Yana bir davr kelur tozavu xvash,
Ittifoq ahlidek asru dilkash.
Misoldan ko’rinib turibdiki, xatqofiyalarda tovush jihatidan oxangdoshlik yo’q, ammo, yozuv jihatidan o’xshashlik bor.
Mukarrar qofiya
Mukarrar takror demakdir. Bu takrorlangan qofiyadir. Uning mohiyati misradagi qofiyadosh so’z takrorlangan holatda keladi. Ikki bir xil so’zga boshqa ularga ohangdosh ikki boshqa so’z takrori qofiyadosh bo’lib keladi. Mukarrar qofiya huddi ridfga o’hshaydi, biroq, unday emasligini namunalardan ko’ramiz:
Dilimda g’ussa-g’am bisyoru bisyor’
Harobot shavqiyu xummoru- xummor.
Na qilsun menda tasbeh, ey yaqinlar,
Bu hirqam ostida zunnoru-zunnor.
Bayt Nizomiy Ganjaviy she’ri tarjimasidan.
Boshqa shoirlar ijodida ham mukarrar qofiya san’ati bilan ziynatlangan ajoyib g’azallar bor. Mukarrar qofiya san’atining she’rdagi hizmati, u huddi ridf singari she’r ohangdoshligini oshirib, xushjaranglilikni kuchaytiradi. Ridfdagi so’z takrori she’r bo’ylab oxrigacha davom etadi, mukarrar qofiya esa misrada qoladi.
Ichki qofiya
Ichki qofiya misra va bayt ichidagi qofiya hisoblanib, ya’ni asosiy qofiyadan tashqari baytda ichki qofiya ham bo’lishi mumkin. Masalan: ichki qofiya baytni to’rt bo’lakka, misrani ikki qismga bo’ladi va undan so’ng baytda asosiy qofiya keladi. Ana shu to’rt bo’lakning uch bo’lagi ohridagi ohangdosh so’zlar ichki qofiya bo’ladi.
Qoshing chu bayram oyidur, jahon husnung gadoyidur,
Quling Sayfi Saroyidur, bukun ul sun hayroni.
Yuqoridagi baytda “hayroni” so’zi asosiy qofiya namunasi bo’lib, undan oldingi uch qism oxridagi oyidur gadoyidur Saroyidur so’zlari ichki qofiyalardir.
Boshqofiya san’ati
Mumtoz shoirlar san’atkorlik qilib, qofiya tuzilishlarini anchaga ko’paytirganlar. Bulardan biri boshqofiyadir, bu qofiyaning misra boshiga chiqib olish san’atidir.
Boshqoviya odatda ruboyilarda ko’proq uchraydi’ deb o’ylar edek. Bunday misollar namunasi anchagina:
Do'stlaringiz bilan baham: |