Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlar tasnifi
Tarbiya metodlari tasnifi
Download 32.34 Kb.
|
metodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs ongini shaklantiruvchi metodlar
Tarbiya metodlari tasnifiZamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi (N.I. Boldыrev, N.K. Goncharov, F.F. korolev va boshqalar). Mazkur holatda metodning Umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi. Hozirgi vaqtda o‘zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’ektiv va qulay metodlar qullaniladi. Ana Shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi: Shaxs ongini Shakllantiruvchi metodlar. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlari. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari. Shaxs ongini shaklantiruvchi metodlarBu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir ko’rsatish metodlari kiradi. Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish maqsadida ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi. O’quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatni ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning mohiyati o’quvchiga qo’yilgan talabni, voqyealarni, harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o’quvchilarga duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy g’ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o’z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog’langanligi, u yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklik haqida axborot beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o’quvchilarga bayroq, madhiya, konstitusiya haqida tegishli ma’lumotlar beriladi. O’quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni o’zining Vatan oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat’iy amal qilish, qonunchilik, umumbashariy axloq me’yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish tushuniladi. Download 32.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling