Мавзу: тасвирий санъат дарси материалларини бошқа фан материаллари билан боғликлиги


Download 103.33 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.33 Kb.
#1521516
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tasviriy sa\'nat darslarida fanlararo aloqalari.


MUNDARIJA:

KIRISH
1. Tasviriy san`at darsi materiallarini boshqa fan materiallari
2.Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tasviriy san`at darslarini o`qitish usullari.
3.Tasviriy san`at va amaliy san`at o`qitish bo`yicha ilg`or rassom-pedagoglarning ish faoliyati bilan tanishtirish
4.Tasviriy san`at asarlarini olib borishda o`qituvchining oldiga qo`yiladigan talablar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Kirish
Tasviriy san`at darsligining samaradorligini oshirish yo`llaridan biri har bir dars materialini maktabda o`tiladigan boshqa fan materiallariga bog`lab o`tishdir. Rasm darslarining geometriya, mehnat, geografiya fanlari bog`lanishi ma`lum. Ko`p yillik tajriba va o`tkaztlayotgan darslar shuni ko`rsatdiki, tasviriy san`at predmeti darslari yuqoridagi fanlardan tashqari fanlardan maktabda o`qitiladigan juda ko`p tabiiy va gumanitar harakterdagi o`quv predmetlari bilan ham bevosita bog`lanadi. Maktabda o`quv pedmetlarini o`zaro bog`lab tushuntirish o`quvchilarning bu fanlarni o`zlashtirishni, albatta asoslantiradi. Rasm o`qituvchisi o`z fanini nazariy jihatdan puxta bilish bilan birga dars olib borishning metodik prinsiplarini ham chuqur bilgandagina tasviriy san`at darsini boshqa fanlar bilan bog`lab o`ta oladi.
Predmetlararo bog`lanish darsining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini juda ko`p pedagog olimlar o`z asarlarida ta`kidlab o`tgan edilar. Jumladan, ulug` chex pedagogi Yag Amos Komenskiy: "Buyuk didaktika" kitobida "O`zaro bog`liq narsalarning hammasini doimo birgalikda o`rganish lozim",- degan edi.
Predmetlararo bog`lanish dars materialini tushunarli qilib izoxlashda boshqa o`quv materiallaridan ijodiy foydalanish demakdir.
Chunki maktabda o`qitilayotgan barcha o`quv predmetlari obyektiv borliqni va uning elementlarini o`rganadi.
Ximiya narsalarning ximiyaviy xolatini esa fizika fani o`rganadi va hakozo. Barcha fanlar bir bo`lib o`quvchida narsalar-voqealar haqida to`la bo`lim hosil qiladi. Shunday ekan, fanlar bir-birga qanchalik yaqin bo`lsa o`quvchilarning tushunishi shuncha osonlashadi, ular ba`zi fanlari emas, balki barcha fanlarni birday o`zlashtirishga harakat qiladi. Masalan, tasviriy san`at programmasida "Qush turkumiga qarab rasmni chizish temasi bo`lib, bu sinfda o`qitiladigan o`quv predmetlari o`quvchilarga qush va parrandlar haqida ma`lumot bermaydi". Shuning uchun tasviriy san`at o`qituvchisi bu darsga tayyorlanayotganda maktabning zoologiya va geografiya o`qituvchisi bilan suxbatlashib undan kerakli maslahat materiallar olishi lozim. Shundan so`ng o`qituvchi biologiya kabinetidagi qushlarning skelet va tulumlaridan, qushlar tasvirlangan ko`rgazma plakatlaridan foydalanib, dars konspektini yozadi. Agar biologiya kabinetida qushlar tasviri tushirilgan diafilm, yoki slaydalar bo`lsa, uni o`quvchilarga namoyish qilish kerak. Tasviriy san`at darslarida ko`pincha meva va sabzavodlar rasmini chizdiriladi. Bu darslarda albatta albatta yoki natyurmortlardan foydalaniladi. Bu temalarning taxlil darslari botanika faniga bog`lab olib boriladi.
Har bir fan o`qituvchisi bir necha fan o`quv pragrammasida bir narsa, bir obyekt, bir voqeani o`rganish mumkin. Ammo ular aslo bir-birlarini takrorlamaydilar, chunki har bir fan shu materialni narsalarni yoki obyektni o`z nuqtai nazaridan tekshiradi va o`rganadi.
Demak, biron bir asarni tahlil qilish darsini maqsadga muvofiq o`tish uchun o`qituvchi tarix, geografiya, adabiyot muzika kabi o`quv predmetlari bilan aloqa bog`lashi maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun fan o`qituvchilari bir-birlarining bitta tema bo`yicha o`tiladigan materiallarini yaxshi bilishlari va materiallariga o`z materiallarini bog`lash lozim. Agar o`qituvchi o`zi o`qitayotgan temaning boshqa o`quv predmetida ham o`rganilishini bilmasa va uning materiallari bo`yicha ma`lumotga ega bo`lmasa, u o`z materialini atroflicha tushuntirib bera olmaydilar.
Masalan: tasviriy san`at kabinetining 8 martga bag`ishlangan devoriy gazetasini chiqarish uchun o`quvchilar bu gazetaning bezatilishiga bilib qolmay, yer sharini "onalik" simvolini "tinchlik" simvolini xotin-qizlar kuni haqidagi tarixiy ma`lumotlarni ham bilib oladilar. Chunki tasviriy san`at o`qituvchisichizilishi lozim bo`lgan narsa yoki xodisalar haqida suxbat o`tkazib, bu suxbatda tasvirlanishi lozim bo`lgan barcha elementlarni, ularni tasvirlash yo`llarini, tasvirlashda asosan nimalarga e`tibor berish kerakligini tushuntirib beradi.


Download 103.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling