Zarafshon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi


Download 0.89 Mb.
bet3/3
Sana19.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1710437
1   2   3
Bog'liq
7-sinf Kimyo fanidan Kimyoviy element, kimyoviy belgi mavzusida ochiq dars ishlanma

Dars metodi: tushuntirish, savol-javob, suhbat, grafikli masalalar, tarixiy eslatmalar, qiziqarli o‘yinlar, guruhlarda ishlash
Dars usuli: Noan’anaviy
Dars jihozi: darslik, mavzu yuzasidan slayd, ko‘rgazma, tarqatma, rasmlar, boshqotirma


Darsning rejasi:



  1. Tashkiliy qism: 4 minut

  2. O‘tilgan mavzuni takrorlash 12 minut

  3. Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 14 minut

  5. O‘quvchilarni baholash: 2 minut

  6. Uyga vazifa : 2 minut

Tashkiliy qism:



  1. Salomlashish, o‘quv qurollari, xona tozaligi, darsga tayyorgarlik ko‘rish, ma’naviy va ekologik daqiqa, yurtimizda bo‘layotgan voqea va hodisalar guruhlarga bo‘lish



O‘qituvchi: Kimyo ilmlarini eslaylik bir nafas,
Zora solaylik qalblarga uchqun
Zoraki uyg‘onsa sizlarda xavas,
Kimyoni chin dildan o‘rganmoq uchun
b)Davomat: O‘qituvchi: Navbatchiga savolim
Kimlar kelmadi bugun
Sababli yo, sababsiz Balki buni bilarsiz?
Ayting oy kun sanasin
Jalb etaylik hammani.

s) psixologik muhut yaratish:
Qadimdan ota- bobolarimiz turli xil ertaklar, rivoyatlar, hikoyalar orqali inson hayotidagi turli- tuman hayotiy kechirmalarini ranglarda ifodalagan.
Kimningdir hayoti oq-qora yana kimningdir hayoti boshqa ranglardan iborat. Yana kimlarningdir hayoti avloddan – avlodga o‘tib rivoyatlarga, ertaklarga aylanib ketgan. Biz hayotimizni yorqin va jilvakor ranglardan iborat bo‘lsin desak, avvalo o‘zimiz harakat qilishimiz kerak. Hayotimiz shundagina mazmunli bo‘ladi

d) guruhlarga bo‘lish:


O‘quvchilar ikki guruhga ajratiladi.
1-guruh: “Alkimyogarlar ”
2- guruh: “ Texnologlar ”
e) Motivatsiya daqiqasi:
Har bir o‘quvchi o‘z guruhi bilan birlashib topshiriqni jo‘shqinlik bilan a’lo darajada bajarasiz.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
Har ikkala guruhga savol beriladi va guruhlar baholanib boriladi:
“Siz yoqadigan rang, siz yoqadigan raqam, siz yoqtirgan belgi, siz yoqtirgan kimyoviy element “ davriy jadvaldagi element nomlari, belgilari, raqami, tarkibidagi proton, elektron, neytronlar soni haqida o‘zlarining bilimlariga tayangan holda ketma -ketlikda aytishadi




Element nomi

Element belgisi

Ranggi

Proton
p

Elektron
ē

Neytron
n

kislorod

О

sariq

8

8

8

vodorod

H

qizil

1

1

0

Geliy

He

qizil

2

2

2

Litiy

Li

qizil

3

3

4

Mis

Cu

Ko‘k

29

29

35

“Men birinchi” o‘yini:


Bunda guruhlardan 4 kishidan iborat a’zolar chiqib tezkor savollarga javob berishadi.

  1. Protonlar va elektronlar qanday farq qiladi?

  2. Protonlar va neytronlar orasidagi o‘xshashlik va farqlar ?

  3. Subatom zarracha….

  4. Yadro nima?

  5. Elektroneytral zarracha bu…

  6. Elektronning belgisi-…

  7. Protonning massasi nechiga teng?

  8. Neytronning massasi nechiga teng?

  9. Elektronning massasi nechiga teng?

  10. Atomda nimalar bor?

Yangi mavzu bayoni:


Atomlarning muayyan turi kimyoviy elementdir. Hozirgi kunda atomlarning 118 ta turi -118 ta element mavjud. Odam organizmi 92 ta kimyoviy element hosil qilgan birikmalar mahsulidir.
Kimyoviy birikmalarni fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa xossalarini o‘rganish olam to‘g ‘risidagi bilimlarni egallash imkonini beradi.
Koinotdagi va yer yuzidagi barcha jonli va jonsiz tabiat shu kimyoviy elementlardan tashkil topgan.
Kimyogarlar tili bilan aytganda har bir ma’lum bo‘lgan sof modda , hoh element, hoh birikma bo‘lsin o‘ziga xos nom, belgi yoki formulaga ega.
Uglerod, kalsiy, mis kabi ba’zi elementlar nomlari bir xil “C” bilan boshlanadi uglerod -“C”- carboneum Kalsiy- “Ca”- Calcium, xlor- “Cl”- chlorum , mis- “Cu”- cuprum bo‘ladi.
1813 -yilda shved kimyogari Yens Yakob Berseliusning taklifiga ko‘ra, kimyoviy belgi – elementning lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfiga keying harflaridan birini qo‘shib yozish bilan ifodalanadi.

Ayrim elementlarning inglizcha va lotincha nomlaridan olingan belgilar jadvalda keltirilgan.




Elementning inglizcha nomi

O‘zbekcha nomi

Kimyoviy belgisi

Boron

bor

B

Fluorine

ftor

F

Sulphur

oltingugurt

S




Elementning lotincha nomi

O`zbekcha nomi

Kimyoviy belgisi

Argentum

kumush

Ag

Aurum

oltin

Au

Hydrargyrum

simob

Hg

Alkimyogarlar tabiatda o‘sha paytda ma’lum bo`lgan sayyoralar soniga ko`ra bor yo‘g‘i yettita metall borligiga ishonishgan. Bu yettita metall insonning muhiti, uning ruhiy holati, haftaning kuni va makon bilan bog‘liq deb hisoblashgan, shuning uchun metallarga tegishli sayyoralarning nomlari berilgan edi.




Kimyoviy elementlarning davriy jadvaldagi tartib raqamlariga ko ‘ra elementlar belgisi yozilgan piramida tuzing.

. Mustahkamlash:




Tabiatni sevish va ardoqlash –Vatanparvarlik tarbiyasining asoslaridan biri bo‘lib, muhum axloqiy fazilat hisoblanadi.


Tabiatni sevish oiladan boshlanadi. Ayniqsa shahardan tashqaridagi oilaviy sayohatlar sizlardan tabiatni sevish va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish uchun o‘ziga xos maktab bo‘ladi.
Har bir inson tabiatni avaylashi uni ehtiyot qilish, uning shu go‘zal tabiatda va borliqda yashashi, musoffo va toza havodan nafas olishiga ko‘maklashadi.
O‘quvchilar quyida keltirilgan rasmda qaysi elementlar ishtirok etmoqda, va ularning hayot uchun qay darajada ahamiyatga ega ekanligi va tabiat haqidagi bor bilimlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashadi.

Xalq ertaklari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, unig tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir. Ularda har bir xalqning urf-odatlari, milliy o‘ziga xosligi yaqqol ko‘rinib turadi. Ertaklar og‘izdan-og‘izga o‘tib avloddan-avlodgacha yetib kelgan.


Qani o‘quvchilar kim topadi.
(Qaysi ertak qaysi xalqqa tegishli va qahramonini nomini ayting .)



O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan ertak qahramonlari haqida bir –birlari bilan fikr almashadilar.


Baholash.
Guruhlar ballari jamlanib g‘olib guruh aniqlanadi. O‘quvchilar baholanadi.


Uyga vaziga:

Mavzuni o‘qib kelish. (44-46 betlarni )




Olimlar sharafiga nomlangan kimyoviy elementlar nomi va shaharlar nomi bilan aytiluvchi elementlarni davriy jadvaldan topib yozib kelish.
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling