‘lmagan, ular yoqtirgan rangdagi, rusumdagi kiyimlarni, qiziqarli kitoblarni, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda maishiy buyumlar, sovg‘a qilish tarbiya jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi samimiy munosabatni yanada mustahkamlaydi. Bolalarda ijobiy his-tuyg‘ularni shakllanishiga yordam beradi, ularni bundan-da yaxshi bo‘lishga undaydi.
Salbiy vaziyatni yanada kuchaytiruvchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va tarbiyachilar o‘rtasidagi shunday ham yomon, salbiy munosabatni yanada yomonlashtiradi. Bu kabi tarbiya usullari sirasida tarbiyalanuvchining salbiy xatti-harakatlari uchun uni koyish, do‘q-po‘pisa qilish, jazolash keng qo‘llaniladi. Ko‘pchilik ota-onalar ijobiy va salbiy vaziyatlarni kuchaytiruvchi tarbiya usullaridan ketma-ket foydalanadi. Tarbiya usullarini samarali qo‘llashda eng muhimi – vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, bola holatini tushunishga harakat qilish sanaladi. Umuman, imkon qadar salbiy vaziyatni yanada kuchaytiradigan tarbiya usullaridan foydalanmaslik ma’qul. Chunki, bu kabi usullar bolaning ota-ona, o‘qituvchilardan ko‘ngli sovishiga olib keladi. Bordi-yu, bola salbiy harakatlarni sodir etganda ham unga o‘z xatolarini anglashga imkon berish, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishini ta’minlash pedagogik jihatdan to‘g‘ri yondashish hisoblanadi.
Ayrim ota-onalar bolalarni tarbiyalashda salbiy vaziyatni kuchaytiruvchi tarbiya usullarini qo‘llashda aniq bir jazolovchi vosita: xona burchagi, “jazolovchi stul” yoki bola yolg‘iz qoldiriladigan (yo‘lakdagi yoki hovlidagi) joyni belgilab oladi. Bu еrda bola yolg‘iz qolib o‘z xatolari, kamchiliklari to‘g‘risida o‘ylab oladi. Jazo “joyi”dan ozod qilingach, bola o‘z kamchiliklarini, salbiy xatti-harakatlarini to‘g‘rilashga va’da beradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi ota-onalar esa bolaning salbiy xatti-harakatlari uchun jazo maqsadida jarimalardan foydalanadi. Bolaning noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun qo‘llaniladigan jarimalar – multfilmlarni ko‘rish, shirinliklarni iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaslik uchun taqiq bo‘lishi mumkin.
Uchinchi turdagi tarbiya usullari bola, tarbiyalanuvchini ishontiradigan suhbatlar sanaladi. Ushbu usulni qo‘llash uchun tarbiyalanuvchilarning yoshlarini chegaralab bo‘lmaydi, aksincha, bu kabi suhbatlar barcha yoshdagi balog‘atga еtmaganlar uchun birdek samarali bo‘ladi. Ishonch hosil qiladigan suhbatlarning bolani o‘z xatti-harakatlarini tushuntirishga, ular yuzasidan izoh berishga undashga xizmat qilishi muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, ota-onalar, o‘qituvchilarning kichik yoshdagi bolalar bilan suhbatlashishda “Mening o‘ylashimcha, bu ishing to‘g‘ri emas, o‘zing bu haqida nima deysan?”, “Ayt-chi, seningcha shu ishing to‘g‘rimi?”, “Agar bordi-yu, shu ishni men qilgan bo‘lsam, sen nima degan bo‘larding?”, “Agar Komil bunday qilganida sen xafa bo‘lmagan bo‘larmiding?” kabi savollar asosida bolani o‘z xatti-harakatlari yuzasidan o‘ylab ko‘rishga undash maqsadga muvofiqdir.
Bu o‘rinda bolaga uning harakatlari mazmunini anglatish bilan birga, to‘g‘ri xatti-harakat qanday bo‘lishini tushuntirish, buning natijasida atrofdagilarning qanchalik xursand bo‘lishlarini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar hech qachon samarasiz bo‘lmaydi. Biroq, suhbat chog‘ida bolaga zo‘rlik qilinsa, bosim o‘tkazilsa, bu haqidagi ma’lumotlar bolaning miyasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hatto bir necha yillar o‘tgandan keyin ham bola bu haqida o‘ylaydi.
K.D.Ushinskiyning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarni hosil qilishda pedagogik faoliyatni quyidagicha tashkil etish tarbiyalovchi xarakterga ega usullardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi:
1) tarbiya vazifalarini aniqlashtirish va o‘quvchilarda u yoki bu faoliyat turiga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish;
2) faoliyat usullarini yoritish va ularni tegishli bilimlar bilan qurollantirish (ongni rivojlantirish);
3) qo‘yilgan vazifalarni hal qilish bo‘yicha amaliy harakatlarni tashkil etish;
4) namoyish qilingan harakatlarning o‘quvchilar tomonidan dastlabki qabul qilinishini tashkillashtirish (harakatlar namunasi orqali);
5) faoliyat va xulq-atvor usullarini takomillashtirish va mustahkamlash bo‘yicha mashqlarning izchil bajarilishini ta’minlash;
6) o‘quvchilarga mashqlarni takomillashtirish yuzasidan talablar qo‘yish;
7) o‘quvchilarni ogohlantirish va ularning xulq-atvorlarini nazorat qilish.
V.A.Slasteninning tahriri ostida chop etilgan “Pedagogika” darsligi9da pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan vositaning, bir tomondan, faoliyatning turli ko‘rinishlari, ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyatda qo‘llaniladigan moddiy va ma’naviy madaniyatga oid barcha predmetlar majmui ekanligi, ko‘p holatlarda metodik usullar, hatto metodlarning o‘zini ham ta’lim va tarbiya vositalari bilan bir deb qabul qilinishi aytib o‘tiladi.
Pedagogik manbalarda kishilik faoliyatini ham tarbiya sifatida qabul qilish zarurligi e’tirof etilgan10. K.D.Ushinskiy o‘qish va mehnatni shaxs ongi, his-tuyg‘ulari va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi vosita sifatida e’tirof etadi. Pedagogning qayd etishicha, o‘yin, o‘quvchining ishi va o‘qishidan tashqari, uning hayoti – o‘rtoqlari, tarbiyachilari (o‘qituvchilar, ota-onasi)ga bo‘lgan munosabatini ham vosita deb qabul qilish mumkin.
Mehnat shaxsni tarbiyalashning eng ta’sirchan vositasidir. Zero, mehnat yordamida shaxsda ma’naviy-axloqiy va estetik his-tuyg‘ular shakllantiriladi, bilim, ishonch, e’tiqod, g‘oyalar hosil qilinadi, xarakter, iroda va boshqa sifatlar tarbiyalanadi.
Demak, tarbiyaning rag‘batlantiruvchi vositalari: maqtov so‘zlarini bayon qilish, rahmatnoma bildirish, mukofotlash kabilar bo‘lsa, jazolovchi vositalari – koyish, tanqid qilish, tanbeh berishda ishlatiladigan so‘zlar, og‘zaki hayfsan berish, yig‘ilishda muhokama qilish, boshqa sinf yoki maktabga o‘tkazish, mas’ul organ qaroriga ko‘ra ta’lim muassasasidan haydash, axloq tuzatish muassasalariga yuborish kabilar sanaladi.


Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling