Mavzu: Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati
Download 127.42 Kb.
|
Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiy-hozir.org
Eksportni boshqarish
Mamlakatimizda eksportni qo’llab quvvatlashga qaratilgan siyosat olib borilmoqda, bu siyosat haqida to’xtalishdan avval esa eksport operatsiyalarini tashkil qilish asoslari haqida to’xtalib o’tamiz: Birinchi navbatda eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun litsenziya berish tartibi bilan to’xtalib o’tamiz. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi №UP-1871 sonli qaroriga asosan eksport operatsiyalariga litsenziya berish bekor qilingan. Ayrim davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar bundan mustasno bo’lib ularga alohida litsenziya olish talab qilinadi. Bunday mahsulotlar tarkibiga harbiy qurollar, ularning ehtiyot qismlari, qimmatbaho toshlar, ulardan ishlangan buyumlar, uran va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Shuningdek ushbu qarorda mamlakatimiz hududidan eksport qilish cheklangan mahsulotlar ro’yhati ham joy olgan. Bunday mahsulotlar tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: bug’doy, makkajo’xori, guruch mahsulotlari hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlar, un, yirik va mayda shoxli mollar va ularning go’sht mahsulotlari, charmli terilar va hokazo. Bundan asosiy maqsad shundan iboratki bu mahsulotlar birinchi navbatda mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha mustaqilligini ta’minlasa yana ayrimlari ishlab chiqarishda bevosita ishlatilishi mumkin bo’lgan mahsulotlardir. Shuningdek olib chiqib ketilayotgan tovarlarning minimal hajmi va summasi o’rnatilmagan. Olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz soliqlarini solish hamda mahsulotlarning bojxona narxini aniqlash qonun bilan asoslab qo’yilgan. Tashqi savdo siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan yana biri shundan iboratki, ekportga tayyor mahsulotlarni olib chiqish, ular turini diversifikatsiya qilish, bu borada ichki ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish, ularga berilayotgan ssuda foizlarini kamaytirish, soliq imtiyozlari berishdan iboratdir. Bu bilan esa ichki mahsulotlar tannarxini kamaytirish, ularning sifatini oshirish bir so’z bilan aytganda esa jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqishdan iboratdir. Mahsulot turini diversifikatsiya qilish o’z navbatida ma’lum bir mahsulotlarga qaram bo’lib qolmaslikni, shuningdek ichki iqtisodiyotda juda ko’p tarmoqlar rivojiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz tashqi savdoni rag’batlantirish, jahon bozoriga integratsiyalashuv jarayonlarini kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama shartnomalar imzolash, eksport hamda tashqi savdo geografiyasini o’zgartirish bo’yicha ham faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tashqi savdo siyosati natijalari haqida to’xtalamiz va uning tashqi siyosatimiz bilan aloqadorligi to’g’risida mantiqiy xulosalar berishga harakat qilamiz. Download 127.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling