Mavzu: Tashkilot risklarini baholash va tahlil qilish Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur Tekshirdi: Ganiyev A. A toshkent 2023 Ishdan maqsad


Download 110.95 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi110.95 Kb.
#1501627
1   2   3   4
Bog'liq
11-amaliy ish AXXBK

Fizik xavfsizlik
Bulardan tashqari, tashkilotning veb-sahifasi, lokal yoki global tarmog‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, veb-sahifaga ma’lumotlarni kiritish tartibini, veb-sahifaga, lokal-global tarmoqqa bo‘ladigan turli xujumlardan himoyalanish va tizimda to‘laqonli axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma, lokal -global tarmoqqa kirish va foydalanish uchun ruxsat berish tartibi, lokal va global tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash hamda uning doimiy monitoringi bo‘yicha yo‘riqnoma kabi me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqishlishi ham tavsiya etiladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, tashkilotlarda axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan hujjat namunalarining asosiylari keltirilgan bo‘lib, faqatgina ushbu keltirib o‘tgan hujjatlar ro‘yxati bilangina chegaralinib qolinmasligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Balki, tashkilotning ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan, uning faoliyat turiga qarab va boshqa omillarga asoslangan hamda mahalliy qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga asoslangan va zid kelmagan holda, bu kabi hujjatlar to‘ldirilishi, qo‘shimchalar qo‘shilishi, yangi me’yoriy hujjatlar bilan boyitilishi mumkin.
Gazeta tahririyati riskini baholash.



Tahdidlar

Vujudga
kelish
ehtimoli.

Amalga
oshiriladigan
zarar.

Xavf.


Tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalr tufayli hujjatlarga zarar yetishi.



4

2

8

Hodimlarning tasodifiy hatolari.

3

3

9

Tizimdagi nosozliklar .

3

2

6

Mijozlarning beparvoligi.

6

4

24

Shartnoma tuzish qiyinligi.

3

2

6

Hujjatlar almashishi.

1

4

4

Qalbaki hujjatlar .



4

5

20

Ishchilar sudxo`rligi.

1

2

2

Xavflar yig`indisi.







79

Risk - bu aktiv yoki aktivlar guruhining zaifliklaridan foydalangan holda tahdidni amalga oshirish natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin boʼlgan zarar. Risk voqea va uning oqibatlari ehtimolligi yigʼindisi sifatida belgilanadi.
Risklar tahlili - bu xavf omillarini aniqlash va ularning ahamiyatini baholash jarayoni boʼlib, istalmagan hodisalarning roʼy berishi va maqsadlariga erishishiga salbiy taʼsir koʼrsatish. Risklarni tahlil qilish, baholash va ularni kamaytirish yoki u bilan bogʼliq salbiy taʼsirlarni yumshatish usullarini oʼz ichiga oladi. Yaʼni Resurslarga berilgan baholar, tahdidlar va zaifliklar asosida risklar darajasini (oʼlchovlarini) aniqlash va hisoblash.
Risklarni tahlil qilishning maqsadi potentsial sheriklarga loyihada ishtirok etishning maqsadga muvofiqligi toʼgʼrisida qaror qabul qilish va mumkin boʼlgan moliyaviy yoʼqotishlardan himoya qilish choralarini ishlab chiqish uchun zarur maʼlumotlarni berishdir.
Risk tahlilini quyidagi turlarga boʼlish mumkin:
- sifat;
- miqdoriy.
Sifat tahlili risk turlari, hosil boʼlish omillarini aniqlash vazifasini bajaradi.
Risklarning miqdoriy tahlili individual xavflar va umuman loyihaning xavfini aniqlash imkoniyatini yaratishi kerak.
Risklarni boshqarish xavflarni maqbul darajaga tushirish uchun qarshi choralarni aniqlash va tanlashdan iborat.
Riskni baholashning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
mavjud xatarlarning maqbulligi;
• birinchi navbatda kamaytirish kerak boʼlgan, qabul qilinishi mumkin boʼlmagan xatarlarni aniqlash;
• qabul qilinishi mumkin boʼlmagan xavflarni kamaytirish uchun iqtisodiy maqsadga muvofiq boʼlgan himoya choralarini aniqlash.



|



Download 110.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling