Mavzu: tasviriy san'atning tur va janrlari


Download 114.5 Kb.
bet1/7
Sana28.01.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1135238
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODLARI VA MONITORINGI kurs ishi


O`QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODLARI VA MONITORINGI


I.Kirish


II.Asosiy qism



    1. Axborot texnologiyalar asosida zamonaviy o`qitish




    1. Interfaol ta’lim metodlari




    1. Baholashning zamonaviy metodlari




    1. Bolalar bilan ishlash monitoringi



III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mamlakatimiz 1991 yil mustaqillikka erishgandan boshlab ta’limning rivojlantirish maslasining eng asosiy masala sifatida qaraldi. Buning natijasida 1992 yil “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. Bu qonunga asosan O‘zbekistonda ta’limning yo‘lga qo‘yishdagi dastlabki qadam qo‘yildi. 1991 yil avgustda O‘zbekistonda “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari” qabul qilindi.


Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev qaroriga asosan mamlakatimizda umumta’lim maktablarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash boshlandi va shuningdek,ko’plab yangi maktablar qurildi. Hozirgi kunda maktablarda o’quvchilarni bilim olishlari uchun yaxshi sharoitlar yaratib berildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekistondagi ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim 1—11-sinflarni o‘z ichiga oladi. O‘rta-maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.

  • Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.

  • O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

  • O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling