Mavzu: tcp/ip protokollar steki. Umumiy ta’rifi
Download 13.84 Kb.
|
Kompyuter tarmoqlari 4-ma\'ruza
Mavzu: TCP/IP protokollar steki. Umumiy ta’rifi IP tarmoq texnologiyasi va TCP protokoli xususiyatlari xozirgi kunda kompyuter va Internet tarmog‘ining asosi bo‘lib, boshqa tarmoq texnologiyalari bilan birgalikda zamonaviy kommunikatsiyalar asosini tashkil etadi. IP tarmoqlar texnologiyasi TCP/IP protokollar stekiga asoslanadi. Bu stek AQSh Mudofaa Vazirligi tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqilgan va ARPAnet tarmog‘i qurilishida qo‘llanilgan, bu tarmoqdan keyinchalik Internet tarmog‘i tashkil qilindi. Stekni ishlab chiqish va takomillashtirishga AQSh universitetlari, ayniqsa UNIX operatsion tizimi uchun TCR/IPni amalga oshirgan Berklidagi universitet o‘z ulkan xissasini qo‘shishdi. Stekni takomillashtirish bo‘yicha 30 yildan ortiq vaqt davomida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda bu quyidagilarda ishlatiladigan protokollarning eng ommaviy stekidir: -Internet global axborot tarmog‘ida; -Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun; -Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun; -operatsion tizimlarning aksariyati va lokal tarmoqlarda; -deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda. TCP/IP protokollar steki (to'plami) 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida Vint Serf va Kan birinchi marta uchta turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda yaratilgan. 1983 yilning 1 yanvarida ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy ‘tug'ilgan kuni’ deb hisoblanadi. Birinchi bor TCP/IP haqida 1973-yili Buyuk Britaniyada bo’lib o’tgan International Network Working Group yig’ilishida aytilgan. Bu yerda Robert Kan va Vint Serf, keyinchalik 1974-yilda eng mashxur jurnallardan biri Transactions on Communications da chop etilgan maqola loyihasi bilan so’zga chiqdilar. 1978-yilda hozir biz bilgan TCP/IP to’liq shakllandi. Keyinchalik stekni lokal tarmoqlarda foydalanish maqsadida moslashtirildi. 1980-yillarda protokol ОС UNIX ning tarkibiy qismiga aylandi. Shu yili birlashgan Internet tarmog’i vujudga keldi. Internet texnologiyasiga o’tish, AQSh Qurolli kuchlari Vazirligiglobal tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar TCP/IP protokollar stekidan foydalanishga qaror qilgach, 1983-yil nihoyasiga yetdi. TCP/IP modeli TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) protokollar stekini tasvirlash uchun ishlab chiqilgan. U OSI modelidan ancha oldin ishlab chiqilgan. TCP/IP protokollar steki (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) (7.1.-rasmda keltirilgan) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmolarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan. TCP – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi. IP– tarmoq pog’onasi protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP. TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qo’llanganda va har qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi. Bir sathdagi xabarlarning ketma-ketligi va shaklini belgilovchi formal qoidalar protokollar deb ataladi. Ierarxik tashkil etilgan protokollar yig’indisi Kommunikatsiya protokollari steki deb ataladi. 7.1. TCP/IP steki tuzulishi TCP/IP protokollar stekining afzalliklari. - TCP/IP protokollar stekining asosiy yutug‘i shundaki u turli ishlab chiqaruvchi uskunalarini o’zaro ishonchli ulanishlar bilan ta’minlaydi. - Tarmoq texnologiyalaridan mustaqil ravishda – stek faqat element uzatishni aniqlaydi,- deytagrammani va uning tarmoqda harakatlanish qobilyatini tasvirlaydi. - Umumiy bog‘lanish –stek uni qo‘llaydigan kompyuter juftligini bir biri bilan o‘zaro ishlashga ruxsat beradi. Xar bir kompyuterga mantiqiy adres beriladi, har bir uzatiladigan deytagramma yuboruvchi va qabul qiluvchining mantiqiy adresiga ega. Marshutizatorlararo qabul qiluvchining marshrutizatsiya qarori qabul qilinishi uchun qabul qiluvchining adresidan foydalanadi. - Tasdiqlash. Stek protokollari yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi axborot almashinuvi o‘tkazishda tasdiqlash to‘g‘riligini kafolatlaydi. - Amaliy standart protokollari. TCP/IP stek protokollari o‘z ichiga asosiy qo‘llanmalarni qo‘llash vositasini oladi, elektron xatni, fayl uzatishni, masofaviy ulanishni va hokazo. Download 13.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling