Mavzu: Tavar moddiy zaxiralar va asosiy aktivlar hisobi Reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobining maqsadi, vazifalari va ularning ahamiyati
Download 32.62 Kb.
|
Tavar moddiy zaxiralar va asosiy aktivlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi variant
Mavzu: Tavar moddiy zaxiralar va asosiy aktivlar hisobi Reja: 1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobining maqsadi, vazifalari va ularning ahamiyati. 2.Tovar-moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari. 3.Tovar-moddiy zaxiralarning ombor xo’jaligini tashkil etish va uning auditining huquqiy asoslari. Tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-transport nakladnoylari, schyot-fakturalar, qodoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish omborxonada sodir bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli hisoblanadi. Tovar-moddiy zaxiralarining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida auditor mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, tanlangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i (agar korxona QQS to’lovchi bo’lsa) ni qoplash tartibini hisobga olishi zarur. Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik tekshiruvining ob’ekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimenti va yetkazib berish muddatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni mol yetkazib beruvchilar bo’yicha olish mumkin. Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etilganligini o’rganadi. Xususan, har bir mol yetkazib beruvchi bo’yicha shartnomada materiallarning yetkazib berilish muddatlari bilan birgalikda assortimenti ko’rsatilayotganligi, hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol yetkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha auditor tekshirilayotgan davr ichida qanday mol yetkazib berishlar amalga oshirilganligini aniqlashi mumkin. Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga ega bo’lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo’lsa, auditor xarid dalolatnomalarining mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga e’tibor qaratadi. Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim: sotuvchining pasport ma’lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va qiymati. Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul qilib oluvchi shtampasi bosilgan mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi. Sotib olingan moddiy boyliklarning to’g’ri baholanishi va to’liq kirim qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga oladigan vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi. 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo’yicha sintetik hisob registrlari ma’lumotlari, hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo’yicha auditor olingan materiallarning miqdorini va yuklarni qabul qilishning to’g’ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi. Buning uchun mol yetkazib beruvchilarning puli to’langan schyotlari va boshqa to’lov hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari, hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol yetkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol yetkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e’tibor qaratadi. Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan schyotlar, shartnomalar va mol yetkazib beruvchilarga to’langanlik to’g’risidagi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi. Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor olingan moddiy boyliklar sifati va miqdoridagi tafovutlarning dalolatnomalar bilan to’g’ri rasmiylashtirilganligi va mol yetkazib beruvchilarga yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo’l kompaniyasi) o’z vaqtida da’vo qo’zg’atilganligini o’rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar moddiy boyliklarni o’zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Zarur hollarda auditor moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo’lgan hujjatlarni ularning mol yetkazib beruvchilarda saqlanayotgan nusxalari bilan solishtirib, qarama-qarshi tekshiruv ham o’tkazadi. Korxonaga tegishli bo’lmagan, ammo uning ixtiyorida saqlanayotgan yoki ishlatilayotgan tovar-moddiy zaxiralar shartnomalar shartlariga muvofiq, shartnomada ko’rsatilgan bahoda balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi. Ma’sul saqlash uchun qabul qilingan moddiy boyliklar, hamda buyurtmachining xom ashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo va materiallar korxonaning o’ziga tegishli ishlab chiqarish zaxiralaridan alohida saqlanishi va hisobga olinishi lozim. Bunday moddiy boyliklar №21 BHMS ga muvofiq 002 -«Ma’sul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar» va 003-«Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar» degan balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinishi lozim. Hujjatsiz (schyot-fakturasiz) olingan materiallarni tekshirish ayrim xususiyatlarga ega. Ular 6010 - «Mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo’yicha yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo’yicha alohida so’ngi kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga «N» harfi (fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki, keyingi oyda mol yetkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu yozuvlar mol yetkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan materiallarni haqiqiy sotib olish bahosi bo’yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o’zida tuzatilishi (storno qilinishi) kerak. Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo’lganida auditor quyidagilarni tekshiradi: qabul qilish dalolatnomalarini tuzish tartibiga qanday rioya qilinayotganligi; hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to’liqligi va to’g’riligi; baho belgilashning to’g’riligi; mol yetkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tushganda qilingan tuzatish (korrektirovka) larning to’g’riligi (buning uchun auditor qabul qilish dalolatnomalaridagi yozuvlarni keyinchalik olingan mol yetkazib beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur). Agar mijoz-korxona hisobida yo’lda kelayotgan ya’ni puli to’langan, lekin hali oy oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo’lsa, u holda auditor bunday moddiy boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi uchun ular keyinchalik olinganligi va puli to’langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor qarzlar tarkibiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur. Auditor korxonada bunday moddiy boyliklarni hisobga olishning mavjud ikkita variantidan qaysi birisi qo’llanilayotganligini aniqlashi kerak. Birinchi variant qo’llanilganda ushbu materiallar qiymati har oy oxirida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: Debet 1510 - «Materiallarni tayyorlash va sotib olish» schyoti Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi). Auditor bunday mol yetkazib berishlar bo’yicha kreditor qarzlar mavjudligini tekshiradi. Chunki keyingi oyning boshida ushbu yozuv tuzatilishi (storno qilinishi) lozim. Yetib kelmagan yuklar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan summalar yuk yetib kelgunga qadar debitor qarz sifatida hisobda turishi davom etishi lozim. Download 32.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling