Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar


TARKIBIDA XINOLIZIDIN HOSILASIGA KIRUVCHI ALKALOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR AFSONAK (TERMOPSIS) YERUSTKI QISMI VA URUG‘I — HERBA ET SEMINA THERMOPSIDIS


Download 34.87 Kb.
bet6/13
Sana18.10.2023
Hajmi34.87 Kb.
#1707382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahs-fayllar.org

TARKIBIDA XINOLIZIDIN HOSILASIGA KIRUVCHI ALKALOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR AFSONAK (TERMOPSIS) YERUSTKI QISMI VA URUG‘I — HERBA ET SEMINA THERMOPSIDIS

O‘simlikning nomi. Nishtarsimon (lansetsimon) afsonak (termopsis) — Thermopsis lanceolata R.Br., ketma-ket gulli afsonak (termopsis) — Thermopsis alterniflora Rgl. et Schmalch., Turkiston afsonagi (termopsisi) — Thermopsis turkestanica Gand., dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga kiradi (35-rangli rasm). Nishtarsimon (lansetsimon) afsonak (termopsis) ko‘p yillik, bo‘yi 10—40 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. lldizpoyasi uzun, kam ildizli bo‘lib, undan tik o‘suvchi, shoxlanmagan yoki kashoxlangan bir nechta poya o‘sib chiqadi. Bargi panjasimon uch plastinkali bo‘lib, qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari sariq, shingilga to‘plangan, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Mevasi —cho‘ziq, pishganda ochiladigan dukkak. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi. Turkiston afsonagi (termopsisi) nishtarsimon afsonakdan bo‘yining balandligi, sershoxligi, bargining tor lansetsimon bo‘lishi, mevasining yoysimon bir tomonga qayrilganligi bilan farq qiladi.

Turkiston termopsisining mevasi mayda tuklar bilan (oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi), lansetsimon termopsisniki esa uzun tuklar bilan qoplangan. Ketma-ket gulli afsonak barglarini cho‘ziq-elliðssimon, yondosh barglarini va gullarini yirik hamda mevalarini cho‘ziqelliðssimon bo‘lishi va uni yuqori qismida uzun, ingichka holda onalik ustunchasini saqlanib qolishi bilan afsonakni boshqa turlaridan farq qiladi. Afsonakning bu turi ham yirik (poyasining balandligi 50—70 sm) va serbargli. Barglari to‘q yashil rangli. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyun-iyulda yetiladi. Afsonakning hamma turlari zaharli o‘simlikdir! Geografik tarqalishi. Nishtarsimon afsonak qora, sho‘r tuproqli hamda qumli yerlarda, tog‘ bag‘irlarida, mayda shag‘alli qiyalarda, begona o‘t sifatida bug‘doyzorlar orasida o‘sadi. Asosan, Sibirning cho‘l va o‘rmon-cho‘l zonasida, Qozog‘istonda, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismida va O‘rta Osiyoda uchraydi. Mahsulot Qirg‘izistonda, Rossiyaning Chita va Irkutsk viloyatlarida, Krasnoyarsk o‘lkasi va Buryatiyada tayyorlanadi.


Download 34.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling