Mavzu: tarkibida oshlovchi modda saqlovchi o’simliklar (ravoch,otquloq, anjabor-geran, )O’rganish. Ishning maqsadi


Download 277.82 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi277.82 Kb.
#1010250
Bog'liq
MAVZU 2 AMALIY FOYDALI O\'SIMLIKLAR


MAVZU:TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDA SAQLOVCHI O’SIMLIKLAR (RAVOCH,OTQULOQ, ANJABOR-GERAN, )O’RGANISH.
ISHNING MAQSADI: TALABALARNI TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI O’SIMLIKLAR BILAN TANISHTIRISH.O’SIMLIKLARNI MUHOFAZA QILISHGA O’RGATISH .
KERAKLI JIHOZLAR: GERBARIYLAR ,OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI O’SIMLIKLARNING RASMLARI,LENIYKA, YANGI QAZIB OLINGAN O’SIMLIKLAR.O’SIMLIKLARNING GUL.MEVA VA URUG’LARI,O’SIMLIKLARDAN TAYYORLANGAN DORILAR,
ISH TARTIBI: oshlovchi moddali oʻsimliklar — tarkibida sanoat miqyosida foydalanish uchun yetarli miqdorda oshlovchi moddalar (tannidlar) boʻlgan oʻsimliklar. Oshlovchi moddalar poʻstloq, barg, yogʻoch va mevalar, asosan, ildiz xujayralarining parenximali vakuolalarida toʻplanadi. Tarkibidagi tannin miqdoriga qarab yuqori tanninli (tarkibida tannidlar —20% dan koʻp); oʻrtacha tanninli (12—20% gacha), kam tanninli oʻsimliklar (12% dan kam boʻlgan) guruhlariga ajratiladi. T.oʻ. ning koʻpchiligi tropik mintakalarda, Janubiy Osiyo, Janubiy Amerika, Avstraliyada uchraydi. Oʻzbekistonda oshlovchi moddalarga boy boʻlgan usimliklar: eman, kashtan, qoraqaragʻay, tilogʻoch, otquloq, anor, rovoch, akatsiya, tol, tut, kermak (boʻyoqchoʻp) oʻsadi. T.oʻ. ning 1 gektar plantatsiyasidan 0,5 t gacha oshlovchi moddalar olish mumkin.
Otquloq (Rumex) — torondoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 16 turi mavjud. Shulardan ekma. Otquloq, shovul, jingalak Otquloq (R. crispus L.), qizgʻish Otquloq (R. conglomerates Murr.), Suriya Otqulogʻi (R. syriacus Meisn.), Drobov Otqulogʻi (R. drobovii Korov.) uchraydi. Ildizi oʻq ildiz, yoʻgʻon, poyasi koʻp qirrali, boʻgʻimli, yuqori qismi kamshox. Ildiz oldi barglari uzun bandli, barg plastinkasining tubi oʻqsimon (nayzasimon), uchburchak-tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, poyasidagisi choʻziq-nashtarsimon, poya boʻgʻimlarida ketma-ket oʻrnashgan. Gullari bir jinsli, mayda, toʻpguli roʻvaksimon. May oyidan sentabrgacha gullab urugʻlaydi. Mevasi 3 qirrali yongʻoqcha. Otquloq. nam yerlarda, oʻtloqlarda, togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Tibbiyotda dorivor O., mayda bargli O. yoki shovul va oddiy Otquloqdan foydalaniladi. O. S, V va boshqa vitaminlarga boy boʻlganligi sababli ovqatga ishlatiladi. Otquloq va chinor barg sathi katta oʻsimliklar hisoblanadi.[1]

  1. Xoletsistit, jigar funktsiyasi anomaliyasi. Oksalat jigar va o't ishlab chiqarish jarayonini rag'batlantirish, boy hrizofanovoy kislota qoldiradi.

  2. Ichak muammolari. Shu hrizofanovaya kislotasi samarali ich qutilish mumkin. Lekin taninlar o'simliklar ba'zi holatlar diareya saqlab.

  3. Qon ketishi. Otquloq qon to'xtatish ajoyib ish qoldiradi. Ular jarohat tashqi qo'llanilishi mumkin, va agar ichki qon ketishi yaxshi damlamalar mavjud shaklida og'zaki olinadi.

  4. Chipqon, dermatitlar. Zavodning noyob sharbati teri davolash uchun javob beradi: u oshqozon yarasi tezlashtiradi va resorpsiyonunu chipqon. otquloq sharbati va dermatit yordam beradi.

  5. Hayz va menopozlu sindromlar. Fors olimi Abu Ali ibn Sino o'z og'riq va farovon kamaytirish uchun hayz oldin bir necha kun davomida oksalat suvi foydalanishni tavsiya etadi. menopozal alomatlar, tashvish kamaytirish va menopoz yoqimsiz belgilari ko'p bartaraf davolash uchun javob beradi, masalan, aralashmalarni.

achigan uchun uskunalar kabi, ich uchun, shuningdek, bir chora bir osh qoshiq 3 marta, bir kun ichish zarur yaxshi otquloq sharbati, deb. Bundan tashqari, kursida normallashtirish uchun zavodining rizomlar bir kaynatma foydalanishingiz mumkin. osh qoshiq maydalangan o'tlar issiq suv (250 ml) to'kib va yarim soat uchun qaynatiladi; bulyon standart retsept asosida tayyorlangan keyin, tanglikni turib, bir chorak chempionatni kuniga 3 marta ichish.
Rovoch, rivoch (Rheum) — torondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Asosan, Osiyoda oʻsadigan 50 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi yovvoyi holda oʻsadi. Dehqonchilikda sabzavot P. (R. undulatum) turi Yevropa mamlakatlari, AQSH, Xitoy, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Ildizi yoʻgʻon, sertarmoq, ildizpoyali. Poyasi tik, boʻyi 2 m gacha boradi. Bargi yirik, oddiy, bandi uzun (1,5 m gacha), sersuv, nordon, yeyishli, limon va olma kislotasiga boy. Gullari mayda, toʻpguli roʻvaksimon. Gultojbargi 6 ta, oqishpushti yoki qizil. Mevasi 3 qirrali, qizilqoʻngʻir pistacha. Barg bandi koʻklamdan boshlab isteʼmol qilinadi, undan souslar, kompot, kisel, murabbo, konfet, kvas tayyorlashda foydalaniladi. Ayrim turlarining ildizi qadimdan oshlovchi modda sifatida ishlatiladi. Ildizi va ildizpoyasi tarkibida 3—6% antraglikozid, 6—12% oshlovchi b. moddalar bor. Panjasimon P. (R. palmatum) dorivor oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Iddizidan tayyorlangan preparatlar (kukun, damlama va nastoykalar) surunkali kabziyat hollarida surgi sifatida ishlatiladi. R. urugʻi, koʻchati va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Ekilganidan keyin 2yildan barg bandi olib ishlatiladi. Hosildorligi 6—7yili 250—400 s/ga. [
Turkiyalik kardiolog Janan Karatay rovoch o‘simligini dunyodagi eng foydali mahsulot deya atagan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, rovoch shakar miqdori va qon bosimini me’yorlashtirishga ko‘maklashadi hamda Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi.

Rovoch ko‘kati jigar, qalqonsimon bez va miyaga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Rovochni tuxum bilan pishiring, shunda dunyodagi eng sog‘lom va foydali taomga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, o‘simlik antioksidant, vitaminlarga boy. Jumladan S vitaminiga ham”, – deydi shifokor.

Rovochda A vitaminlari, V, S, Ye v K guruhi vitaminlari ko‘p bo‘lib u oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi va terini qayta tiklaydi.
Anjabor (Geranium collinumG. rectum) – yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, romb-simon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkish-pushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23–54% tannin (oshlovchi) va boshqa moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va me’da kasalliklarini davolashda foydalaniladi. A. teri oshlashda ham qoʻllaniladi.



Karmak (kermek) – Limonium meyeri. Kermekdoshlar (peumbaginaceae) oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 40-80 sm. Ildizi yo’g’on, barglari odatda ildiz bo’g’zida, qisman gulbandining eng pastki qismida joylashgan. Daryo uzani, sho’rlangan yerlar, sho’rxok tuproqlar va sug’oriladigan ekinzorlarda o’sadi. Kermeklar Lolium eng ko’p sonli turlarga ega turkumlardan. Uning 130 dan ortiq turi asosan O’rta yer dengizi floristik viloyatida tarqalgan. Kermek inson ehtiborini o’ziga jalb etgan oshlovchi o’simliklardan. Uning oshlovchi modda olinadigan ildizi u qadar uzun emas, tuproq sathidan 30-40 sm chuqurlikka qadar chuqurlashadi. Kermek iyul-avgust oyida gullab, sentabr oyida meva hosil qiladi. Mevasi Oktabr oyida pishib yetiladi. Kermekni bir tubida 1-2 poya, 2-12 ga qadar bargi bo’ladi. O’simlikning balandligi 35 sm, ildiz bo’g’zidan chiqqan barglar ancha uzun 15-20 sm ga qadar. Gul hosil qiladigan generativ poyasining bo’yi odatda 100-120 sm ga qadar. Olib borilgan kimyoviy analizlarning natijasiga qaraganda, tabiiy muhitda tarqalgan kermek tarkibida 18,7 % dan 21,1 % ga qadar oshlovchi tannid moddasi bor (CHevrenidi S.X 1965). Uning bargi tarkibida 3-5 % ildizi tarkibida esa 18-20 %tannid mavjud bo’lib, bu o’simlik teri oshlash, jun chit va shoyi matolarga rang buyoq berishda qo’llaniladi. Bu o’simlik Qashqadaryo vohasining cho’l zonasida, sho’r tuproqlarda tarqalgan bo’lib, ildizi tarkibida tannidning miqdori tuproq tarkibidagi turlarning miqdori bilan bog’liq. Kermekni oshlovchi moddalari terini elastiklik holatini oshiradi. SHu sababli bu o’simlikdan olinadigan oyoq kiyimlarni ostki qismi –tagravni oshlash uchun qo’llaniladi. Madaniylashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ko’rsatishicha (Toshkent botanika instituti A.Azimov 1965 y) kermek urug’i va ildiz tachkilari yordamida ko’payadi. Ildizi orqali ko’paytirilgan kermek ikkinchi yil gullagan va uning ildiz tarkibidagi tannidning miqdori 13-15 % ga teng ekanligi aniqlangan. Umuman olganda kermek sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan o’simliklardan, ammo tabiiy holdagi o’sish zahiralari keskin kamayib bormoqda. SHu sababli bu o’simlikni madaniylashtirish yo’li bilan uni inson xujumidan saqlab qolish zarur muammolardan. Oshlovchi moddali daraxt va butalar. O’zbekistonda oshlovchi moddalarga boy bo’lgan daraxt va butalardan: eman, kashtan, qoraqarag’ay, tilog’och, anor, akatsiya, tol, tut, o’sadi

SAVOLLAR
1.O’simlikning hayotiy shakli
2.Ildiz sestemasi
3.Poyaning tuzilishi
2.Bargning tuzilishi
4. Bargning poyada joylashishi
5.Gulining tuzilishi
6.Mevasining tuzilishi
7.Tupgulning tuzilishi
8.O’rug’ining tuzilishi
9.Xalq xo’jaligidagi ahamiyati
O’rganib chiqqan o’simliklarni rasmini chizib, qismlarini,organlarini, raqamlab, nomlarini yozib qo’ying.
Download 277.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling