Mavzu. Tekis paralel xarakatlantirish va aylantirish usullari. Reja


Download 331.5 Kb.
bet1/7
Sana23.03.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1287920
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-


9-MAVZU. TEKIS PARALEL XARAKATLANTIRISH VA AYLANTIRISH USULLARI.
REJA:


    1. Tekis–parallel harakatlantirish usuli to‘g‘risida ma'lumot bеrish.

    2. Tekislikni uning izlarini biri atrofida aylantirish.

    3. Tekis parallel ko’chirish usuli.

    4. Yordamchi proyeksiyalash usuli.



1. Tekis–parallel harakatlantirish usuli to‘g‘risida ma'lumot bеrish.


Tekis–parallel harakatlantirish usulida geometrik shaklni proyeksiyalar tekisliklari sistemasiga nisbatan vaziyati maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish uchun uning barсha nuqtalarining trayektoriyalari bir–biriga parallel tekisliklarda harakatlantirish yo‘li bilan bajariladi.
Harakatlantirish tekisliklarining vaziyati va geometrik shakl nuqtalari ko’pyoqliklar trayektoriyasining xarakteriga qarab tekis-parallel harakatlantirish usuli parallel harakatlantirish va aylantirish usullariga bo‘linadi.
Parallel harakatlantirish usuli. Bu usulda fazoda berilgan geometrik shaklning har bir nuqtasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgan gorizontal yoki frontal tekisliklarda harakatlantiriladi. Shuning natijasida hosil bo‘lgan yangi proyeksiyasi proyeksiyalar tekisligiga nisbatan vaziyati o‘zgaradi. 1.a,b–rasmda A nuqta H1 gorizontal tekislikda harakatlantirilib A1 vaziyatga keltirilgan. Bunda A nuqta A1 vaziyatga qanday trayektoriya (to‘g‘ri yoki egri chiziqlar) bo‘ylab harakatlantirilishidan qat’iy nazar, uning A″ frontal proyeksiyasi (A1″ vaziyatga) tekislikning H1V izi bo‘yisha harakatlanadi.
Shuningdek 2.a,b–rasmdagi B nuqta V1 frontal tekislikda B1 vaziyatga har qanday trayektoriya bo‘yisha harakatlantirilmasin, uning Bproyeksiyasi V1H izi bo‘yisha harakatlanib, B1 vaziyatni egallaydi.


Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling