Mavzu: Tasirlash qonunlari


Download 4.88 Mb.
Sana30.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1734498
Bog'liq
Tasirlash qonunlari

Mavzu: Tasirlash qonunlari

  • Hozirgi vaqtda qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda sodir bo`ladigan elektr hodisalarni o‘rganish uchun mikroelektrodlardan keng foydalaniladi. Mikroelektrod tok o‘tkazuvchi eritmaga toidirilgan uchi juda ingichka (0,5 mkm) shisha pipetka bo`lib, yakka nerv hujayrasi yoki yakka nerv va muskul tolalari ichiga kiritilishi mumkin. Bu biologik ob‘yektlarda mavjud bo`lgan yoki ta‘sirlanganda yuzaga chiqadigan elektr potensiallar elektr kuchaytirgichlar yordamida ko‘p marta kuchaytirilib, ossillograflarda kuzatiladi va qayd qilinadi.
  • MEMBRANA POTENSIALLARI
  • Hozirgacha mikroelektrodlar usulida tekshirilgan barcha hayvon va o‘simlik hujayralarining tashqi membranasining elektr qutblanganligi aniqlandi. Bu membrananing ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Buning isboti uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha kerakli jihozlarni tayyorlash kerak. Mikroelektrod hujayra yoki tola membranasining tashqi yuzasida bo`lganida, potensiallar farqi qayd qilinmaydi. Mikroburama yordamida membranani teshib, mikroelektrod uchini hujayra ichiga kiritilganda, ossillograf manfiy zaryad borligini ko‘rsatadi. Demak, qo‘zg‘aluvchan to‘qima tinch holatda bo`lganida membrananing ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Tinch holatda bo`lgan nerv hujayrasi va tolalarining membrana potensiali taxminan –70 mV. Bu potensiallar farqi membrananing tinchlik potensiali (MTP) deyiladi.
  • Hujayra membranasining qutblanish sabablari aniqlangan. Buni tushunish uchun membrana tuzilishini, ba‘zi bir xossalarini va hujayra ichidagi hamda tashqarisidagi suyuqliklarning ion tarkibini ko‘rib chiqish kerak.
  • Elektron mikroskop yordamida olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, hujayra membranasi juda yupqa, biroq yetarli darajada mustahkam parda. Qalinligi 5-10 nm, lipidlar, oqsillar, mukopolisaxaridlardan tuzilgan. Membrana kalavasini (asosini) ikki qavat lipidlar molekulalari tashkil qiladi. Bu lipid molekulalar orasida o‘rnashgan oqsil molekulalari suv va ionlarni o‘tkazuvchi kanallarni hamda ion nasoslarni shakllantiradi. Lipid qavatning tashqi yuzasida joylashgan mukopolisaxaridlar retseptorlar (muayyan moddalarni ―tayanib‖, ular bilan birikishga ixtisoslashgan molekulalar) rolini bajaradi. To‘xtovsiz yangilanish jarayonida membranalarning ba‘zi bir xossalari o‘zgarishi mumkin.
  • IONLAR NASOSI VA FAOL O’TKAZISH
  • Membrananing tashqi yuzasida musbat zaryadlar ko‘payishi kaliyning tashqariga chiqishiga to‘sqinlik qiladi, bu ionning hujayra ichida qolishini ta‘minlaydi. Kaliy kationlarining hujayra ichida, natriyning esa tashqarida ko‘p bo`lishini ta‘minlab turadigan boshqa mexanizm ham bor. Bu membrananing natriy-kaliy nasosidir. Membranadagi Na,K- ATF-aza fermenti bu nasosning asosiy qismi. Nasos faoliyati uchun zarur bo`lgan energiya ATF parchalanganda ajraladi
  • Nasos kaliyni to‘qima suyuqligidan protoplazmaga, natriyni esa ichkaridan tashqariga chiqarib turadi. Ikkala ionning harakati ular kam bo`lgan suyuqlikdan ko‘p bo`lgan suyuqlikka qaratilgan yoki bu harakat konsetratsion gradiyentga qarshi. Shuning uchun jarayon energiya sarfiga muhtoj. Nasos faoliyati uchun energiyadan tashqari kaliy va natriy kerak. Uning tarkibidagi makromolekulalarga (tashuvchilarga) tashqaridan kaliy, ichkaridan natriy birikmasa, nasos ishlarnaydi. Ionlarning konsetratsion gradiyentga qarshi ko‘chirilishi faol o‘tkazish deyiladi.
  • LOKAL (MAHALLIY) JAVOB VA DEPOLYARIZATSIYANING KRITIK DARAJASI
  • Agar nerv tolasiga qisqa vaqt davomida kuchsiz elektr toki ta‘sir ettirilsa, tola ichidagi elektrod tinchlik potensialining sal o‘zgarganini qayd qiladi. Bu elektrotonik potensialdir. O‘zgarmas elektr toki bilan nerv tolasiga ta‘sir etilganda membrana potensialining o‘zgarishi katod (manfiy elektrod) va anod (musbat elektrod) atroflarida turlicha bo`ladi. Tok ulanganda sirtdan o‘rnatilgan katod tagida depolyarizatsiya kelib chiqadi, bu o‘zgarish katelektroton deyiladi. Shu vaqtning o‘zida anod ostida giperpolyarizatsiya, ya‘ni anelektroton ro‘y beradi. Kuchsiz o‘zgarmas tok ta‘sirida membranada vujudga keladigan katelektrotonik va anelektrotonik o‘zgarishlar sof fizik tabiatga ega bo`lganidan ular potensialning sust (passiv) o‘zgarishlari deyiladi. Ammo bu sust o‘zgarishlar membrana qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir etadi: katelektrotonga uchragan qismida qo‘zg‘aluvchanlik oshadi, anelektrotondagi sohani qo‘zg‘atish qiyinlashadi.
  • Elektr toki kuchi ozroq oshirilsa, bo‘sag‘adan past ta‘sirlash samarasi kuzatiladi: katelektrotonik potensialga yana oz miqdorda depolyarizatsiya qo‘shilib, mahaalliy (lokal) javob shakllanadi. Membrana potensialining bu tarzda o‘zgarishi tarqoq emas, shuning uchun u lokal javob, deb atalgan. Lokal javobning miqdori kritik darajaga yetsa, harakat potensiali vujudga keladi. Ko‘pchilik tolalar uchun membrena potensialining – 70-80 mV dan –50 mV gacha kamayishi kritik daraja hisoblannadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling