Mavzu: Tavar moddiy qiymatliklarini baholash usullari Reja: Tavar moddiy zaxiralarini baholash tartibi Tavar moddiy zaxiralarini tannarxini aniqlash usuli Tavar moddiy zaxiralarini sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning usullari


Tavar moddiy zaxiralarini sof sotish qiymatida hisobdan chiqarish


Download 93.3 Kb.
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi93.3 Kb.
#1728530
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot kurs ishi.SHerxanova Zarina 205

Tavar moddiy zaxiralarini sof sotish qiymatida hisobdan chiqarish. 4-son BHMSning 2-bandiga asosan tavar moddiy zaxiralarini baholash quyidagi ikki bahoning eng past qiymati bo’yicha hisobot davri oxiridagi haqiqiy tannarxi bo’yicha yoki sof sotish qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.

Birinchi navbatda tavar moddiy zaxiralarining sof sotish qiymati tushunchasining mohiyatin aniqlab olish maqsadga muvofiq.Ma’lumki 4-son BHMS ga muvofiq sof sotish qiymati tavar moddiy zaxiralarini maqsadga ko’ra foydlanilgan holatga keltirish va sotish bo’yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holdagi ularning joriy qiymatidir.Bunda joriy qiymat –tavar moddiy zaxiralarining ma’lum sanadagi amalda bo’lgan bozor bahosi bo’yicha qiymati yoki yetarli darajada ma’lumotga ega bitim tuzishga xohishi bo’lgan ,o’zaro birbiridan mustaqil bo’lgan tomonlar o’rtasida bitim amalga oshirish natijasida aktivni xarid qilish yoki majburiyatni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan summadir.Haqqoniy qiymat bu- yetarli darajada ma’lumotga ega ,bitim tuzishga xohishi bo’lgan va o’zaro birbiridan mustaqil bo’lgan tomonlar o’rasida bitim amalga oshirish natijasida aktivni xarid qilish yoki majburiyatni qopash uchun yetarli bo’lgan summadir.

BXMS № 4 ning 45-bandiga muvofik, tovar-moddiy zaxiralar odatda “moddalar bo’yicha usul” asosida sotishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi. Bunda bir turdagi yoki o’zaro bog’langan tovar-moddiy zaxiralarni guruhlash mumkin bo’ladi, ya’ni: bir xil assortimentga taalluqli bo’lgan zaxiralar; bir xil maqsadga mo’ljallangan yoki bir xil pirovard ishlatish ega bo’lgan zaxiralar; bir geografik hududda ishlab chiqariladigan yoki ushub xudud bozorida talab qilinadigan zaxiralar, ushbu assortimentda (ishlar, xizmatlar) yoki muayyan tarmoqdagi yoxud boshqa zaxiralardan alohida baholanishi mumkin bo’lmagan tovar-moddiy zaxiralar. Tovarmoddiy zaxiralarni tayyor mahsulot birgina geografik zonadagi tovar-moddiy zaxiralarga bo’lib tasniflashga asoslanib arzonlashtirish huhuqiy jihatdan to’g’ri emas. Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarni sof sotish qiymatiga baholash zaxiralarning umumiy hajmi usuli bo’yicha amalga oshirish holatlari ham uchrab turadi.


Download 93.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling