Mavzu: Tavakkalchilikni boshqarish muqobil usullari va yondashuvlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Tavakkalchilikni boshqarish usullarini tanlash


Download 151.5 Kb.
bet2/4
Sana04.01.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1078292
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish

Tavakkalchilikni boshqarish usullarini tanlash



Natijalarni tahlil etish va baholash

1-chizma. Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish jarayoni

2. Tavakkalchilikni muqobil baholash usullari


Tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonida asosiy e’tibor uni baholashga qaratiladi.
Tavakkalchilikni baholash – uning darajasini miqdoriy yoki sifat o‘lchamlari bilan aniqlashdir.
Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:

    • Statistik usul;

    • Ekspert usuli;

    • Analitik usul;

    • Kombinatsiyalashtirilgan usul.

Statistik usulda subyektning va tarmoqdagi boshqa turdosh subyektlarning bir necha yillik faoliyati davomida yuz bergan tavakkalchilik hodisalari hamda ularning ta’sirida ko‘rilgan zararlarning darajasi o‘rganib chiqiladi.
Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.
Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o‘yinlari va eo‘timollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilikning darajasiga baho beriladi.
Kombinatsiyalashtirilgan usul yuqorida keltirilgan barcha usullarni yoki ulardan bir nechtasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligini hal qilish jarayonida tadbirkor oldida mavjud usullardan birini, ya’ni talabga javob beradiganini tanlash masalasi ko‘ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha holatlarni tahlil qilib chiqishi kerak. Tadbirkorlik tavakkalchiligini baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasiga va ular hal qilayotgan holatga bog‘liq.
O‘z faoliyati uchun ma’qul bo‘lgan tavakkalchilik darajasi, qoida bo‘yicha, aktivlar va xususiy kapitalning qiymati, pul oqimlarining miqdori, to‘lovga qobillik darajasi, sof foyda va rentabellik kabi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi.
Tavakkalchilikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, jiddiy zarar tuyodiradigan va o‘ta xavfli darajalari mavjud bo‘ladi.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlarning miqdori subyektning haqiqatda erishgan sof foydasi miqdoridan oshib ketmagani ma’qul.
Jiddiy zarar tuyodiradigan tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlarning miqdori subyektning sof foydasidan yuqori, ammo, joriy likvidlikni ta’minlaydigan aktivlarining qiymatidan oshib ketmasligi lozim.
O‘ta xavfli tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlar subyektning joriy likvidligini ta’minlaydigan aktivlarining qiymatidan oshib, xususiy kapitaliga tenglashishi ham mumkin. O‘ta xavfli tavakkalchilik oqibatida korxonaning bankrotlikka uchrash ehtimoli vujudga keladi.
Ko‘rilgan zararning miqdori korxonaning xususiy kapitalidan ortib ketganda (Zararning miqdori > Xususiy kapital) korxona to‘lovga qobilligini yo‘qotadi va so‘zsiz bankrot deb e’lon qilinadi.
Tavakkalchilikni baholashda koeffitsentlardan foydalanish mumkin. Sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsentlarini hisoblash mumkin:
, , .
Bu yerda,
Ksf, Kjlm, Kxk – sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsentlaridir;
ZM – ko‘rilgan zararning miqdori, so‘m;
SF – subyektning sof foydasi, so‘m;
JLM – korxonaning joriy likvidli mablag‘lari, so‘m;
XK – korxonaning xususiy kapitali, so‘m.
Tavakkalchilik koeffitsentlarini hisoblashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak. Agar sof foydaga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsenti birdan ortib ketsa, ko‘rilgan zarar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan ortib, jiddiy zarar tug‘diradigan tavakkalchilikka aylanganini bildiradi va zararni miqdorini korxonaning joriy likvidli mablag‘lariga nisbatan solishtirish zaruriyati tug‘iladi. Joriy likvidli mablag‘larga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsenti birdan ortib ketganda esa, tavakkalchilik darajasi korxona uchun o‘ta xavfli ekanligidan darak beradi va zarar miqdorini xususiy kapital bilan solishtirish zaruriyati tug‘iladi. Har uchala formulada ham tavakkalchilik koeffitsentlari birdan kichik yoki teng (Kt 1) bo‘lsagina hisoblanayotgan tavakkalchilik mezoniga mos keladi.
Korxona qancha katta kapitalga egalik qilsa, ishlab chiqarish samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori bo‘lsa, uning tavakkalchilikka ta’siri shuncha kam bo‘ladi va tadbirkor tavakkalchilik vaziyatlarida qo‘rqmasdan masalalarni hal qilishi mumkin.
Tavakkalchilikni baholash har bir tadbirkorning aql-idrokiga bog‘liq. Konservativ toifadagi tadbirkorlar, odatda, yangiliklarga ko‘p intilmasdan, mumkin bo‘lgan har qanday tavakkalchilikdan o‘ochishga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi tadbirkorlar esa, agar tavakkalchilik me’yor darajasida bo‘lib, uni baholash va oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish mumkin bo‘lsa, tavakkal qilish yo‘lini tanlaydilar. Ko‘pchilik mutaxassislar fikriga ko‘ra, tavakkalchilikka bormasdan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat tadbirkor ega bo‘lgan sarmoya miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, tadbirkorning sarmoyasi 100 ming so‘mga teng bo‘lsa, uning uchun 20000 so‘mlik zarar juda katta yo‘qotish bo‘ladi. Agar u 10 mln. so‘mlik saromoyaga ega bo‘lsachi? Bu holda 20000 so‘mga teng zarar bilan tavakkalchilik qilish unchalik xavf tug‘dirmaydi.



Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling