Mavzu: Tarbiyalash koloniyalarida bo'lgan balog'atga yetmagan jazolanuvchilarning yoshlari xususiyatlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 32.43 Kb.
bet1/5
Sana11.02.2023
Hajmi32.43 Kb.
#1189973
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 54160727823897152tarbiya



Mavzu: Tarbiyalash koloniyalarida bo'lgan balog'atga yetmagan jazolanuvchilarning yoshlari xususiyatlari.

Reja:
I.Kirish.
II. Asosiy qism.

  1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosi.

  2. Tarbiyalash koloniyalaridagi balog’atga yetmagan hukm etilganlarning yoshi xususiyatlari.

  3. Voyaga yetmagan jazoga hukm qilinganlarning yosh bilan bog'liq o‘ziga xosliklari hamda tarbiyaviy muassasalarda joylashuvi.

III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
MAVZUNING DOLZARBLIGI: Mustaqil O’zbekistonimizda milliy mafkura yaratilmoqda va bu xayrli ish albatta yosh avlod ongida milliy g`urur hamda iftixor tuyg`usini vujudga keltirishni talab qiladi. Bunga erishish avvalo, tarbiyaga bog‘liqdir. Har bir inson, xususan endigina xayotga qadam qo'ygan har bir o’g‘il va qiz har qanday maqsadga erishishi avvalo o`ziga uzining sobit-qadam, g‘ayrat-shijoatiga, ishdagi fidokorligiga va mexnatsevarligiga bog'liqligini anglashi kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir. Alisher Navoiy tarbiyaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi ism keyin, ilmu adab o`rgatish, ota-onaga, umuman kattalarga xurmat xissini singdirishdan iboratligini o`qtiradi. K. D. Ushinskiyning «Pedagogika adabiyotining foydasi» nomli risolasida: «Tarbiyalash ishi, shubxasiz, insonning aqliy va ongli faoliyatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q narsadir. Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, xaqiqatni anglashni ham o’rgatadi» — deyilgan. O’zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablaglar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda.
Biz ustozni otaday ulug` deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o`qituvchi, muallim deganda o`zim uchun eng aziz va xurmatli bo`lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, - dedi davlat rahbari yigilish avvalida. - Bugungi kunda O’zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko`makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. Har bir oila, har bir bola xayoti maktab bilan bog`langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.
- Hammamiz aziz farzandlarimiz xayoti va taqdirini o`qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo’lgan bu mu’tabar zotlarga munosib xurmat-ehtirom kursatishimiz kerak, - dedi Prezident. Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Bu ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliy-madaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz. Chunki o’tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bukilmas iroda va jasorat na’munasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”-degan fikrlarni aytib o’tgan.
O`smirlik davrini inqirozli davrga aylantirib qo`yadigan sabablar juda ko`p (bolalarning jinsiy etilishi, ularda kattalik hissining paydo bo`lishi va rivojlanishi, mustaqillikka bo`lgan ehtiyojning kuchayishi va h.k.). bunday sabablarning tahliliga bag`ishlab qator maqolalar, risolalar yozish mumkin

Download 32.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling