Mavzu: Tarix o‘qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi
KO‘RGAZMALILIK METODINING ASOSIY KOMPONENTLARI
Download 272.73 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-mavzu
KO‘RGAZMALILIK METODINING ASOSIY KOMPONENTLARI
3) ta’limning amaliy metodi (kontur xarita to‘ldirish, mashq bajarish, o‘quv topshiriqlarini ѐzma tayѐrlash). Amaliy metod. Ta’limning amaliy metodida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri bolalar oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi: Amaliy metodning quyidagi turlari mavjud: 1. Laboratoriya tajribasida turli o‘quv topshiriqlarni amalda bajarish. O‘quvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi, chizgich, sirkul va boshqalardan foydalanib, chizish, qirqish, yelimlash, o‘lchash kabi ishlarni bajaradilar. 2. Mashq – o‘rganilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘lidir. Mashq vositasida turli malakalar – intellektual va aqliy malakalar tarkib toptiriladi. Bilish (anglash) faoliyatining bosqichlariga ko‘ra metodlar quyidagi turlarga ajrtiladi: (Ularni rivojlantiruvchi ta’limning asosiy yo‘nalishlariga ham kiritadilar) - tushuntirish, namoyish etish, illustrativ tushuntirish; -Ko‘rgazmali qurollar -Nomoddi Moddiy -Dars jaraѐnida so‘z orqali ѐdga tushiriladigan -Tasvirlangan ko‘rgazmali ќurollar -Eshitiladigan -Audio-vizual Texnika vositalaridan foydalanish uchun slayd plenkaga chizilgan chizma, sxema, model grafik va boshqalar Oddiy ѐki magnitli doskaga chizilgan jadval, sxema, grafik, qiyin so‘zlar va boshqalar. Avvaldan chizib, tayѐrlab qo‘yilgan plakatlar, sxema, jadval, diagramma va boshqalar Magnito fon, plastinka, kompakt disk va boshqalar O‘quv filmi, kompakt diskka ѐzilgan ma’ruza matnlari, testlar, masala, mashqlar va hokazo reproduktiv (tayѐr bilim berish); - muammoli ta’lim; - qisman izlanish (evristik); - ilmiy-tadqiqotchilik metodlari. Tushuntirish, namoyish etish metodi - uning asosiy vazifasi o‘quvchilarning axborotni o‘zlashtirishini tashkil etishdir. Bu faoliyat shundan iboratki, o‘qituvchi tayѐr axborotni turli vositalar bilan beradi, o‘quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O‘qituvchi axborot berishni og‘zaki, darslik va qo‘shimcha qo‘llanmalardagi iboralar, ko‘rsatmali qurollar va h.k. ѐrdamida amalga oshiradi. Reproduktiv metod - namunaga qarab o‘quv materialini o‘zlashtirish metodidir. Har qanday materialni baѐn qilishda ѐki bu materialni tezroq tushunish uchun (darsliklarda beriladi) tayѐr yechib ko‘rsatilgan metodik nuqtai nazardan qulay mashqlar berilishi hozir odatga aylangan. Bunday mashqlar o‘rganilgandan so‘ng boshqa namunaga o‘xshamagan lekin namunaga qarab yechilishi mumkin bo‘lgan mashqlar tushuniladi. Mashqlar (savollar) namunadagi ya’ni reproduktiv usuldagi o‘zlashtirishga mo‘ljallangan o‘quv materiali bo‘lsa, bularni namuna bilan bir xil turdagi o‘quv materiali deyiladi. Bu metod bilan har qanday materialni o‘rganish qulay va materialni o‘zlashtirishdagi dastlabki qadamlar bo‘ladi. Lekin bu usulda olingan bilim o‘quvchining esida turmaydi, ya’ni olingan bilim mustahkam bo‘lmaydi. Reproduktiv metodda bilimlarni o‘zlashtirish darajalari bir xil bo‘ladi. Reproduktiv metod - o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni egallashi, shu bilan birgalikda bilimlarning o‘zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o‘qituvchi topiriqlar tizimi orqali ularning o‘zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. O‘qituvchi topshiriqlar beradi, o‘quvchilar esa topshiriqlarni namuna asosida yechadilar. Muammoli ta’lim metodlari - o‘quvchilar fanning turli sohalaridan kengroq ma’lumot o‘rganishi, o‘zlashtirishi bilan birga haѐtga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirish kerak. Ana shu maqsadda o‘qitishni o‘quvchilarning u ѐki bu shakldagi ta’limiy faoliyati tadqiqodni eslatadigan, o‘quvchilar uchun "kashfiѐtlar" bilan tugaydigan, ya’ni mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish zarur. Muammoli ta’lim masalalari bo‘yicha juda ko‘p pedagog olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Masalan, Yu.K. Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov va boshqa olimlar. Izlanishli metod (evristika) - o‘quvchilarni asta sѐkin muammolarni hal etishga yaqinlashtirish uchun avvalo tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga o‘rgatish, ularda asta-sekin ko‘nikma xosil qilish zarur. Ushbu metodning muxim tomoni shuki, unda o‘qituvchi muammoli masalani kichik muammolarga ajratadi, o‘quvchilar esa ana shu muammoni birgalashib bajaradi. Ilmiy tadqiqotchilik metodida ma’ruzalar, ma’lumot ѐki hisobotlar, referatlar, mustaqil ishlar, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarni tayѐrlashda qo‘l keladi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo‘llanishini ta’minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jaraѐnida mazkur metodlarni izlash jaraѐnida mazkur metodlarni va ularning qo‘llanishini o‘zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarni shakllantiradi, to‘rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiѐjni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotchilik metodi – o‘z navbatida quyidagi muayyan o‘quv topshiriqlarini bajarishda qo‘llaniladi: 1. Hujjatlar, tarixiy ѐzma manbalar bilan ishlashda; 2. Surat, illustrasiyalar bilan ishlashda; 3. Atlas, xaritalar bilan ishlashda; 4. Jadval, chizma, diagrammalar bilan ishlashda; 5. Moddiy (arxeologik) manbalar bilan ishlashda. Ta’lim metodlari va usullari Keyingi yillarda, ta’lim tizimi amaliѐtida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydigan o‘qitish va o‘rganishning samarali usullari ishlab chiqildi.Hikoya, monolog, dialog, suhbat Syujetli hikoya, tahliliy, syujetli rasmlar, ifodalab berish Bosma-matn (matn+so‘z) Hujjatlarni tahlil qilish, asosiy tushunchalarni ѐzib, ular ichidan murakkab tushunchalarni ajratib olish. Download 272.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling