Mavzu: tarbiyaviy faoliyat orqali bola nutqini rivojlantirish vazifalari
Download 144.66 Kb.
|
TARBIYAVIY FAOLIYAT ORQALI BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’qib к o’rchi» didaktik o’yinini
tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
Nutqni o’stirish-bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o’rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirishiga oid o’ta murakkab va ko’p omilli jarayondir. Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir. Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko’ra bilishi va bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’llarini tanlashi shart. «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o’zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutq madaniyati - bu to’g’ri so’zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko’zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktab yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi. Kichik yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko’tarish maktabda metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Xulosa Xulosaqilish mumkinki, hozirgi paytda mamlakatimiz yoshlarining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o’sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, jahon miqyosida globallashuv jarayonlarining yosh avlod ongiga ta'sirlari va tahdidlari bu sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko’tarishimiz uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Axir yurt taqdiri yoshlar qo’lida. Ular tarbiyasiga ijobiy ma'suliyat bilan yondashish biz istayotgan “Komil inson”ni shakllanishiga zamin yaratadi. Bugun globallashuv, hayot sur'atlarining beqiyos tezlashuvi sharoitida bu kurashda ogoh bo’lgan, farzandlarining ertasini o’ylagan millat yutadi. Biz ayni mavzuni o’rganish jarayonida bolsa nutqini o’stirish jarayonida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko’rish yaxshi natijalar beradi degan xulosaga keldik: nutq organlari hamda qo’lni o’rgatish uchun nutq materialini tushunish; nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko’nikmalarni rivojlantirish, nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun kichik maktab yoshidagi bolalada xissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir; ona tiliga muhabbat tuyg’usini rivojlantirish tamoyili (bu o’rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo’llash an’anasini o’zlash tirish bo’yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi); muayyan mavzuga oid yozma nutqni og’zaki nutq bilan qiyoslash, nutqning asta-sekin boyib borishi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi, ayniqsa, bola diqqatining xususiyatlari didaktik o‘yinlarda, muammolar jarayonida o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, hikoy tinglash va qayta hikoya qilishda ko‘rinadi. Ayniqsa «O’qib кo’rchi» didaktik o’yinini O’qituvchi yoki ota-ona yozma va bosma xarflar bilan katta –katta qilib yozilgan so’zlarni ko’rsatadi.O’quvchi o’qiydilar.Tez va to’g’ri o’qigan bolalar rag’batlantiriladi.Shu kabi o’yinlar vositasida o’quvchilarning o’qish texnikasi shakllantiriladi. Bu o’yinni “Alifbe” davrida ham qo’’lash mumkin. 1-3sinf o‘quvchilari i ko‘proq bilim faoliyatini yaqqol obrazli xotiraga tayangan holda tashkil etadi. Nutqi ham izchil, ifodali, grammatik qoidalarga emas, balki miqdor va ko‘lamiga ko‘ra o‘zgalar bilan fikr almashish uchun etarli darajada shakllangan bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, bola maktabda a ruhiy zo’riqishsiz bilim olishi , o‘qib-o‘rganihida oilada ota-onaning yordami, bilim olishning asosiy omili hisoblanadi. Download 144.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling