Mavzu: tashkiliy hujjatlar guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, ustav,, shartnoma. Mundarija


Download 57 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi57 Kb.
#1011296
1   2   3   4
Bog'liq
2 TASHKILIY HUJJATLAR GUVOHNOMA, YO‘RIQNOMA, NIZOM, USTAV, , SHARTNOMA

2.3.Shartnoma
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan.
Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq boMishi kerak.
Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
1.Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar).
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi).
4. Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar
vakillarining to'liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi.
5. Shartnoma matni.
6. Tomonlaming huquqiy manzillari.
7. Tomonlarning imzolari va muhrlari.
Shartnoma matni ko'pincha rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar esa bandlarga bo‘linadi hamda ular arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Matnda tomonlar bajarish lozim boMgan shartlar va boshqa majburiyatlar aniq bayon qilinadi. Ba'zi shartnomalarda keltiriladigan zararlami to‘lash shartlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo'yicha kelishib olganlaridan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi.
Uning mazmuni va shartlari 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilab berilgan. Muassasalar bilan ulaming hisobida turmaydigan shaxslar o‘rtasida ham ma’lum mehnat munosabatlari o‘rnatilishi mumkin. Ba'zi hollarda ma'lum cheklangan muddatda bajariladigan xizmatni muayyan muassasaning o‘zidan bajaradigan xizmatchi bo'lmay qoladi. Shunday hollarda chetda taklif qilingan mutaxassis bilan mehnat bitimi tuziladi.
Bitimning zaruriy qismlari:
1. Hujjat nomi.
2. Tuzilgan sana va joy.
3. Mehnat bitimi, tuzayotgan tomonlarning to‘la va aniq nomi, ishlovchining lavozimi, to‘liq ism-sharifi.
4. Bitim mazmuni.
5. Ishni bajarish muddati va bajaruvchiga to'lanadigan ish haqining umumiy miqdori.
6. Ish sifatiga qo‘yiladigan talablar va uni qabul qilib olsh tartibi.
7. Bajaruvchiga haq toMash muddati va tartibi.
8. Tomonlaming manzillari.
9. Tomonlaming imzolari.
10. Muassasa muhri.
Shunday shartnomalar borki, ular notarial idoralar tomonidan iqlanishi shart. Bunday shartnomalar mazmun jihatidan turlicha boMadi day shartonomalar fuqarolar o'rtasidagi mulkiy munosabatlami tartibga di.


Xulosa
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada kеng ko`lamda ishlar olib borilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, milliy ma'naviyat ona tili bilan bеvosita bog`liqdir. Chunki xalqning tabiati, ruhiyati uning tilida aks etadi.
Kishi o`z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun til uslublaridan xabardor bo`lishi, oddiy so`zlashuvdan tashqari rasmiy ish qog`ozlarini rasmiylashtirish qoidalarini ham bilishi kеrak. Chunki u kim bo`lishidan qat'iy nazar hayotda turli-tuman ish qog`ozlari yozishga to`g`ri kеladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishni tashkil qilishda hujjatlarning ahamiyati katta. Ular mеhnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar matnini tuzish rahbarlik faoliyatida muhim jarayon bo`lib, bu jarayonni oqilona tashkil etmasdan turib, boshqaruv madaniyatini yuksaltirib bo`lmaydi. Taraqqiyot esa boshqaruv madaniyati darajasiga bog`liqdir. Shuning uchun zamonaviy boshliq ish yuritish malakasiga ega bo`lishi zarur.
Ushbu ko`rsatmalar mana shu talablardan kеlib chiqqan holda ishlab chiqildi. Ularda eng muhim ish qog`ozlari, ularning yuritilishi, rasmiylashtirilishi aks ettirildi.
Har bir mavzu bo`yicha dastlab nazariy ma'lumotlar, so`ngra mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, mustaqil tarzda bajarilishi zarur bo`lgan ish turlari, foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar ro`yxati bеrildi.
Uslubiy ko`rsatmalar O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2006-yil 18-iyulda tasdiqlangan namunaviy dastur, AndMII Ilmiy kеngashining 2006-yil 29-avgustdagi yig`ilishida ma'qullangan muvaqqat namunaviy dastur, AndMII «Iqtisodiyot» fakultеti kеngashida 2006-yil 28-avgustda ma'qullangan ishchi dastur, M.Alimov va boshqalarning 2000-yilda «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi» davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chiqarilgan «Ish yuritish» amaliy qo`llanmasi asosida tuzildi.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling