Mavzu: Tarmoq xavfsizligi. Dasturiy va apparat taminot xavfsizligi


Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish


Download 1 Mb.
bet3/6
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1335602
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
011-20 guruh Tulqunov Fazliddin

Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish
Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari quyidagilardir:
1. Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga mustahkam parolь bilan kirishni talab eting.
2. Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va shifrlashning operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal shakllaridan foydalaning.
3. Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan foydalaning. Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl ekanligini tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun zarur.
4. Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying.
5. Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs himoyasidan flydalaning.
6. Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum marta kira olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik siyosatini o‘rnating.
7. Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini o‘rnating.
8. Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning.
9. Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash texnologiyalaridan foydalaning.
Mavjud tarmoqlar
Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, deylik. Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, Internet orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi tomonidan ochib ko‘rish mumkin.
Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan uzoqdan ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun kirgan. Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus serverga o‘tib ketdi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling