Mavzu: Tarbiyada maktab, oila, mahalla va jamoatchilik xamkorligi


Download 18.56 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2023
Hajmi18.56 Kb.
#1096364
  1   2

MAVZU: Tarbiyada maktab, oila, mahalla va jamoatchilik xamkorligi.

Reja:


1. Hayotda oilaning ro`li, bola tarbiyasidagi vazifalari.

2. Oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasidagi sharqona odatlar.

3. Bola tarbiyasida ota-bobolardan kelgan xikmat, pandnomalarga amal qilish.

4. Farzand tarbiyasida ota-onalarning vazifalari.

5. Maktabning ota-onalar bilan xamkorligi shakllari.

6. Maktab, oila, mahalla va jamoatchilikning bola tarbiyasidagi xamkorligi.

Adabiyotlar:

1. Ta’lim to`g‘risida O`zbekiston Rekpublikasining qonuni.T. 298. 1997y.

2. O`rta ta’lim maktabi to`g‘risida Nizom. Xalq ta’limi 1997.1-son.

3. Pedagogika. A. Munavvarov taxriri ostida. T o`qituvchi. 1994y.

4. Munavvarov A. Oila pedagogikasi. T. o`qituvchi. 1994y.

5. Inomova M. Oila, maktab, jamoatchilikning bola tarbiyasidagi xamkorligi. Xalq ta’limi 1996y.2-kon.

6. Sattor M. O`zbek udumlari. T. Fan. 1993y.

Bolani oilada tarbiyalashning imkoniyatlari katta. Lekin biz amalda undan yetarlicha foydalana olmaymiz. Ota-onalarning vazifalari:

1. Ota-onalar o`z bolalarining ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi, o`z bolasini o`rgana bilishi lozim.

2. O`qituvchi Sinf rahbari oilada bola o`rganishni tashkil qiladi.

3. ota-onalarning oiladagi obro`si oila tarbiyasi muvoffaqiyatlarning muhim shartidir.

4. Oilada aniq kun tartibi xukm kurishi lozim.

5. Bolalarning ovqatlanishi tartibga solish muhim vazifadir.

6. Bo`sh vaktlaridan o`rinli foydalanish.

7. Mexnat jarayonini to`g‘ri tashkil qilish lozim.

8. Muktaqil o`qish uchun imkoniyat yaratiladi.

9. O`rtoqlari bilan munosabatlarini to`g‘ri tashkil qilish.

10. Oilada to`g‘ri rag‘batlantirish va jazolash.

11. Tarbiyaning barcha turlaridan unumli foydalanish.

O`zbek Xalqining milliy an’analari, madaniy kadriyatlari, Xalq ijodiyotining o`ziga xosligi, tilda o`z aksini topgan xususiyatlari, Xalq pedagogikasining ulkan tajribasi, oiladagi o`zaro munokabatlar va iqlim sharoitlari qabila roila tarbiyasida e’tibor berish kerak bo`lgan makalalardir.

Xalq pedagogikasida axloq, nafosat, mexnat tarbiyasi e’zozlanadi. o`tmishda oilada bolaga jamoada o`zini tutishi, atrofdagilarga turli munosabatda bo`lish o`rgatilgan. Bola tarbiyasida O`zbek Xalqiga xos milliy urf-odat, an’analar bilan birga xududiy xususiyatlar, bolalarning ruxiyati va qobiliyati xoxish, jinsi hisobga olingan.

O`tmishda bolalarning hayoti kattalarning, butun jamoa nazorati ostida bo`lgan. O`zbek xalq ertaklari oilada bola tarbiyasida hayot darsligi hisoblangan. Ertak qahramonlari namunasida vatanparvarlik, mexnatsevarlik, kattalarga xurmat va muhabbat, go`zallikga xavas, ezgulik, mardlik kabi go`zal fazilatlar tarbiyalangan.

O`zbek xalqi uzoq asrlik mexnat faoliyati jarayonida bilim va malakalar to`plangan. Xalq har bir oilada o`z urug‘i namoyondalariga xos xususiyatlarni shakllantirishga o`g‘lini otaga, qizini onaga O`xshash bo`lishiga e’tibor bergan. Demak irsiyat xam jismoniy, xam ma’navimy jixatdan xal qiluvchi omil bo`lgan. Demak o`tmishda bolalar oilada ota-onalari, buva va buvilari, qarindosh tug`ganlari, urug‘lari ta`sirida, nazorat shaxs sifatida shakllangan.

Ko`p asrlar davomida «Qur’oni karim» va Hadislar asosiy tarbiya vositasi bo`lgan.

O`zbek oilalarida bolalarga kattalarni xurmat qilish xissi yoshligidan shakllantiriladi. Qiz bilan murojat qilish, yaxshi ishlar uchun minnatdorchilik bildirish, kattalar ko`zini ikki qilmoqlik va x.k.

Xalq doimo baxtiyor oilani orzu qilgan-chunki u baxt kalitidir. Ota-bobolarimiz oilani muhabbatsiz tasavvur qilmaganlar. «Muhabbatsiz oila-ildizsiz daraxtdir» aqidasi asosida yashaganlar.

Xalq pedagogikada onaning-eng yuqori ijtimoiy qadriyatdir. Onalar insoniyatning asosiy me’morlaridir. Shuning uchun xam barcha shoiru fozillar, mutafakkir hadislar Qur’oni Karimda onalarni ulug‘lanadi. A.Navoiy ona haqida shunday deydi:

Onalar oyog‘i ostidadur ravzai jannatu jinoi begi

Ravza begin visolin istar ersang, bo`l onalar oyog‘i tufrog‘i.

Xalq oforizmlarida onalarning bolalarga bo`lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. «Farzandning quvonching», «Bolali uy bozor», «Bolasiz uyda baxt bo`lmaydi», «O`nta bo`lsa o`rni boshqa» kabi maqollarda farzandlar ulug‘lanadi.

Xalq donishmandligida oilada otaning roli haqidagi ibratli gaplar aytilgan. «Ota rozi-xudo rozi», «Otalar so`zi-aqlning ko`zi», «Ota g‘ayratli bo`lsa-bola ibratli bo`lar», «Ota-ona oltin kalit» kabi maqollarda otalar ulug‘lanadi. A.Navoiy bu haqda:

Boshni fido ayla ato qoshig‘a.

Jismni qil sadg`a ona boshiga.

Tun kuninga aylagali nux fosh.

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

Bolalarni go`zal tarbiya etish uchun ota-onalarning o`zlari go`zal аxloqli, tartibli bo`lishlari shartdir. Ota oila bosh tarbiyachi. Otaning namunasi katta. Otaning qalbiy namunasi bolaga yomon ta`sir ko`rsatadi. Oilaviy tarbiyada bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabati xam katta rol o`ynaydi: «Katta arava qayerdan yursak kichik arava xam shu yerdan yuradi».

Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolari qatnashadi. Bolalar tarbiyasiga yordam beradigan o`zbek udumlari tavallud beshik, oila, ismu-sharif, quloq tishlatishlar, o`yinlar, chillak, lapar va dandarop, chavg‘on, ko`plari, kurash, xashar, salo va oshk, dakturxon, taom, fotixa, libok, taqinchoqlar, yahshiliklar, navro`z, xayitlar, sovchilik, quvnoq, to`y, to`yona, gap-gashvak, ulug‘, shajara, sulola, bozor o`char, e’tiqod-qasam ichiqhlar, ont, vasiyat, irim sirimlar, sarg‘ishlar, yahshi niyat, oxirat-xudoyi, ziyorat, mushkul kushod, bibi seshanba, mavlud, xayr sadaqa, mug‘ambirlik, ibodat, xazon muallak va k.x. 1993 yil «Maxalla, maktab va oila xampokligi» konsepsiyasida oilaning bola tarbiyasidagi vazifalari tubandagicha belgilangan:

1. Oilada sog‘lom muhit bo`lishi, milliy rux va o`zbekona turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`la olishi, farzandga ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish o`zaro g‘amxo`r bo`lish.

2. Oilada tarbiyani yahshilash, oila a’zolarining huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini shakllantirish.

3. Farzandlariga chuqurl dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifiy va ma’naviy madaniyatli bo`lib yetishishlarini ta’minlash.

4. Bozor munoksbatlariga xos bo`lgan, kasb-xunar va iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish.

5. Bolalarning aqlan va jismoniy sog‘lom bo`lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhit yaratish.

6. Bolalarda mustaqil fikrlash va o`zini dunyoqarashiga ega bo`lishi bilan bir qatorda, ularda istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruxini tarbiyalash.

7. Bolalar bo`sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta’lim berish, kasb-hunar o`rgatish.

8. Farzandlarga maktab, mahalla, jamoatchilik oldidagi vazifalarni to`la ado etishga qonuniy javobgar ekanligini xis qilish.

9. Farzandlarda maktab, mahalla, jamoatchilik oldidagi vazifalarni to`la ado etishga javobgar ekanligini xis qilish.





Download 18.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling