Mavzu: tarbiyaviy faoliyat orqali bola nutqini rivojlantirish vazifalari


Kurs ishining maqsadi: “Tarbiyaviy faoliyat orqaali bola nutqni rivojlantirish vazifalari”


Download 144.66 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi144.66 Kb.
#1478820
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TARBIYAVIY FAOLIYAT ORQALI BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI

Kurs ishining maqsadi: “Tarbiyaviy faoliyat orqaali bola nutqni rivojlantirish vazifalari” asosida umumlashtirilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari: turli yosh davrlarida nutni o’stirish vazifalari jihatidan tahlil hamda talqin etish.
-kichik maktab yosh davri bolalarining nutqini o’stirishga oid masalalari bo’yicha ommaviy axborot vositalari orqali aniq tajribalar tashkil etish va umumlashtirilgan xulosalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob’ekti: yosh davri bolalarni nutqini ostirish jarayonini o’rganish,tahlil etish.
Kurs ishining predmeti: Kichik maktab yosh davrlarida nutqni o’stirish vazifalari.
1Kurs ishining metodologik asosi: “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi,“Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, uzluksiz ta’lim bo’yicha qaror farmonlar.
Kurs ishining metodi: kuzatish, eksperement metodi, suhbat, anketa, sotsiometrik testlar va so’rovnoma.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.Tarbiyaviy faoliyat orqali bola nutqni rivojlantirish vazifalarining dolzarbligi va qonunyatlari.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so’zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o’zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko’plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda katta ahamiyatga egadir. Til-tarixiy va o’zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o’z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
Insonning yana bir o’ziga xos xususiyati, o’ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo’lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so’zlashni o’rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to’g’ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va o’zi ham so’zlashi lozim. Bu o’rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish, fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so’z yuritish mumkin.
Barcha muammolar kichik maktab yosh davri bolalarining nutqini o’stirishga doir masalalar olimlarning tadqiqot ob’ektiga aylangan. Shu nuqtai nazardan ushbu muammo bo’yicha A.B.Petrovskiy, B.B.Davidov, L.S.Vigotskiy, B.S.Badmaev kabilarning ilmiy amaliyot tadqiqotlarida o’rganilgandir. Ularning ayrimlarini ta’kidlash psixologik bilimlarning qanday darajada ahamiyatli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. E.G’oziev, M.G.Davletshin, M.V.Voxidov, V.Karimova, B,Qodirov, .Shoumarov, Z.Nishonova bugungi kunda Asqarova M. Babaeva D.R,Qodirova F. va boshqalar o’zlarining ishlarida turli ilmiy asoslar yordamida ko’rsatib o’tganlar.
Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq kichik maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadi. Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o’zaro bog’liqlikda ko’rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o’rinlidir, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o’zlashtirish va ijtimoiy o’zaro hamkorlik -o’zaro bog’liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o’rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart- sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo’yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro’y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag’batlantiruvchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko’zlagan holda pedagogik ta’sir ko’rsatishni tashkil etish kalitidir. Tarbiya nazariyasi-pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.
Kichik maktab yoshida bolalarda og’zaki nutqni o’stirish va rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasining vazifalari:
Kichik maktab yoshidagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko’ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’lini to’g’ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o’zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo’llay olinishini ta’minlash;
uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda kichik maktab yoshida bo’lganbola nutqiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag’batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni-bolalarda og’zaki nutqni,
uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko’nikmalarini shakllantirishdir .
Ilmiy tadqiqotlar va yo’nalishlar tahlili kichik maktab yoshidagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o’rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas,balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o’zaro bog’liqlikda ko’rib chiqadilar.Bolalarda nutq rivojlanishini rag’batlantiruvchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash, ushbu jarayonga aniq maqsadni ko’zlagan holda pedagogik ta’sir ko’rsatishni tashkil etish kalitidir. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo’lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko’p asrlik tajribasini o’zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin.
Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o’rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart- sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo’yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro’y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to’g’ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o’zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq 6-7yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, xissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.

Download 144.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling