- Tarbiyaviy ishlarning tahminiy rejasi quyidagi bob va qismlardan iboratdir: Guruh tavsiyanomasi. Rejaning bu qismida guruh to’g’risida ma’lumot, talabaning kimligi, harakteri, savodxonligi, tarbiyalanganligi butun guruhni oldinga qarab yuksalib borishi, yordamga muhtoj talabalar, to’garaklar fakul’tativ mashg’ulotlar, darsdan tashqari tashkilotlarda qatnashish, jamoada qizlar bilan o’g’il bolalar, faollar o’rtasidagi munosabat, tarbiyasi qiyin talabalar, yangi jamoat topshiriqlari, yozgi oromgohlarda qatnashish haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Tarbiyaviy masalalar. Rejaning bu qismida ta’lim va tarbiyaning eng dolzarb masalalari, tarbiyaviy ishlarning strategiya va taktikasi, guruhda tarbiyaning qaysi turiga ko’proq ehtiyoj borligi, guruh bilan birgalikda talabalarning yoshi, o’quv yurti muhiti haqidagi fikrlar joy oladi.
XULOSA
Do'stlaringiz bilan baham: |