Mavzu: Tarix va falsafa mushtarakligi
Download 175.04 Kb.
|
Tarix va falsafa mushtarakligi.
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.XVIII asrga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aqlni ustun qoʻyadi. XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.Sharqda “Tarix falsafasi” tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.
Download 175.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling