Mavzu: tayyorlov guruhlarda o'qish va yozish ko'nikmalarini shakllantirish metodlari. Kirish I bob. Tayyorlov guruhlarda bolalarni savodga o’rgatishning umumiy tavsifi


III BOB. KURS ISHINING AMALIY-METODIK TAHLILI


Download 228.5 Kb.
bet9/11
Sana03.10.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1690967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
M u n d a r I j a

III BOB. KURS ISHINING AMALIY-METODIK TAHLILI
3.1-§. Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini loyixalashtirish texnologiyasi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati tarqoq bolganligi sababli mashg'ulotlarda tez toliqish holatlari uchraydi.Shuning uchun ham mashgulotlarda dam olish daqiqalaridan foydalanish bu holatning oldini oladi. Ushbu tavsiyanomada turli qiziqarli she’rlardan, sanamalardan foydalanilgan,bular orqali o’quvchilar diqqati jalb etilib, og’zaki nutqi ham o’sib boradi. Ushbu tavsiyanoma tarbiyachi pedagoglar uchun mo’ljallangan bo’lib, bu tavsiyanomadan har bir darsda foydalanish mumkin.Uslubiy tavsiyanomadagi she’rlar va sanamalar o’quvchilar uchun qiziqarli va yod olishlari ham oson. Bu she’r va sanamalar o’quvchilarning diqqatlarini jamlab olishga yordam berishi bilan birga, ularning og’zaki nutqini o’stirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tavsiyanoma tarbiyachi pedagoglar uchun kerakli manbaa bo’lib xizmat qiladi deb umid qilamiz dagan umiddamiz.
1. Do’stlar, davramizga keling,
Raqsga tushaylik,
Raqsga tushaylik.
Bahor oyga jo’r bo’lib,
Raqsga tushaylik,
Raqsga tushaylik.
Gul hovuzning bo’yida
Qo’shiq kuylaylik,
Qo’shiq kuylaylik.
Vatanimiz qo’ynida
Quvnab yayraylik,
Quvnab yayraylik.


Qo’llarini o’ng tomonga, chap tomonga qilib, “raqsga tushadilar”. Ikki nafardan qo’l ushlashib aylanadilar. O’tirib “hovuz suvini qo’llari bilan qalqitadilar. O’rinlaridan turib, qo’llarini ko’tarib raqsga tushgandek harakat qiladilar.”
2. Bog’da pishibdi olma,
Shoxlari egilibdi.
Mevasin ko’tarolmay,
Bellari bukilibdi.
Shamol g’ir-g’ir esganda,
Mevalari to’kilibdi.
Bolajonlar o’tganda,
Yeb, rosa to’yishibdi.

Qo’llari tepaga qilib, pishib turgan olmani ko’rsatgandek qiladilar, pastga egiladilar, dastlabki holatga keladilar. Qo’llarini shamolda qimirlayorgan daraxt shoxlaridek o’ngga va chapga qiladilar, bellarini bukadilar. Olmalar uzib yeyayotgan bolalardek qo’llarini tepaga, og’izlariga va cho’ntaklariga qarab harakatlantiradilar.
3. Qarg’a qag’-qag’ etadi,
Tumshuqlarin cho’zadi.
Qanotlarin patillatib,
Qor yog’ishin kutadi.

Qanotlarini silkitayotgan qarg’adek qo’llarini harakatlantiradilar, ikki qo’llarini cho’zib, oldinga bir qadam qo’yadilar va orqaga qaytadilar. Qo’llarni tepaga qilib, qor yog’ishini “ko’rsatadilar”.
4. Tap-tap etar koptogim,
Menga o’rtoq koptogim.
Ursam uni arazlab,
Qochib ketar koptogim.
Kelgin, xafa bo’lmagin,
Yarashaylik, koptogim,
Sira qochib ketmagin,
Do’stligimiz buzmagin.

Ikki qo’llab koptokni yerga urayotgandek harakat qiladilar va she’rni aytadilar.
5. Oq qushim, oppoq qushim,
Qanot qoqib uchasan.
Bulutlardan balandlab,
Samolarni quchasan.

Bunda o’quvchilar qo’llarini yozib, qush qanotlarini qoqgandek qo’llarini qimirlatadilar. Qo’llarini ko’tarib, oldinga harakatlantiradilar va dastlabki holatga qaytaradilar
6.Turnajonim, hoy turna!
Balanddan ucha ko’rma.
Pastlab sekin uchgin,
Bog’im gulzorin quchgin.

Osmonni ko’rsatib qo’llarini ko’taradilar, “qanot qoqadilar”, tizzalarini bukib “pastlab uchadilar”, qo’llarni oldinga cho’zib, dastlabki holatga qaytaradilar
7. Qaldirg’och g’och-g’och,
Qulochingni och-och.
Mana senga don beray,
So’ng gulzordan gul teray.

O’quvchilar quloch ochib, qo’llarini silkitadilar. Don bergandek qo’llarini oldinga cho’zib, “don sepadilar”, o’tirib gul tergandek harakat qiladilar va yana dastlabki holatga qaytadilar.
8. Oppoq qor-u, oppoq qor,
Guppillatib yog’asan.
Bizning dala, bog’larning,
Ko’ngliga xush yoqasan.
Qor yog’sin-u, qor yog’sin,
Bizga donlar mo’l bo’lsin.
O’zbekiston xalqimiz
Rizqi doim ko’l bo’lsin.

Qo’llarni tepaga qilib, qor yog’ishini “ko’rsatadilar”, qo’llarni dala va bog’larni ko’rsatayotgandek qilib, joylarida o’ngga va chopga buriladilar. Qo’llarni tepaga qilib, qor yog’ishini “ko’rsatadilar”, qo’llari bilan o’zlariga ishora qilib, mo’l hosilni ko’rsatgandek harakat qiladilar.
9. 1-o’quvchi: Qani, qani oyog’ing?
Hamma: Mana, mana oyog’im.
2-o’quvchi: Oyoqlar nima qiladi?
Hamma: Chopib, chopib horimas.
3-o’quvchi: Qani, qani, qo’ling qani?
Hamma: Mana, mana, qo’lim mana.
4-o’quvchi: Qo’ling nima qiladi?
Hamma: Yozib, yozib hech tolmas.
Ikkisi ham barobar,
Hech ham orqada qolmas.

O’quvchilar oyoqlarini yashirib turadilar, so’ragandan keyin oyoqlarini harakatlantirib ko’rsatadilar. Qo’llarini yashirib turadilar, so’ralgandan keyin qo’llarini cho’zib, yozayotgandek harakatlantiradilar. Ikkala qo’llarini ham silkitib harakatlantiradilar.
10.”Hasharda” mashqi.
Dam olish daqiqalarida o’tkaziladi.
Bu mashq o’quvchilarni fikr doirasini, taffakurini kengaytirib, darsni hayot bilan, tabiat bilan bog’lab olib borishga yordam beradi.
O’quvchilar davraga taklif etiladi.
O’qituvchi mashqni tushuntiradi:
- Bolalar, hozir biz siz bilan kattalarga, ota-onalarimizga yordam bergani hasharga chiqamiz, qayerga hasharga bordik desam, o’sha yerdagi harakatni bajarib berasiz.
Paxta terimiga hasharga bordik va paxta terayapmiz. Bog’ga hasharga bordik va olma teryapmiz, yashiklarga joylayapmiz. Qurilishda hashardamiz, yuqoriga g’isht olib berayapmiz va hakozo.
11. Bahorda gul ochildi,
Osmondan nur sochildi.
Gulni terib olaylik,
Chakkamizga taqaylik.
Quchoq-quchoq gul terdik,
Qaytib opamga berdik.
Bizga holva qant berdi,
Quvonib rahmat dedik.


Qo’llarini yuqoriga qilib, gullar ochilgandek qimirlatadilar, o’tirib gul uzgandek bo’ladilar, turib “gullarni chakkalariga taqadilar”. Qo’llarini oldinga quchoq qilib uzatadilar, o’zlarini ko’rsatib, qo’llarini ko’ksilariga qo’yadilar va boshlarini egadilar.
12. Kuz chog’ida mevalar,
Hil-hil bo’lib pishibdi.
Tagida yotgan Solining,
Kallasiga tushibdi.
Voy-voy deb, boshin ushlab,
Baqirgancha qolibdi.
Ishyoqmas dangasaning,
Adabini beribdi.

Qo’llari bilan hil-hil pishgan mevalar ko’rsatgandek harakat qiladilar. Qo’llarini yuzlariga qo’yib uxlagandek bo’ladilar. Boshlarini ushlab, qimirlatadilar.
13. Yozdik, yozdik, charchadik,
Barmoqchalar charchadi.
Bir, ikki, uch, to’rt,
Bir, ikki, uch, to’rt,
Barmoqchalar chiniqdi.


Qo’llarni yozayotgandek qimirlatadilar, qo’llar oldinda, barmoqlar harakatlantiriladi. Qo’llar “bir” deganda oldinga, “ikki” deganda tepaga,” uch” deganda yonga va “to’rt” deganda esa pastga tushiriladi, har bir sanalganda barmoqlar harakatlantiriladi.
14.Yozdik-yozdik, ko’p yozdik,
Qo’llarimiz charchadi.
Endi birga turamiz,
Qo’lda chapak chalamiz.
Oyoqlarni do’pillatib,
Barmoqlarni ochib-yopib,
So’ngra tez o’tiramiz,
Davomini yozamiz.
15.Kim ovqatni pishirar?
Halima
Kim ovqatni tushirar?

Salima
Kim erta tongda turadi?


Halima
Kim uyquni uradi?

Salima
Kim besh olar qator- qator?


Halima
Kim sinfni ortda tortar?

Salima
Rahmat senga, Halima!


Uyat senga, Salima!
16.O’rnimizdan turamiz,
Qo’llarni ko’taramiz.
Ko’zimizni yumib biz,
Dam olamiz biroz biz.
Ko’zlarni ochib katta,
Chap tarafga qaraymiz.
So’ngra o’ngga qaraymiz,
Qo’llarni tushuramiz,
Joyimizga o’tiramiz.
O’tiramiz o’g’il-qiz,
Barchamiz ahil-inoq.
O’rnimizdan turamiz,
Asta joyda yuramiz.
Qo’llarni ko’taramiz.
So’ngra chapak chalamiz,
17. Qo’llarni tushuramiz.
Boshni chapga va o’ngga,
Aylantirib olamiz.
Dam oldirib tanani,
Yana kuchga to’lamiz.
*******************
Qarg’a qag’ qag’ etadi
Tumshuqarini cho’zadi
Qanotlarini patillatib
Qor yog’ishini kutadi
***************************
Tap tap etar koptogim
Menga o’rtoq koptogim
Ursam uni arazlab
Qochib ketar koptogim
Yarashaylik koptogim
Sira qochib ketmagin
Do’stligimiz buzmagin
*********************
Oq qushim oppoq qushim
Qanot qoqib uchasan
Bulutlardan balandlab
Samolarni quchasan
********************
Turnajonim, hoy turna
Balanddan ucha ko’rma
Pastlab sekin uchgin
Bog’im gulzorin quchgin
*******************
Oppoq qprim oppoq qor
Gupillatib yog’asan
Bizning dala bog’larning
Ko’ngliga xush yoqasan
****************
Qor yog’sinu qor yog’sin
Bizga donlar mo’l bo’lsin
O’zbekiston xalqimiz rizqi
Doim ko’l bo’lsin
***************
Bahorda gul ochildi
Osmondan nur sochildi
Gulni terib olaylik
Chakkamizga toqaylik
Quchoq quchoq gul terdik
Qaytib opamga berdik
Bizga holva qand berdi
Quvonib rahmat dedik
************************
Kuz chog’ida mevalar
Hil hil bo’lib pishadi
Tagida yotgan solining
Kallasiga tushibdi
Voy voy deb boshin ushlab
Baqirgancha qolibdi
Ishyoqmas dangasaning
Adabini beribdi
*************************
Alifbe kitoblarning bobosi
U borki yo’llar ravon
Yo’l boshlovchi donasi
Oshamiz bir bir dovon
Har yurakka nur

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling