Mavzu: tarbiyaviy faoliyat orqali bola nutqini rivojlantirish vazifalari


Download 144.66 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi144.66 Kb.
#1478820
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TARBIYAVIY FAOLIYAT ORQALI BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI

2. Kichik maktab yoshidagi bolalar nutqini o’stirishining umumiy shart-sharoitlari.
Kichik maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko’p jihatdan quyidagi to’g’ri hal etilishiga bog’liq:
nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o’qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo’shiqlar, hikoyalar);
ta’limning didaktik materiallarni o’zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;
ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof ob’yektlarini saralash, shunga bog’liq nutq o’stirishni rejalashtirish).
o’quv materialining mazmuni, uni o’rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o’stirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni rejalashtirmog’i zarur.
Ayniqsa, 6-7yosh bola o’z nutqidan aloqa vositasi sifatida bemalol foydalana oladigan bo’ladi, bolaning bunday xususiyatlarga ega bo’lib borishi butun psixik taraqqiyotiga va ayniqsa tafakkurning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan: bolalar tili chiqa boshlagach, dastavval o’ziga eng yaqin bo’lgan kishilar va eng ko’p ko’radigan narsalarning nomini, masalan “buva”, “opa”, “da-da”, a-da”, “ma” “ol”, “ber” kabi so’zlarni aytadilar.
Ikki yoshga to’lgan bola ko’rgan narsalarini so’z bilan ifodalab, idrok qilayotgan narsalarning ma’nosini yaxshiroq tushunadigan bo’ladi. Bola endi ayrim uzuq-yuluq so’zlardagina emas, balki sodda gaplardan foydalana boshlaydilar. Biroq bu yoshdagi bolaning tovush chiqarish apparati ham yetarlicha takomillashgani sababli uning talaffuzida ancha kamchiliklar uchraydi. U ayrim so’zlarni katta odamlardek aniq va to’g’ri talaffuz eta olmaydi. Bundan tashqari so’z boyligi yetishmasligi tufayli imo-ishoralardan foydalanadilar. Shuning uchun ayrim hollarda endi gapira boshlagan bolaning tiliga tushunish qiyin bo’ladi. Buni situativ ya’ni, ayni shu sharoit bilan bog’liq bo’lgan til deb yuritiladi. Bolaning bunday o’ziga xos tilini uning eng yaqin odami bo’lmish onasi va otasigina tushunadi. So’z boyligi orta borgach, bolaning o’ziga xos bo’lgan situativ tili haqiqiy, ya’ni hamma uchun tushunarli tilga aylanadi.
5-6-yoshidagi bolalar tafakkurining o’sishiga nutq juda katta ta’sir ko’rsatadi. Chunki, til bilan tafakkur o’zaro uzviy bog’liq jarayondir. Lekin bu yoshidagi bolalarda hali tom ma’nodagi tafakkur bo’lmaydi. Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o’ziga xos xususiyatlarga hamda aniq xarakterga egadir. Idrok qilib turgan narsalari haqidagina juda sodda tafakkur qila oladilar bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurini ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.6-7-yoshli bolalarda hali tafakkurning fikriy operatsiyalarini, ya’ni analiz, sintez, umumiylashtirish kabilarni sekin-asta ko’ramiz. Ular qo’llaridagi o’yinchoqlarini yoki qo’llariga tushib qolagn narsalarni amaliy (aylantiradilar, paypaslaydilar, buzib ko’radilar tahlil qiladi va sintez qilishga ham urinadi). Bola yangi so’zlarni mumkin qadar ko’proq bilib olib, ulardan o’z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fikrlash jarayonlarining o’sishiga yordam beradi. Bolada so’zlar vositasi bilan tahlil va sintez qilish, abstraktsiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko’rina boshlaydi .
Tafakkurning o’sishida yana bir bosqich shundan iboratki, bog’chagacha tarbiya yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalarni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Masalan, bola ko’pincha katta kishilar bilan bolalar o’rtasidagi farqni bilishga qiziqadi. U bu farqni kuzatib, taqqoslab, ko’pgina savollarga javob topadi. Natijada bola tegishli tushunchalarning ayrim belgilarini bilib oladi.5-6 yoshga to’lay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga “dadang endi barvaqt ishga ketmaydi”deyilsa, u hayron bo’lib qoladi. Chunki katta odam bo’lgan dadasining ishga bormasligi uning tushunchasiga to’g’ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar ertalab barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun u hech bir o’ylab o’tirmay, “dadam kattalar-ku!” deb javob beradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o’rgana boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib, katta, kichik, baland, past, ko’p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkurning yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bu davrning yana bir muhim jihati, bundan amaliy harakat tafakkuri ham rivojlana boshlaydi. Bunda kattalar harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qanday bajarishini o’rgatadilar: Bolani “olib kel”, “joyiga qo’y”, “rasm chiz”, “ushlab tur” kabi so’z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo’llari (“qalamni mana bunday ushla”, “ avval qo’lingga ol”, «Oldin o’ng qo’ling bilan tut”, “Rasm qalamda bo’ya, to’g’ri chiz deb) ko’rsatiladi va asta-sekin bola bu harakatlarni o’zlashtirib, bajarishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham bolada predmetli harakatni o’stirish murakkab jarayondir. Bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo’l jarayonlari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bolaning o’z hatti harakatini kattalarning harakati bilan solishtirish (onasiga o’xshatib piyolaga ko’tarish, yoki arg’imchoqni aylantirish, sakrashga intilish) va uning o’xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Qator ilmiy-psixologik manbalarda aytilishicha, shu yoshda bolalarning his-tuyulari va irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularning hammasi boladagi xudbinlik o’ziga bino qo’yish, aks ijtimoiy maylga urinish, qaysarlik, rashk kabilarda yaqqol aks etadi.N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda, bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto’ri, mensimay munosabatda bo’lishidan iboratdir.
Kichik maktab yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o’rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek bu yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, tengdoshlariga nisbatan o’jarlik qilish ba’zi ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi odamlarga ham muayyan o’qituvchi, yoki oila a’zolarining birortasiga o’jarlik qiladilar. A.N.Golubeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan.
Dastlab o’jarlik ba’zi-ba’zida ro’y beradi, lekin u hech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo’lmaydi, buning ob’ekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola xarakterining bu sifati mehrning noto’ri tarbiyaviy ta’siri oqibatida biror darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga kira boshlaydi.
Ushbu omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o’sishi davomida muayyan darajada o’zgarib boradi. Bo­laning psixikasidagi vujudga keladigan inqirozning sabablari:

  • kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini hisobga olmasligi;

  • xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishii;

  • ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini;

  • o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir.

Kattalar bolaning rayiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va men o’zimni, anglashning mahsuli tariqasida namoyon bo’ladi. D.B.Elkonin fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi sababli shunchasi xohish qatxiy, shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda «Men xohlayman», «o’zim bajaraman» kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o’zaro uzviy bolanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.
Pedagogik-psixologik manbalardan ma’lumki,bu yoshdagi bolalarni o’zlari xohlamaydigan zerikarli faoliyatga(yozishga, rasm chizishga, mehnatga, harakatli o’yinga) majbur qilish mumkin emas. Ular o’zlari xohlamagan-mashg’ulotlarda juda tez charchaydilar. Shunday mashg’ulotlarga amaliy jihatdan yondashib, yaqqollik alomatlari kiritilsa, bolalar ishga astoydil, butun vujudlari bilan kirishib ketadi. Natijada ularda shu mashulotga ijodiy munosabat vujudga keladi.
Bolalarning kattalar bilan munosabatga kirishuvining eng muhim xususiyatlaridan biri - ularning xohish-istaklarini boshqarish imkoniyati mavjudligidir. Ularni kattalarning ezgu niyatiga ko’niktirish, ota-onalar va murabbiyalar mayliga bo’ysundirish mumkinligidir; Ularning yosh davrlaridagi bir-birlardan farqi ularda nisbatan xotirjam, barqarorroq xis-tuyular mavjudligi, ularning affektiv holatlardan uzoqroqlik, nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda affektiv(jazavali) holat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik bo’lib, yaqqol harakat bilan emas, balki tasavvur obrazlari dinamikasi bilan boliq holda sodir bo’ladi.
Bola tanlagan rol undagi mavjud kechinmalarning amaliy ifodasi kabi gavdalanadi, ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to’risidagi dastlabki kechinmalar paydo bo’ladi, bolaga emotsional ta’sir etish imkoniyati tuiladi, kechinmalarni aks ettirish esa tasavvur doirasida vujudga keladi. Masalan: doktor - davolaydi, shofyor - haydaydi, sotuvchi - mol sotadi, uchuvchi - samolyotni boshqaradi, o’qituvchi - bolalarga bilim beradi va hokazo.
O’yin faoliyatida, tengdoshlari va kattalar bilan bevosita muloqotga kirishishda vaqtni, fazoni va harakatni idrok qilish malakasi takomillashib boradi, mazkur psixologik kategoriyalar sifat jihatdan yangi rivojlanchish bosqichiga ko’tarila boshlaydi.
Bolaning 7yoshida uning nutqi mazmunliroq, nutq faoliyati esa grammatik morfologik va sintaksis nuqtai- nazardan to’gri tuzilishga ega bo’la boradi. Shunga o’xshash o’zgarishlar bola atrof-muhit to’grisidagi ma’lumotlarni, axborotlarni, ilmiy bilimlar va ijtimoiy ko’nikmalarni egallashi uchun puxta zamin hozirlaydi. Shular sababli bu yoshdagi bolalar o’zining ko’rganlarini, eshitganlarini tez idrok qiladilar va eslab qoladilar, xatto ularni tushunib, ular o’z bilimdonliklarini namoyish etishga, o’zlarini shaxs sifatida ko’rsatishga harakat qiladilar. O’zining kattalar orasidagi o’rnini topish istagi, hissi «Men davri»yanada yaqqol o’stiradi.
Bolaning yangi ehtiyoj va intilishlari kattalar tomonidan g’ayri tabiiy, qabul qilinishi ular o’rtasida anglashilmovchilikni keltirib chiqaradi. Unda kattalarning ko’rsatmasi, tavsiyasi, iltimosi, buyrug’i va tazyiqiga qarshilik ko’rsatishi paydo bo’ladi. Shu tariqa shaxslararo munosabatda ziddiyatlar, ichki nizolar, psixologik inqiroz namoyon bo’ladi. Bularning barchasi «Men davri»ning hosilasi bo’lib, bola shaxs sifatida shakllanadi. Inqirozning sabablari har xil bo’ladi. Inqiroz davrida bolaning kattalarga qarshilik ko’rsatishi ham turli ko’rinishlarga ega bo’lib, ular o’tkinchi psixologik holat va hodisaga o’xshaydi, lekin oila va maktabda qiyinchiliklarni yengish jarayonida bolaning shaxsiga uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda to’gri va oqilona yondashish uni inqirozdan ruhan mutlaqo soglom olib chiqish imkonini yaratadi.
Kichik maktab yoshidagi bola ba’zan o’ziga aytilgan so’zning mohiyatini tushunmasligi, anglab yetmasligi, goho o’yinga haddan tanshari berilib ketib, kattalarning ovozini eshitmay qolishi mumkin. Bunday paytda bola­da tashqi ta’sirga yoki qo’zg’atuvchiga e’tibor berish qobiliyati yetishmasligi, bunga uning ko’tarinki yoki tushkin kayfiyati halaqit berishi mumkin. Ba’zan bola o’z o’ylari va ichki kechinmalari bilan bandligi sababli uning tashqi ta’sirga javob qaytarishi biroz kechikishi ham mumkin. U har qanday taklifni, buyruqni, hatto, iltimosni ham rad qiladi, o’ziga berilgan barcha savollarga bir maromda «yo’q», «kerakmas», «bermayman», «bilmayman» deb javob qaytaraveradi. Kattalar bilan bola o’rtasidagi munosabatning buzilishi tufayli uning xatti-harakatida o’jarlik paydo bo’ladi. Buning asosiy sababi bolada o’zining ichki kechinmalari, xis-tuygulariga bog’liq harakatlarni mustaqil bajarish istagi buzilishi, «Men» bilan bogliq butunlay yangi nuqtai nazarning vujudga kelishidir.
Yuqorida aytgannmizdek bu davrda bolaning irodasi, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari, xarakter xislatlari barqarorlashadi. Shaxsning xulqini baholash keyinchalik o’zini-o’zi baholash darajasiga yetadi. Shu davrda organizmning tez sur’atlar bilan o’sishi oqibatida bola sho’x, serg’ayrat, tinib-tinchimas, hamma narsaga qiziquvchan, harakatchan bo’lib qoladi. Undagi bu o’zgarishlar tabiiy ekanligini kattalar yaxshi bilishlari, bolalarga muomala va munosabatlarini tubdan o’zgartirishlari lozim. Bbola oldiga qo’yiladigan talablar muayyan shart va sharoitga muvofiq bo’lishi kerak Amaliy faoliyatda jismoniy va ruhiy o’zgarishlarni hisobga olmaslik kattalar bilan bolalarning o’zaro munosabatlarida qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi: bola ota-onalar va tarbiyachilarning gapiga quloq solmaydigan, topshiriqlarni bajarmaydigan, qo’rs, hech narsaga ko’nmaydigan bo’lib qoladi. .
Masalan, e ’tiborsizlik bolani qattiq iztirobga soladi, unda tanholik tuygusini, umidsizlik, begonasirash hissini vujudga keltiradi. Bular esa bolada kattalarga nis­batan ichki qarama-qarshilikni, o’zaro ziddiyatni, nizo-alomatlarini tudiradi. Ko’p hollarda bolalarni o’z mayliga o’z holiga tashlab qo’yiladi, ularga juda barvaqt erkinlik, mustaqillik beriladi, ammo bunday qilish bola shaxsini tezroq takomillashtirishga xizmat qilmaydi. Shuning uchun buni kattalar tushuntirishlari, amaliy ko’rsatmalar berishlari,bu ish harakat bilan uzviy bog’lanmasa, ko’zlangan natijaga erishiig mumkin emas. O’yin faoliyatida bola shaxsida xulq va odob malakalari asta-sekin shakllantiriladi.
Bola shaxsini shakllantirishda ularni boshlagan ishni oxiriga yetkazishga, qiyinchiliklarni yengishga, sabr-toqatga, asabiylashmaslikka, bardoshlilikka, yiidan o’zini tiyishga, ortiqcha hatti-harakat qilmaslikka o’rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bolada ijobiy ahloqiy ko’nikma va malakalar, odatlar mustaqil ishlarni bajarishga intilishda vujudga kela boshlaydi. Kattalar bolani topshiriqni qanday bajarishini nazorat qilib, qanday bajarganini ham tushuntirib berishga undashi bola nitqini tizimli o’sishida o’ziga xos omil hisoblanadi.

Download 144.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling