Tashqi savdo siyosatining natijalari
Ushbu ishimiz mobaynida tashqi savdo siyosati natijalarini uch xil yo’nalish bo’yicha tahlil qilishga urinib ko’ramiz:
i.
tashqi savdo hajmi va uning tarkibi o’zgarishi
ii.
eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibining o’zgarishi
iii.
tashqi savdo geografiyasining o’zgarishi
Tashqi savdo dinamikasi mamlakatda olib borilayotgan tashqi savdo siyosatining natijasi hisoblanadi. Ishimiz davomida mustaqillik yillarida qayd etilgan eksport hamda import hajmining o’sishi, tashqi savdo balansi qoldig’ini tahlil qilamiz.
Ushbu diagramma 2019-2020-yillarda tashqi savdo dinamikasi o’zgarishini ko’rsatib beradi. Unga ko’ra bu yillar davomida eksport hamda import hajmi juda katta sur’atlar bilan o’sdi, eksport o’sish sur’atlari importnikiga qaraganda tezroq bo’ldi, natijada mamlakatda to’lov balansi profitsitga ega bo’ldi, bu o’z navbatida mamlakatning oltin-valyuta zahiralari oshishiga hamda tashqi qarzlar miqdorining kamayishiga asos yaratdi.
Tashqi savdo dinamikasi4
Endi mustaqillik yillarida, aniqrog’I 2019-2020 yillar davomida eksport hajmi o’zgarishi dinamikasini tahlil qilamiz.
Tashqi savdo aylanmasi, eksport, saldo5
Ushbu grafikdan ko’rishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo aylanmasi hamda eksport may-avgust oylarida o’sish tendensiyasiga ega bo’ldi. Keyinchalik bu ko’rsatkichlar 2020-yilgacha kamayish xarakteriga ega bo’ldi, bunga asosiy sabab quyidagilardan iborat:
Janubiy-sharqiy Osiyoda kuzatilgan iqtisodiy krizis O’zbekiston tashqi savdosiga ham salbiy ta’sirga ega bo’ldi. Ayni paytda bu regiondagi davlatlar bizning eng asosiy savdo hamkorlarimizdan hisoblanishadi.
2020-yildan boshlab tashqi savdoni boshqarish darajasi ortdi, avvalo birinchi navbatda import hajmini cheklashga qaratilgan savdo siyosati olib borildi. Bu siyosat valyuta konvertatsiyasidagi to’siqlar orqali tashkil qilinishi import hajmini kamaytirdi. Grafikka yaxshi e’tibor bersak aynan 1996-yildan boshlab savdo balansida musbat saldoga erisha boshladik. 2002-yilda konvertatsiya muammosi olib tashlangani, hamda eksportni rag’batlantiruvchi tashqi siyosat natijasida tashqi savdo hajmi, import va eksport hajmi o’sishda davom etmoqda. Tashqi savdo balansi musbatligi saqlanib qolmoqda va uning qiymati oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |