2-misol. Umumiy vaziyatda berilgan AB(A1B1;A2B2) to’g’ri chiziq kesmasi frontal proyeksiyalar tekislikgi V ga perpendikulyar holatga keltirilsin (5.21-shakl).
5.21-shakl
Ixtiyoriy tanlangan A'2 nuqtadan o’tkazilgan gorizontal chiziqqa kesmaning frontal proyeksiyasi A2B2 ni o’lchab qo’yamiz: (A'2B'2 =A2B2).
Kesmaning gorizontal proyeksiyasi A'1B'1 holga kelib qoladi. A'1B'1 ni ixtiyoriy B"1 nuqtadan vertikal to’g’ri chiziqqa o’lchab qo’yamiz, ya’ni (A"1B"1=A'1B'1). U holda kesmaning frontal proyeksiyasi A"2B"2, ya’ni nuqta bo’lib, u V ga perpendikulyar bo’ladi.
3-misol. Umumiy vaziyatda berilgan ABC(A1B1C1;A2B2C2) uchburchak yuzasining haqiqiy kattaligi aniqlansin (5.22-shakl).
Bu masalani yechish uchun uchburchakning A1(A111;A212) gorizontalini o’tkazib, uni V tekislikga perpendikulyar holatga keltiramiz, buning uchun uning gorizontal chizig’ini frontal proyeksiyalovchi, ya’ni A'11'1XX vaziyatda o’tkazib olish kerak.
5.22-shakl
Gorizontal chiziqning yangi A'11'1 vaziyatidan foydalanib, uchburchakning yangi vaziyatdagi proyeksiyalari yasaladi. Shu holda uchburchakning yangi frontal proyeksiyasi C'2A'2B'2 to’g’ri chiziq bo’lib proyeksiyalanadi, ya’ni tekislik frontal proyeksiyalovchi vaziyatga kelib qoladi. Endi uchburchakning A'2B'2C'2 proyeksiyani H ga parallel holga keltiramiz va uchburchakning H tekislikdagi A"1B"1C"1 proyeksiyasini topamiz. Hosil bo’lgan bu A"1B"1C"1 uchburchak, berilgan ABC uchburchak yuzasining haqiqiy kattaligi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |