Zarafshon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Download 0.89 Mb.
|
7-sinf Kimyo fanidan Kimyoviy element, kimyoviy belgi mavzusida ochiq dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- MENING INNOVATSION USLUBIM”
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Yuldasheva Marhabo Gopirovnaning “Kimyoviy element. Kimyoviy belgi” innovatsion uslubi asosida tashkillashtirilgan bir soatlik ochiq dars Ishlanmasi Kirish. “MENING INNOVATSION USLUBIM” “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu mo’tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak” Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonimizda texnika va texnologiyalar, raqamli kommunikatsiyalar har bir sohaga kirib bormoqda. Jumladan, ta’lim sohasida kimyo fanini o‘qitishda ham kimyo darslarini mazmunli tashkil etish, o‘qituvchidan yaratuvchanlik, ijodkorlik talab etiladi. Prezidentimiz ham o‘z nitqlarida ta’kidlaganidek , “ kimyo fanini o‘qitishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak”. Bugungi kunga qadar kimyo fanida foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘plab metodlar, uslublar, interaktiv o‘yinlar yaratilgan, ammo fanni o‘itishda yangicha yondashish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Quyida kimyo darslari jarayonida foydalanish mumkin bo`lgan “ Kimyo ertaklarda ” uslubini ko‘rsatib o‘tmoqchiman. Qadim zamonlarda insonlar shisha, sovun, bronza, spool idishlar va boshqa ko‘plab foydali jismlarni yasashni o‘rgandilar. Ba’zi tadqiqotchilar kimyo so‘zini kelib chiqishini qadimgi yunon tilidagi metall , qadimgi Xitoy tilidagi him-kim so‘zi bilan bog‘laydi. Ba’zilar esa qadimg i Misr bilan bog‘lab , Misr fani deb ataydi. Shunday qilib kimyo so‘zi zarur moddalarni ishlab chiqarish san’atini, shu jumladan, oddiy metallarni oltin va kumush yoki ularning qotishmalariga aylantirish san’atini anglatadi- deya xulosa qilingan. Eramizdan oldingi davrda modda haqidagi bilimlarning shuningdek, nazariy va amaliy tomonlari bir –biridan mustaqil ravishda rivojlangan, hunarmandchilik taraqqiy etgan. Kimyo XVII asrgacha tan olinmagan. Miloddan avvalgi III asrdan milodiy XVII asrgacha bo‘lgan davrdagi alkimyogarlari falsafa toshini, uzoq umr ko‘rish eliksirini, alkagestni (universal erituvchi) izlash, arzon metallarni oltinga aylantirish bian shug‘ullanganlar. Bunga tarafdor bo‘lmagan zamondoshlar alkimyoni tanqid qilishgan. Abu Ali ibn Sino: “Men buni imkonsiz deb hisoblayman, chunki bir metalni boshqasiga aylantirishning yo`llari yo`q”, -deb xitob qilgan. Biz bilamizki har bir ertakda bosh qahramonlar, salbiy va ijobiy obrazlardan iboratdir. Ajdodlarimizdan avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan ertaklar o‘quvchilarni kimyo darsiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. . Ushbu uslub o‘zida darsning hamma qismlarini qamrab olishi bilan o‘qituvchida ham, o‘quvchiga ham, darsni kuzatuvchiga ham qulaylik yaratadi. - Umumta’lim maktablarida kimyo darslarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning ahvoli va pedagogik shart – sharoitlarini o‘rganish; - Kimyo darslarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganish; - Kimyo darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash shakl va usullarini aniqlash; -Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ta’lim samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish; - Kimyo darslarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali dars samaradorligiga erishishga oid ilmiy – metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Har bir darsni kompitensiyaviy asoslarda olib borish, o‘quvchilarga boyitish ko‘nikmallar shakllantirgan holda kaspiy yo‘naltirishdan iborat. Fan: Kimyo Sana: Sinf: 7 –sinf Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling